Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet108/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

ASS = STO * A / 100;

bu yerda, ASS - aksiz solig'i summasi, so'm.



STO- soliqka tortiladigan aylanma, so'm. A - soliq stavkasi,%.

Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig'i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:


STO = F *A* 100 / (100 -A);

bu yerda, STO - soliqqa tortiladigan aylanma, so'm. F - keltirilgan tovarlaming faktura qiymati, so'm.

A - soliq stavkasi, %.

Aksiz solig'i budjetga ikki xii muddatda har kuni va har o'n kunda to'lanadi.

Birinchi usu) vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to'lov tovarlaming haqiqiy aylanmasi amalga oshgandan so'ng uning uchinchi kunida to' lanadi. Ikkinchi usulda aksiz osti tovarlari sotuvchi korxonalaming haqiqiy aylanmasidan har o'n kun o'tishi bilan soliq to'lanadi, ya'ni:


  • birinchi o'n kunlik uchun shu oyning 13-sanasiga;

  • ikkinchi o'n kunlik uchun shu oyning 23-sanasiga;

  • uchinchi o'n kunlik uchun kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to'laydi.

Aksiz solig'iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash chog'ida soliqqa tortiladigan baza aksiz solig'i summasiga kamaytiriladigan tartib o' rnatildi. YAngi tashkil etilayotgan mikrofirrna va kichik korxonalarga yagona soliq to'lovini to'lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to'lash huquqi berildi.

Ilgari mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to' lash bo'yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to'lovini to'lash chog'ida saqlab qolindi. Yagona soliq to' lovini to' laydigan mikrofirrna va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvotiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun budjetga ijara haqi to' lashdan ozod qilindi.

jzbekiston Respublikasi Prezidentinin g 2005-yil 20-iyundagi PF- 3620-sonli «Mikrofirrnalar va kichik korxonalami rivojlantirishni rag' batlantirish borasidagi qo' shimcha chora-tadbirlar to' g' risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes subyektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag'batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005-yilning 1-iyulidan boshlab, mikrofirrnalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamg'arrnasi, Respublika yo') jamg'armasi va Maktab ta'limi jamg'arrnasiga majburiy ajratmalar to'lash o'miga yagona soliq to'lovi joriy etildi.

Mazkur farrnonga binoan, yagona soliq to'lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda to' lanishi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF- 359'1-sonli «To'g'rid:m-t o'g'ri xorijiy xususiy investitsiyalami jalb etishni rag' batlantirish borasida qo' shimcha chora-tadbirlar to' g' risida»gi Farmoniga binoan, 2005-yilning 1-iyulidan boshlab, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalami jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo'yicha daromad (foyda) solig'i, mulk solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlami obodonlashtirish solig'i, ekologiya solig'i, mikrofirrnalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to' lashdan, shuningdek Respublika yo' I jamg'arrnasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod qilindi.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda mazkur soliq imtiyozlari:



  • 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha 3 yil muddatga;

  • 3 million AQSH dollaridan IO million AQSH dollarigacha 5 yil muddatga;

  • IO million AQSH dollaridan ortiq bo' lganda 7 yil muddatga beriladi.

Shuningdek, Farmonda k·o rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida q·o llanilishi belgilab qo'yi lgan:

  • mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi b·o lgan mintaqalar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

  • xorijiy investorlar tomonidan to'g'ridan-t o'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;

  • korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;

  • ushbu korxonalar davlat ro·yxatidan o'tkazilgandan key in to'g'ridan-t o'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;

  • xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo'yish;

  • mazkur imtiyozlarning qo'llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo' naltirish.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bir gator soliq imtiyozlari belgilandi. Xususan, 20 I 0-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to' lovi 8 foizdan

7 foizga pasaytirilgan bo' Isa, 2011-yilda esa bu k·o rsatkichni 6 foizga tushirish mo' ljallangan. 1996-2011-yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqardi.

Kelgusida tarmoq yo'nalishlariga ko'ra kichik biznes subyektlari uchun quyidagi soliq imtiyozlari belgilangan:



  • 2014-yil 1-yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta'mirlash­ qurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalami to' lashdan ozod qilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvarigacha go' sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to' lovi stavkasi 50 foizga kamaytirilgan, chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona to'lovlaridan ozod qilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvarigacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste 'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig'i, mulk solig'i va yagona soliq to'lovlaridan ozod qilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvargacha respublika yo' I jamg' armasiga majburiy ajratmalar to' lashdan; ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import qilishda bojxona to'lovlaridan ozod qilingan.




    1. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida audit va auditorlik taftishini o' tkazish

Tadbirkorlaming iqtisodiy faoliyat yuritishlarida moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini to'g'ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari ham muhim rol o'ynaydi. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim elementlaridan biri bo' lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.

O' zbekistonda audit O' zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to' g'risida»gi qonuni asosida amalga oshiriladi.



Audit xo'jalik yurituvchi subyektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir. Buni shunga vakil qilingan shaxslar auditorlar (auditorlik firrnalari) bajaradilar.

Auditning asosiy maqsadi moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining to'g'riligi va ularning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me'yoriy hujjatlariga nechog'lik mosligini aniqlash, bularning to'la­ to' kisligi, aniq - ravshanligi, buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qo' llanilayotgan talablarga neehog' lik monandligini aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya'ni mijoz bilan shartnoma tuzib, xizmatlar ko'rsatish ham kiradi.

Auditorlik faoliyati xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyati ustidan maxsus vakolat olgan davlat idoralarining nazorati o' mini bosmaydi. Auditning asosiy «harakatlanuvchi shaxsi» auditor va auditorlik firmasidir. Auditor belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini olgan hamda auditorlik kasbi ro'yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. Auditorlik firmasi yuridik va jismoniy shaxs tomonidan tuzilib, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgach, ustaviga ko'ra auditorlik xizmati ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi tashkilot.

Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa korxonalaming tashkiliy-huquqiy shakllarida ochilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.

Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini o'tkazish ta'qiqlanadi:

- tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari bi Ian yaqin qarindosh bo' lgan shaxs;

-tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektda shaxsiy-mulkiy manfaatlari bo' lgan shaxs;

-xo'jalik yurituvchi subyektning rahbarlari, muassasalari yoki mulkdorlari;

-tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt yoki uning filiallari xodimi;

-davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslari;

-kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.

Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro'yxatidan o'tib, litsenziya olganlaridan keyin faoliyat boshlaydi.

Auditorlar va auditorlik firmalari qonunda belgilab qo'yilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligida Davlat ro'yxatidan o'tadi.

Auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqi uchun litsenziya davlat ro'yxatidan o'tgandan keyin beriladi. Ularni berish tartibini O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.



Auditorlar (auditorlik finnasi) quyidagi huquqlarga ega:

  • xo'jalik yurituvchi subyektning hisobotini audit qilish va tuzilgan shartnomaga binoan konsalting xizmati ko' rsatish;

  • O' zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to' g' risida»gi qonuni va boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga binoan tekshiruvning shakl va usullarini mustaqil belgilash;

  • tekshirilayotgan obyektda ham, uchinchi shaxslar qo'lida ham ho' lgan, tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlaming mulkiy holati va faoliyatiga daxldor hujjatlar bi Ian tanishish imkoniyatiga ega b·o lish;

  • o'tkazilayotgan tekshirish yoki ko'rsatilayotgan auditorlik xizmati munosabati bilan tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarlari va boshqa xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og'zaki yoki yozma tarzda zarur izohlar olish;

  • litsenziyadan mahrum etish haqida qaror qabul qilinganida sudga ariza bilan murojaat etish va hokazo.

Auditor (auditorlar finnasi)ning burchlari:

  • auditor tekshiruvini sifatli, mukammal o'tkazish, tekshiruvlar o'tkazish bi Ian aloqador boshqa auditorlik xizmati ko'rsatish;

  • tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga tekshiruv vaqtida aniqlangan qonunchilikning buzilish hollari va buxgalteriya

hisoboti yuritish hamda moliyaviy hisobotni tuzishga qo'yilgan talablarning buzilish dalillari haqida ma'lumot berish;

  • o'z vazifalarini bajarish chog'ida ma'lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar etkazadigan ma'lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;

  • uzrli sabablar b·o lmasa, o• z faoliyatini to'xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish va xulosa chiqarish;

  • mabodo ishi va xulosalarida xolis va obyektiv b·o lishning imkoni bo'lmay qolsa, o'z faoliyatini to'xtatish.

Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xo'jalik yurituvchi subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.

Xo'jalik yurituvchi subyekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni tayinlagan yuridik shaxsning qaroriga ko'ra, auditor chaqirib olinishi mumkin, auditor bu haqda barvaqt yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini ko'rsatib xabardor qilinadi.

Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga ko'ra, boshqa ishlar qilinayotganida xizmatdan voz kechilsa, xo'jalik yurituvchi mulkdor auditor xizrnatiga haq to·lashi shart.

Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig'i bilan auditorlik tekshiruvi o'tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo'jalik



subyekti zimmasiga tushadi, uning q·o Iida yetarli mabla·g tekshiruvni tayinlagan organ zimmasiga tushadi.

b·o lmasa,

Agar xo'jalik yurituvchi subyekt qo'lida zarur mablag· bo'lsa-yu, tekshiruv xarajatlarini to·lashdan bo'yin tovlasa, prokuror auditor yoki auditorlik firmasining mulkiy manfaatlarini himoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart.

Xo'jalik yuritish subyektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabi bilan quyidagilami bajarishi shart:



  • moliyaviy-xo 'jalik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi;

  • og'zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi;

  • tekshirilayotgan obyektning moliyaviy-x o'jalik faoliyatini sifatli ekspertiza qilish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi.

«Auditorlik faoliyati haqida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini auditorlik tekshiruvi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik firrnasi javobgar hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi:

  • O' zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma'muriy javobgarlikka;

  • litsenziya huquqini to'xtatib qo'yish yoki auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan litsenziyadan mahrum etishgacha

(litsenziya bergan organ qaronga muvofiq) b·o lgan intizomiy jazolar beriladi.

Auditor faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda

auditorlar palatasini ochish nazarda tutilgan.

o·zbekistondagi aksariyat auditorlik finnalarini auditorlarning

o'zlari tashbbuskor b·o lib tuzgan, ammo mustaqil audit o'tkazish uchun ularning soni yetarli emas. Bu muammoni ha! etish uchun Davlat mulk qo'mitasi tashabbusi bilan 1996-yilning may oyida qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmati ko'rsatish uchun maxsus agentlik «Konsauditinform» tashkil etildi. Hozirgi kunda q·o shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyatlari auditi, investitsiya fondlarining auditi va sug'urta kompaniyalarining auditi shakllandi.


    1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta'minlashni tashkil etish

Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur ma'lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat b·o ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi aloqa shaklidir.

Ishbilarmonlar asosan turli xii axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta'minot, xodimlar bo'yicha, ma'lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar. Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me'yoriy axborotlarga b·o linadi.

Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat b·o ladi hamda korxona faoliyati, uning texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarini moddiy va mehnat xarajatlari hajmi, naqd pul harakati, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotlarni o' zida aks ettiradi.

Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo'ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va xarid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat b·o ladi.

Foydalanish vaqti bo'yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli, o'zgarish darajasi bo'yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo'linadi.

Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol o'ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.

Kichik korxonalar uchun fan-texnika axborotlaming roli ham muhim, ular ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.

Doimiylik darajasi bo'yicha axborotlar doimiy, shartli-doimiy va o'zgaruvchan bo'ladi. Doimiy axborot o'z ma'nosini uzoq vaqt davomida o'zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovar turlari va boshqalar haqidagi axborotlar).

Shartli-doimiy axborotlar ma'lum vaqt davomida o'z ma'nosini saqlab turadi. Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me'yorlar,

tarif miqdorlari, lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi.

o·zgaruvchan axborotlar xarid qilish va sotishning o' sishini aks

ettiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda, ulami olishdan ma'no qolmaydi.

Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat axborot tarqatuvchi vositadir.

Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlami o'quvchi, ulardan foydalanuvchi, ulami qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat xarajatlari hujjatning shakllariga bog' liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo'lishi mumkin emas.

Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalami ta'minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ulaming iste'molchilari, mahsulotlami sotuvchilar va xaridorlar, turli muassasalar o' rtasida zarurdir.

Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir.

Samarali ishlayotgan ishbilarmonlar aloqa va axborot vosilalaridan o' z o' rnida unumli foydalanayotgan kishilardir. Ular aloqa va axborot jarayonlarining mohiyatini tushunadilar, og'zaki va yozma muomalaning uddasidan chiqa oladilar.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish