6.5.3-rasm. 2010-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga kredit resurslari ajratish miqdorining o' sishi
Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga ehtiyojlarini to' laroq qondirish, banklarning kredit operatsiyalari ko' lamini kengaytirish, kredit riskini ma'lum darajada minimallashtirish va nihoyat banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib keladi.
So'nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil topayotgan kredit institutlari o'rtasida teng va beg'araz raqobat vujudga kelmoqda. Bu esa tijorat banklari boshqaruv strategiyasining to' g'ri tanlanganligi, akti vlaming ishon hli ju) lashtirilgauligi, 111aj liu1iy alla111i bajarish va likvidlilikni ta'minlashda ijobiy natijalarga erishish zarurligi hamda shu asosda yuqori daromadga erishish mumkinligidan darak bermoqda.
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Mulk shakllaridan qat'iy nazar, barcha korxonalar O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to' g'risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy budjetlarga soliqlar to' laydilar.
Soliqlar budjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) biIan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
Soliqlar, avvalo, davlatning vazifalarini moliyaviy mablag' lar bilan ta'minlash zarurligidan kelib chiqadi.
Davlat oldida turgan umumiy-ijtimoiy zaruriy vazifalarga hozirgi sharoitda quyidagilar kiradi:
aholining kam ta'minlangan tabaqalari (talabalar, pensioner lar, nogironlar va boshqalar)ni ijtimoiy himoya qilish;
mamlakat mudofaasini ta'minlash;
mamlakat fuqarolarining tinch mehnat qilishi va erkin yashashi muhofazasini ta'minlash;
mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlar (maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta'minot va boshqalar)ni amalga oshirish;
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni o'rnatish;
bozor infratuzilmasini yaratish va hokazo.
Bu vazifalarni amalga oshirish nihoyatda ko'p moliyaviy resurslarni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslarni faqat soliqlar va soliq xarakteriga ega to'lovlar orqali amalga oshirish mumkin.
Amaldagi qonunchiliklarga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hududida soliq va yig'imlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig'imlari amal qiladi:
umumdavlat soliqlari;
mahalliy soliq va yig'imlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |