Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet109/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

Aloqa jarayoni ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasida axborot ayirboshlash jarayonidir. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi almashuv mavzui bo'lgan axborotni tushunishni ta'minlash. Ammo axborot almashinuvining o'zi axborot almashinuvida ishtirok etayotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat bermaydi.

Axborot almashinuvi jarayonida to'rtta element ishtirok etadi: axborot jo' natuvchi, xabar-axborotning o' zi, kanal-axborotni uzatuvchi vosita va axborot oluvchi. Bu zaminiy elementlaming ishi aniq yo'lga qo'yilgan bo' lishi, axborot buzilgan bo' lmasligi kerak.

Axborot almashuvi chog'ida ikki tomon (sotuvchi va xaridor) muhim rol o'ynaydi. Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu faqat axborot almashinuvining boshlanishi. Axborot almashuvi samarali bo'lishi uchun xaridor tovarni shu narxga xarid qilishga rozi ekanligini sotuvchiga xabar qilishi lozim.

Agar bir tomon axborotni taqdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul qi Isa, u holda axborot almashinuvi sodir bo' ladi. SHu bois aloqajarayoniga alohida e'tibor berishi kerak.

Aloqa texnikasi turli-tumandir. Biznesda aloqa texnikasi vositalaridan biri kompyuterlashtirishdir.

Kompyuterlashtirishning ahamiyati bozor munosabatlariga o'tish, ishbilarmonlarning jahon bozoriga chiqish munosabati bilan taqqoslab bo'lmaydigan holda o'smoqda. Ma'lumki, jahon amaliyotida kompyuterlashtirish kundalik va muhim texnika bo' lib qolgan.

Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq to' lash ishlari amalga oshiriladi, bozorlar tadqiq qilinadi, chakana va ulgurji savdolar o'rganiladi.

Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo'lsak, axborot biznesda, kichik va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bo' lib, ular qabul qilinayotgan qarorlarning manbai hisoblanadi. Haqiqatda axborotlarsiz, kerakli ma'lumotlarsiz hech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni o'z vaqtida yig'ish, uzatish va qayta ishlashga bog'liq.

Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi o'z ichiga kerakli axborotlar, hujjatlar, biznes tadqiqotlari tizimi, aloqa kanallari va texnik vositalarni qamrab oluvchi murakkab axborot tuzilmasidir.

Tadbirkorlar o' z ish kunlarini kichik va xususiy korxonalar, savdo korxonalari ishi haqidagi ma'lumotlar, mahsulotlarga buyurtmalar va mahsulotni ortib-jo'natish haqidagi teleks hisobotlari bilan tanishish, haqiqiy va reja ko'rsatkichlarining o'zaro munosabatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o'rganishdan boshlaydilar. Ular mahsulotlarni joriy va o'tgan vaqtda sotilishi, tovar-moddiy zahiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq to' lash, transportda tashish va aholiga boshqa xizmatlar ko' rsatish haqidagi axborotlarni sanoqli daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi.

Yig'ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqaruv qarori qabul qilishda yordam beradi. Samarali ishlayotgan korxonalar yig'ilayotgan axborotlar sifatini oshirish va miqdorini ko'paytirishga yetarli darajada kuch sarflaydilar. Ular o'z xodimlarini sodir bo'layotgan voqealami qayd qilish va ular haqida xabar qilishga o'rgatadilar hamda buning uchun taqdirlaydilar. Firma ulgurji va chakana sotuvchilar va boshqa ittifoqchilarini muhim xabarlarni uzatishga rag· batlantiradi. Ishbilarmonlarga raqiblari haqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar tovarlarini xarid qilish orqali «ochiq eshiklar kuni»da, ixtisoslashtirilgan ko'rgazmalarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar haqidagi ma'lumotlarni ulaming hisobotlarini o'qib va hissadorlar majlislarida ishtirok etib, raqib korxona xodimlari, raqiblarga mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bi Ian suhbatlashib ham olish mumkin.

Raqiblarning reklamalari yig'indisi, ulaming reklama xarajatlari va ular foydalanayotgan reklama vositalari to·plamini olish uchun reklama byurosining pullik xizmatlariga murojaat qilinadi.

Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda harakat qiluvchi raqobatchilar haqida ma'lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga o'tish yanada kengroq va sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qo'yadi.

Tadbirkorlar uchun xaridoming tovar xususiyatlariga munosa­ batlarini oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmo qda va ular tadqiqotlarga murojaat etmoqdalar. Ishbilarmonlarga borgan sari k·o proq axborotlar kerak bo' ladi va ularga doimo axborot etishmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, ishbilarmonlar kerakli aniq va foydali ma'lumotlami yetarli miqdorda yig a olmayotganliklaridan shikoyat qiladilar.

Ba'zi korxonalarda joriy axborotlarni yig'ish va tarqatish bo'yicha maxsus bo'limlar yoki laboratoriyalar tashkil etilgan. Bu bo'lim xodimlari kerakli axborotlarni qidirib topish uchun eng muhim nashrlar, gazeta va jumallami k·o zdan kechiradilar va ishbilarmonlarga maxsus tayyorlangan axborot varaqalarini jo'natadilar. Bunday xizmatlar tadbirkorlarga kelib tushayotgan axborotlar sifatini keskin oshirishga imkon beradi.

Ishbilarmonlarda, qoidaga k·o ra, ·o z kuchlari biIan biznes

tadqiqotlari o'tkazish uchun vaqt va ko'nikrna mavjud emas, shuning uchun ular bunday tadqiqotlami buyurishga majburlar. Korxona shartnoma asosida tadqiqot o'tkazishga qandaydir ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy

·o quv yurtiga buyurtma berishi mumkin. Yirik korxonalar ·o z tadqiqot

bo' limlari va laboratoriyalarini ochishlari mumkin. Bo' lim xodimlari

orasida muhandislar, iqtisodchilar, soQiologlar, psixologlar, biznes bo'yicha mutaxassislar bo' lishi maqsadga muvofiqdir.

Biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni o' z ichiga oladi:



  • bozorni tadqiq qilish;

  • reklama vositalari va e'lonlari samaradorligi;

  • xodimlarning ishga faolligi;

  • raqiblar tovarlari;

  • narx-navo siyosati;

  • tovar assortimentlari;

  • xalqaro bozorlarni o' rganish;

  • axborotlar bilan ta'minlashni tadqiq qilish;

  • xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni o' rganish va hokazo.

Tadqiqotlar





Axborot








maqsadini aniqlash

--+

manbalarini tanlash

--+ yig'ish


















Biznes tad otlari u idagi ketma-ketlikda o'tkaziladi (6.8.1-rasm).

Yig'ilgan

Axborot axborotlarn

--+ i tahlil --+

qilish






Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish