“KIMYO VA UNI О‘QITISH METODIKASI”
kafedrasi
H.U.Dehqonov, S.A.Movlonova
KIMYO
(5110500-Geografiya o’qitish metodikasi
ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)
T
OSHKЕNT
–
2020
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Kirish.
Kimyo fani mo’jizakor fan. Kimyo fani yutuqlarini har sohada ko’rishimiz
mumkin. Kiyib yurgan kiyimimiz, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari,
xo’jalik mollari, parfyumeriya sohasi, energetika sohasi va bir qancha sohalarda
kimyo fanining o’rni beqiyos.
Kimyo fanini o’rganish davomida biz
uning qanday fan ekanligini,
o’rganilish sohalarini, kimyo fanidagi kimyoviy jarayonlarning reaksiya
tenglamalari orqali ifodalanishini o’rganamiz.
Hozirgi kunda kimyo fanini o’rganishda kompyuterdan foydalanish, ya’ni
demonstratsion tajribalarni kompyuter yordamida tushuntirish talabalarning
tasavvur qilish qobiliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu o’quv qo’llanma pedagogika universitetlarining geografiya o’qitish
metodikasi ta’lim yо‘nalishi
talabalari uchun tasdiqlangan, kimyo о‘quv dasturi
asosida tuzilgan bо‘lib, asosiy maqsad nazariy-amaliy va mustaqil mashg‘ulotlarni
talabalar tomonidan osonroq о‘zlashtirilishiga qaratilgan, ayniqsa mustaqil
bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni sifatli uyushtirish uchun, talabalarni о‘quv
qо‘llanmalar bilan ta’minlash zarur. Hozirgi mavjud qо‘llanmalar asosan rus tilida,
о‘zbek tilida chiqqanlari aynan universitet shu yо‘nalish
talabalari uchun dastur
asosida yozilmagan.
Talabalar kurs davomida mustaqil ishlash uchun anorganik birikmalarning
nomenklaturasini, tuzilishini, olinish usullarini, fizikaviy va kimyoviy xossalarini
sinchkovlik bilan о‘rganishlari talab qilinadi. Buning uchun ular:
anorganik
moddalar о‘rtasidagi genetik bog‘lanishni, modda molekulasini kimyoviy
tuzilishini, elektron tuzilishini, qutblanish va orbitallarni tuzilishini, modda
molekulalari о‘rtasidagi
boradigan reaksiyalar, reaksiya mexanizmlari, reaksiy
turlari, muhitning ta’siri hamda olingan bilimlarni amaliy jihatdan qо‘llay bilishlari
kerak.
Kimyo fani bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarishdan avval talaba shu
mavzuga oid moddalarning kimyoviy xossalari bilan tanish bо‘lishi kerak. Talaba
mazkur kurs davomida D.I.Mеndеlеyevning dаvriy
jаdvаli vа dаvriy qоnuni,
Dispеrs sistеmalarning tuzilishi va tarkibi, metallmaslar, suvning qattiqligi va uni
yumshatish usullari, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish, mineral ma’danlarning
tuzilishi va tarkibi, Neft va uning tarkibini o’rganish, miqdoriy analizning
perganometriya, yodometriya,
kompleksometriya metodlari, O’zbekistondagi
tabiiy qazilma boyliklari, konlar, ishlab chiqarish korxonalari, ularning xaritadagi
o’rnini aniqlash, tabiiy xaritalarda zahiralarning o’rnini belgilashlarni o’rganishi
uchun ma’ruza mashg’ulotidagi mavzularni to’liq egallashlari zarur.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada dasturga kо‘ra о‘nta mavzuga tegishli amaliy
mashg‘ulot ishlari kiritilgan bо‘lib, har bir mavzudan keyin tegishli amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish uchun keltirilgan hamda kollokvium savollari va mustaqil
о‘rganish uchun testlar berilgan.
Test savollari dasturga binoan beriladigan ma’ruzalar matni asosida tuzilgan
bо‘lib, bu savollardan nazorat uchun bir necha variantlar tayyorlanadi va shunga
о‘xshash boshqa savollar bilan oson almashtirilib yangilanadi.
Test savollari