Optik
analiz
usullariga
spektrofotometriya,
fotometriya,
alanga
fotometriyasi, atom absorbtsion analiz va lyuminestsent analiz kabi usullar ham
kiradi.
Elektro kimyoviy analiz usuli
. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi
aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlardan foydalaniladi-gan bir
qancha analiz usullari mavjud. Potentsiometrik, konduktometrik, polyarografik va
elektrogravimetrik
usullar
xalq
xo’jaligining
turli
tarmoqlariga
oid
laboratoriyalarda muvaffakiyat bilan qo’llanilib kelmoqda.
Potentsiometrik usul.
Eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan
potentsialni o’lchashga asoslangan. Potentsialning kattaligi eritmadagi ionlar
kontsentratsiyasiga to’g’ri proportsional bo’ladi. Masalan, mis elektrodning
potentsiali kattaligi u tushirilgan mis (II) sulfat eritmasidagi mis (II) ionlarini
kontsentratsiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ana shu bog’lanish boshqa metallar
va ularning eritmalari orasida ham mavjud va u yordamida. eritmadagi ionlar
kontsentratsiyasini aniqlash mumkin. Bunda metall eletrod tarkibidagi tuz
kontsentratsiyasi noma‘lum eritmaga tushiriladi va elektrodda paydo bo’lgan
potentsial o’lchanadi.
Konduktometrik usul.
Temperaturaning ma‘lum qiymatida eritmadagi
elektrolit kontsentratsiyasi bilan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi orasidagi
bog’lanishga asoslangan. Odatda eritmaning kontsentratsiyasi qancha yukori
bo’lsa, uning elektr o’tkazuvchanligi shuncha katta bo’ladi. Shunga ko’ra
konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin.
Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga
asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Bu usulni 1922 yilda chex olimi
Ya.Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan polyarografik usulining boshqa usullarga
nisbatan ba‘zi bir qulayliklari mavjud. Birinchidan, analiz tez bajariladi va
sezgirlik darajasi ancha yuqori . Ikkinchidan analiz natijasi to’la ishonchli bo’ladi.
Chunki analizda o’ta sezgir galvanometrdan foydalaniladi. Uchinchidan, ayrim
ionlarni boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin, ya‘ni ionlarni bir-biridan
ajratishdek murakkab va ko’p vaqt talab etuvchi jarayonlar bo’lmaydi. Texnikada
tarkibida 0,001 % metall bo’lgan namunalar 1% ga yaqin aniqlik bilan topilishi
mumkin.
Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni elektroliz yordamida
elektrod yuzasida cho’ktirishga asoslangan. Bunda elektrod yuzasi tozalanadi va
uning massasi o’lchanadi so’ng tekshirilayotgan eritmaga tushiriladi, elektroliz
tugagandan so’ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massalarining
farqidan foydalanib, eritmadagi element ( yoki modda) miqdori to’g’risida xulosa
chiqariladi. Elektr toki bunda cho’ktiruvchi “Reaktiv” vazifasini o’taydi. Cho’kish
elektrodlardan birida ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |