Nuqtalar o’rniga quyidagi kimyoviy terminlar nomini to’g’ri keltiring.
1.
Eng kichik bo’linmas zarracha………….
2.
Elementlar kimyoviy jadvalini …………..... tuzgan.
3.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasida .....
ta qator, …. ta davr
mavjud.
4.
Ishqoriy metaldan boshlanib, inert gaz bilan tugaydigan gorizontal
qatorga …. deyiladi.
5.
Dastlabki kimyoviy elementlar davriy sistemasi tuzilganda ….
element mavjud edi.
6.
Moddaning rangi, hidi, agregat holati, tashqi tuzilishi…….
Xossalariga kiradi.
7.
Oddiy modda……
8.
Murakkab modda …….
Atom,
molekula, Lomonosov, Mendeleyev, 63ta, 56ta, fizik xossalar,
kimyoviy xossalari, gruppa, davr, bir xil element
atomlaridan tashkil topgan
modda, ikki atomdan tashkil topgan modda, ikki yoki undan ortiq element
atomlaridan tashkil topgan modda
2-MAVZU: Dispеrs sistеmalarning tuzilishi va tarkibini o’rganish
Reja:
1.
Dispertsion muhit va dispert faza
2.
Dispert sistemalarning tuzilishi
3.
Dispert sistema turlari
Guruhni uch guruhga bo’lamiz
Birinchi guruhga dispert sistemasining turlari haqida ma’lumot berish
Ikkinchi guruhga krossovord tayyorlash
Uchinchi guruhga test beriladi:
1.Zarrachalarning o’lchami 5
10
-10
m bo’lgan eritma qanday turdagi sistemalarga
kiradi?
A) dag’al dispers sistema B) nozik dispers sistema
C) chin eritma D) suspenziya E) emulsiya
2. Kolloid eritmalarga qanday xususiyatlar xos? 1)
eritmaning shaffofligi;
2) zarrachalarining o’lchami 100 nm dan kattaligi; 3) zarrachalarning o’lchami 1 –
100 nm orasida bo’lishi; 4) zarrachalarning qo’shilib yiriklashishi;
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 E) 3,4
3. Kolloid zarrachalarning o’lchami qanday? 1) 1 nm dan kichik; 2) 1 – 50 nm;
3) 100 nm dan katta; 4) 50 – 100 nm; A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,4 E) 1,4
4. Quyidagilar: 1) loyqa suv; 2) sut; 3) tuman; qaysi dispers sistemalarga taalluqli?
A) Suspenziya, aerozol, emulsiya B) emulsiya, suspenziya, aerozol
C) Aerozol, emulsiya, suspenziya D) suspenziya, emulsiya, aerozol
E) Suspenziya, suspenziya, emulsiya
5. Suyuq yoki qattiq zarrachalar gaz holdagi dispersion muxitda tarqalgan sistema
qanday nomlanadi?
A) suspenziya B) chin eritma C) kolloid eritma D) aerozol E) emulsiya
6. Qattiq moddaning mayda zarrachalari suv molekulalari
orasida bir meyorda
taqsimlangan muallaq zarrachali suyuqliklar qanday nomlanadi?
A) emulsiyalar B) suspenziyalar C) gomogen eritmalar D) chin eritmalar E)
aerozollar
7. Temir(III)gidroksidning o’lchamlari 100 nm dan katta bo’lgan zarrachalari
suvda tarqalishidan hosil bo’lgan eritma qaysi dispers sistemaga kiradi?
1) chin eritmalar; 2) kolloid eritmalar; 3) dag’al dispers sistemalar;
4) suspenziyalar; 5) emulsiyalar; A) 1 B) 2 C) 3 D) 3 va 4 E) 3 va 5
8. Quyidagi moddalar eritmalaridagi zarrachalar diametri qaysi holda 1
nm dan
kichik?
A) shakar B) oqsil C) tuproq kukunlari suspenziyasi
D) havodagi chang zarrachalari E) sutdagi moy tomchilari
9. Dag’al dispers sistemalardagi zarrachalar o’lchami quyidagi hollarning qaysi
birida ko’rsatilgandek bo’ladi?
A) 1 nm gacha B) 1 – 30 nm C) 30 – 90 nm D) 100 nm dan ortmaydi E) 100 nm
dan katta
10. Quyidagi moddalarning qaysilari kolloid eritma hosil qiladi?
1) tovuq tuxumi; 2) soda eritmasi; 3)
bariy sulьfat; 4) sut;
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,4 E) 3,4
11. Qanday turdagi dispers sistemalar aerozollar deb nomlanadi?
1) gaz muhitda suyuq holdagi modda tarqalgan sistema; 2) gaz muhitda gaz
holdagi modda tarqalgan sistema; 3) gaz muhitda qattiq holdagi modda tarqalgan
sistema;
4) suyuq muhitda suyuq holdagi modda tarqalgan sistema;
A) 1 va 2 B) 1 va 3 C) 1 va 4 D) 2 va 3 E) 3 va 4
12. SHakarning suvdagi eritmasiga spirt qo’shilganda hosil bo’ladigan
loyqa
ma’lum davr orasida turg’un vaziyatda o’z holatini saqlaydi va so’ngra asta – sekin
cho’kma hosil bo’ladi. Bu qanday sistema?
A) chin eritma B) emulsiya C) suspenziya D) kolloid eritma E) gomogen sistema
13.Kolloid eritmalar chin eritmalardan qanday xususiyati bilan farq qiladi?
A) loyqaligi bilan B) nur tushirilganda yorug’ konus hosil qilishi bilan
C) elektrolit eritmalardan elektr o’tkazuvchanligi bilan
D) issiqlik o’tkazuvchanligi bilan E) filьtr qog’ozdan o’tmasligi bilan
14. Agar tashqi ta’sir bo’lmasa qanday dispers sistemalar barqaror bo’ladi, ya’ni
eskirmaydi? 1) chin eritmalar; 2) suspenziyalar; 3) emulsiyalar;
4) kolloid eritmalar;
A) 1 va 4 B) faqat 1 C) 2 va 3 D) faqat 4 E) 3 va 4
15. Oltin suvda erimaydi. Lekin, uning zarrachalarining o’lchami 50 nm bo’lgan
suvdagi eritmani hosil qilishi mumkin. Ushbu sistema qaysi turga kiradi?
A) chin eritma B) suspenziya C) kolloid eritma D) emulsiya E) daqal dis.
sistema
16. Ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat quyidagi
jismlardan qaysi biri
beqaror bo’ladi, ya’ni o’z – o’zidan eskiradi?
A) kumush yodidning kolloid eritmasi B) osh tuzining suvdagi eritmasi
C) sulьfat angidridning sulьfat kislotadagi eritmasi
D) kaliy xlorid va kalsiy nitratlarning birgalikdagi suvli eritmasi
E) yodning spirtdagi eritmasi
17. Dispersion muhiti gaz bo’lgan dispers sistemalarni ko’rsating.
1) tuman; 2) ko’pik; 3) tutun; 4) emulsiya; 5) dixlofos aerozoli; 6) penoplast;
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6 E) 1,5,6
18. Sistemalarning qaysi biri emulsiyaga xos?
A) oqsil B) sut C) havo D)
ammoniy nitrat bilan suv
E) suv bilan juda maydalangan bariy sulьfat
19. Emulsiya loyqadan nima bilan farq qiladi?
A) eritilgan modda zarrachasining o’lchami bilan B) erituvchining tabiati bilan
C) dispers fazaning agregat holati bilan
D) eritmalarning shaffof bo’lmasligi bilan E) erituvchi zarrachalarining o’lchami
bilan
20. Kolloid eritma hosil qilish xususiyatiga ega bo’lgan moddani toping
A) Fe(OH)
3
B) NaOH C) KOH D) HNO
3
E) H
2
SO
4
3- MAVZU: Metallmaslarning xossalarini o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: