Nazorat savollari:
1.
Temir elementi O’zbekistonning qaysi hududlarida tarqalgan?
2.
Ishlab chiqarish korxonalarining qaysi turlari mavjud?
3.
Sanoat korxonalarining O’zbekiston bo’ylab tarqalishining o’rnini
belgilang.
4.
O’zbekiston hududida qanday ishlab chiqarish korxonalari mavjud?
10- MAVZU: Tabiiy xaritalarda zahiralarning o’rnini belgilash
Tayanch tushunchalar:
tabiiy xaritalar, zahiralarning o’rnini aniqlash,
qazilma boyliklari, yer osti boyliklari, Markaziy Qizilqum regioni
Darsning maqsadi:
Yer osti boyliklari, ularning zahirasi, ulardan foydalanishda
atrof muhit ekologik muvozanatini saqlab qolish muammolari, respublikamiz, shu
jumladan da joylashgan konlar. O`zbekistonda konchilikning hozirgi holati va
kelajagi to`g`risida tushuncha berish.
Dunyoning yer osti boyliklari zahirasi va ulardan foydalanish
Yer osti boyliklari, ya'ni qazilma boyliklarga metall va nomatell rudalar, gaz,
ko`mir, slanetslar va yer osti suvlari kiradi. Bu boyliklarning hosil bo`lishi ularning
ishlatilish tezligidan ko`ra millionlab marta sekin kechadi. Buning ustiga yil sayin
insoniyat qazilma boyliklarni sifat va miqdor jihatdan tobora ko`p ishlatmoqda.
Agar u XVIII asrda 28 turdagi qazilma boylikdan foydalangan bo`lsa, XIX asrda
71 xil boylikdan foydalandi. Keyingi paytlarda esa Yerda ma'lum bo`lgan barcha
kimyoviy elementlar va ularning birikmalaridan foydalanilmoqda.
Qazilma boyliklarning asosiy turlaridan foydalanish hajmi va sur'atlarini
taxlil qilish insoniyatning bu boyliklarga «ishtahasi» misli qurilmagan darajada
o`sib borayotganini ko`rsatadi. Masalan, 1950-1968 yillar orasida aholisi atigi 38%
ga oshgani xolida ko`mir va temir rudasini qazib olish 2 baravarga, neft olish esa
qariyb 3,5 baravarga ortgan. 1913 yilda qazilma boyliklardan foydalanish Yer yuzi
aholisining jon boshiga o`rtacha 5 tonnacha to`g`ri kelgan bo`lsa, bu miqdor 1940
yilda 7,4 tonna, 1960 yilda 14,3 tonna, 1990 yilda 25 tonnaga yetdi, ya'ni keyingi
80 yil orasida 5 baravarga ko`paydi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd tonna
mineral xomashyo qazib olinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
ma'lumotlariga ko`ra dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko`mir, 2,6 mlrd. tonna neft, 6
mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3 mln. tonna mis rudasi,
3,4 mln. tonna qo`rg`oshin rudasi, 159 mln. tonna osh tuzi, 120 mln. tonna
fosfatlar, 1,2 mln. tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina
rudalari qazib olinmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko`ra, qazilma boyliklardan shu
sur'atda foydalanilsa oltinning zahirasi yana 30-35 yilga, rux-36 yilga, simob va
surma-70 yilga, uran-47 yilga, mis-66 yilga, ko`mir, neft va gaz zahiralari-150
yilga yetadi xolos. Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga,
mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina
zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-
qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda
qazilma boyliklar zahirasi cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar
oldiga litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi zahiralarni axtarib
topish, boyliklardan foydalanishda noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan
maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli elementlarni
ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini qo`yadi.
Ana shunday izlanishlar natijasida o’laroq hozirgi paytda 30 dan ortiq
mamlakatlarda
neft va tabiiy gaz dengiz ostidan qazib olinadi. qidiruv ishlari
ko`rsatishicha dengiz ostidagi neft zahirasi dunyo bo`yicha 150 mlrd. tonnani
tashkil qiladi. Dengiz suvi tagidan shuningdek ko`mir, temir rudasi, oltingugurt va
boshqa minerallar ham qazib olinmoqda. Angliyada qazib olinayotgan jami
ko`mirning 1
10 qismi, Yaponiyada esa 2
5 qismi dengiz tubi zahiralariga to`g`ri
keladi.
Keyingi yillarda o`tkazilayotgan kosmik tadqiqotlar okeanlar tubida katta
miqdordagi mineral boyliklar zahirasi mavjudligini ko`rsatmoqda. Umumiy
maydoni taxminan 1000 mln. kv. km. bo`lgan ekvatoriyaning tubi tarkibida
alyuminiy, mis, nikel, kobalt va marganets bo`lgan qizg`ish loy bilan qoplangan.
Hozirgi kunda Dunyo okeanlari tubida 1500 mlrd. tonna murakkab tarkibli temir
va marganets rudalari borligi taxmin qilinmoqda. Yaponiyalik mutaxassislar
fikricha okean tubidagi metall konkretsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi
iste'mol darajasida mis bilan yana 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganets bilan
esa 140 000 yil ta'minlash mumkin.
Ko`pgina mamlakatlarning kon sanoati hozircha litosfera qobig`ining yuqori
qatlamini o`rtacha 500m. chuqurlikkacha «o`zlashtirgan». Lekin bundan chuqurda
ham konlar va shaxtalar mavjud. Masalan, Germaniya va Belgiyada ko`mir 1300
m. chuqurlikdan qazib olinadi. Hindistonda oltin konlari 3800 m. chuqurlikda
joylashgan. Janubiy Afrikaning oltin konlari esa bundan ham 100-150 m.
chuqurroqda joylashgandirlar.
Ko`pgina hollarda qazilma boyliklardan foydalanishda isrofgarchilik
salmog`i katta bo`ladi. Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan
oshmaydi, ya'ni ruda eritilib, undan ko`zda tutilgan 1-2 xil metall ajratib olinadi-yu
qolgan 75-80% chiqindi sifatida atrof muhitga tashlab yuboriladi. Chiqindi miqdori
ba'zi rudalarda 98-99% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi rudani ko`p
tomonlama ishlash serchikam va murakkab jarayon ekanligidadir. Holbuki 100
tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 500 kg. titan, 80 kg. marganets, 30
kg. xrom, 17 kg, nikel va 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin.
Isrofgarchilik ayniqsa ko`mir, neft, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va
rangli metallar, tog–kimyo xomashyolarining qazib olishda yuqori bo`lib
qolmoqda. Neft olishda uning konlarida neftning qariyib yarmi tuproq
bo`shliqlarida qolib ketmoqda.
Qazilma boyliklardan foydalanish salmog`i va shunga ko`ra ularning
isrofgarchiligi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda katta. Bu
mamlakatlarda ayniqsa ko`mir, gaz va neft konlari tez sur'atlar bilan o`zlashtirildi.
O`tgan asrning dastlabki 70 yil mobaynida dunyo yuzasida neft qazib olish 10 mln
tonnadan 1,8 mlrd tonnaga yetdi ya'ni 180 martaga ko`paydi. Qazilma boyliklardan
jadal sur'atlar bilan foydalanish ba'zi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda
ularning zahiralari kamayib qolishga va hatto tugashiga ham olib keldi. Buning
oqibatida hozirgi vaqtda Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya,
Belgiya, va shu singari sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar qazilma
boyliklarni chetdan sotib olmoqdalar yoki ularning ikkilamchi chiqindilarini qayta
ishlamoqdalar. AQSH 70-yillar boshidayoq har yili iste'mol qilinadigan marganets,
nikel va xromning 90-95% ni, boksitning 85% ni, kaliyning 70% ni, neft va temir
rudasining 30% ni chetdan olishga majbur bo`ldi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari
va Yaponiya hozirgi kunda chet el xomashyosiga yanada ko`proq karam bo`lib
qolgan. Bunday mamlakatlarda tabiiy muhitga chiqarib tashlangan chiqindilar
miqdori ham juda ko`p. Hisoblarga ko`ra 1 tonna tayyor xomashyo olish uchun,
masalan, temir olish uchun 5-6 tonna ruda, qo`rg`oshin uchun 60-90 tonna, rux
uchun 80-100 tonna, mis olish uchun 100-140 tonna ruda ishlatiladi. 80- yillarda
dunyo bo`yicha qazilma boyliklardan 2 mlrd. tonna mahsulot ishlab chiqildi,
buning uchun yer ostidan 100 mlrd. tonna ruda, yoqilg`i va boshqa boyliklar
olindi. Tabiyki, qayta ishlangan bu qazilma boyliklarning 98-99% chiqindiga
aylanib tabiy muhitga tashlab yuborildi. Chiqindilar miqdori ayniqsa ko`mir
sanoatida ko`pdir. Ko`mir qazib olishda yiliga 1,5 mlrd. tonna chiqindi chiqadi.
Bundan tashqari dunyodagi domna va marten pechlarida har yili 1mlrd. tonnaga
yaqin ko`mirning kuli va ruda shlaklari to`planadi. Kimyoviy o`gitlardan butun
dunyo dehqonchiligida keng foydalanilmoqda. Ularni ishlab chiqarish jarayonida
har yili 12 mln. tonna fosfagips chiqindi sifatida hosil bo`ladi. Bu-bir tomondan
uni saqlash uchun qo`shimcha yer talab qilsa, ikkinchi tomondan u yerga singib,
yer osti suvlarini ifloslash xavfini tug`diradi.
Umuman olganda qazilma boyliklardan foydalanishda foydalaniladigan
resursning turiga va uni olish usuliga ko`ra albatta tabiatga u yoki bu darajada
ziyon yetkaziladi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida sanoatning rivojlanish
bilan tabiy muhitga industrial ta'sir oshib bormoqda.
Neft va gaz konlaridagi suvning chuqur parma quduqlar orqali chiqarib
tashlanishi yer osti suvlari zahirasini kamaytiribgina qolmay, quduqlar yaqinidagi
katta-katta maydonlar tuprog`ini botqoqlashtirib ishdan chiqaradi. Ba'zida esa
bunday quduqlardan shifobaxsh suvlar ham chiqib ketib nobud bo`ladi.
Yer bag`ridan foydali qazilmalarni olish jarayonida kon atrofida begona
jinslar to`plana boradi. Ularning uyumlari katta-katta maydonlarni egallabgina
qolmay, balki shamolda changib atmosferani ifloslaydi, yomg`ir suvlari bilan uzoq
joylarga oqib borib tuproqni va undagi o`simlik hamda hayvonlarni zaharlaydi.
hosildor yerlar o`rnida o`simliksiz «yalong`och» landshaftlar, ya'ni
«industrial sahrolar» vujudga keladi. Hozirgi vaqtda bunday yerlar
AQSH
da 1,5
mln. gektarni, Angliyada esa 60-70 ming gektarni tashkil qiladi. Shunday qilib,
insoniyat yer osti boyliklarini o`zlashtirishi jarayonida uning katta qismini isrof
qilmoqda va bu bilan tabiiy muhitni tobora ko`p ifloslamoqda.
Masalan, neft va gaz qazib olishda kon resursidan ko`proq foydalanish
maqsadida yer osti qatlamlariga kuchli bosimda suv yuboriladi va shu asosda
tuproq g`ovaklaridagi neft va gaz siqib chiqariladi.
Metallurgiya sanoati
chiqindilari hisoblangan kul va shlakdan dehqonchilikda, hamda qurilish ishlarida
foydalanish bir yo`lga quyilgan. Donbass ko`mir shaxtalari atrofini tekislab
ko`klamzorlashtirish, Ural metallurgiya sanoatidan chiqqan jinslarni tekislab ustiga
ekin ekish, Estoniyaning slanets koni chiqindilari ustida o`rmon barpo qilish,
Ukraina marganets kombinati atrofidagi chiqindilar ustida o`rmon barpo qilish,
Gruziya marganets koni chiqindilari ustida tokzorlar barpo qilish kabi ilg`or
tajribalar sobiq Sovet Ittifoqining bu masaladagi xayrli ishlari jumlasiga kiradi.
Ikkilamchi xomashyolardan foydalanish faqatgina ularning yer ostidagi
zahiralarini iqtisod qilib qolmay, balki u atrof muhitning tabiatiga yetkaziladigan
ziyonni ham kamaytiradi. Shu bilan birga bunday usul iqtisodiy jihatdan ancha
arzonga tushadi. Masalan, 1 tonna metallomni eritib, undan metall prokati olishda
rudadan eritib olishga qaraganda atmosferaga chiqariladigan chiqindilar 86% ga,
suvga tashlanadigan chiqindilar 70% ga, metallning qoldiq chiqindilari esa 97% ga
kamayadi. 1 tonna eski pokro`shkalarni qayta ishlashdan 400 kg. sintetik kauchuk
tejaladi, 1 tonna eski polietilen plenkasini qayta ishlash 1,1 tonna etilen va 3 tonna
benzinni tejaydi, 1 tonna qog`ozni makulaturadan ishlab chiqish 4,5 m. kub
yog`ochni, 100 kg. oltingugurtni va 350 kilovatt elektroenergiyani tejaydi, bunda
atmosferaning ifloslanishi 85%ga, suvning ifloslanishi esa 40% ga kamayadi.
Ishlab chiqarishning bunday turi «regeneratsion ishlab chiqarish» nomi bilan
butun jahonga ma'lum bo`lib, bu ishga dunyo bo`yicha 60-yillarda kirishildi. 1975
yilga kelib dunyoda ishlab chiqilgan jami nikel va kumushning yarmi, po`lat va
misning 35% alyuminiyning 20% ana shu yo`l bilan ikkilamchi xomashyolardan
olindi. Hozirgi kunda Yaponiyada ishlab chiqiladigan gazeta qog`ozining yarmi,
Germaniyada ishlab chiqiladigan po`latning 75%, misning 375 va qo`rg`oshinning
45% regeneratsiya yo`li bilan olinmoqda.
Keyingi yarim asr mobaynida mutaxassislar tomonidan yoqilg`ining boshqa
bir yangi turi kashf etiladiki, bu yoqilg`i biogen gazga qaraganda ancha istiqbolli
ko`rinadi. Aytmoqchi bo`lgan yoqilg`imiz vodorod gazidir. YOqilg`i sifatida
vodoroddan foydalanishning qator afzalliklari bor. Birinchidan, uning tabiiy
zahirasi bitmas-tuganmas bo`lib, vodorod yonganda oksidlanib kislorod bilan
birikadi va suv bug`iga aylanadi. Suv bug`i qayta parchalanib, yana erkin vodorod
ajraladi. Ikkinchi qulaylik tomoni-vodorod ekologik toza universal yoqilg`i
hisoblanadi. Vodoroddan yoqilg`i sifatida elektr stantsiyalarida, avtomobillarda,
temir yo`l suv va havo transport vositalarida foydalanish ko`mir va gaz singari
yoqilg`i turlari zahirasini tejabgina qolmasdan, atrof muhitning tozaligini ham
ta'minlaydi. Bu yilda ko`pgina urinishlar bo`ldi, ba'zi chet el firmalarida vodorod
bilan ishlaydigan donaboy avtomobillar ham ishlab chiqdi. Lekin kimyoviy
parchalash yo`li bilan erkin vodorodning olinishi boshqa turdagi yoqilg`ilarning
o`zlashtirishidan ko`ra anchagina serxarajat bo`lganligi uchun bu ishni sanoat
asosida
yo`lga
qo`yish
muammosi
o`z
yechimini
kutmoqda.
O`zbekistonning
Do'stlaringiz bilan baham: |