Kichik biznes


Y36eKHCTOH Pecny6JJHKacn TH;KopaT 6aHKJJapn



Download 0,78 Mb.
bet105/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

Y36eKHCTOH Pecny6JJHKacn TH;KopaT 6aHKJJapn TOMOHH,ll3H aMaJJra OIUHpHJJraH IQ'IUHM'l3 3KUHHJJap 6yitH"l3 HHrH :)MHCCHH ;KMHHHHr y:JrapHWH, MJJPA- C,YM

2007 irnn 2008 irnn 2009 irnn


6.5.2-rasm. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan qo'shimcha aksiyalar bo'yicha yangi emissiya hajmining o'zgarishi
20 I 0-yilda tijorat banklarining jami kapitalini kamida 20 foizga oshirish va yaqin 2 yilda banklar jami banklar kapitali darajasini YaIMga nisbatan IO foizga yetkazish ko'zda tutilmoqda.

20 I 0-yilda tijorat banklari tomonidan yana 250 mlrd. so·mlik qo'shimcha aksiyalar muomalaga chiqarilib, banklar ustav kapitallarining oshirilishi kutilmoqda. Masalan, Xalq banki keyingi 4 yil davomida o'z ustav kapitalini IO mlrd. so'mdan avval 100 mlrd. so'mga, keyin 200 mlrd. so·mgacha oshirishni mo' ljallamo qda.



2009-yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda barcha mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega bo'lishdi. Bu o'z navbatida respublika obligatsiyalar bozorining rivojlanishiga ijobiy ta1,sir ko'rsatadi, shuningdek tijorat banklarining «Tashkent» Respublika Fond birjasidagi ishtirokini ham jadallashtiradi. 2009-yilda «Tashkent» Respublika Fond birjasidagi savdolaming deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining aksiyalari tashkil qildi va 39,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. Ushbu summaning 37,1 mlrd. so'mi nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi «nazorat paketi»ga teng bo' lmagan banklar hisobiga to'g'ri keladi.

2008-2009-yillarda qo'shimcha emissiya qilingan aksiyalaming tarkibida imtiyozli aksiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi 1,1-2,2 foizdan 0,6-0,7 foizgacha pasaydi. Ushbu holat qo'shimcha emissiyalarda davlat ishtirokining oshganligi, ya'ni davlat tomonidan banklardagi nazoratni olishga bo'lgan qiziqishning yuqoriligi bilan izohlanadi.

Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borildi.

O'tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, barqaror iqtisodiy o'sish, valyuta mablag'larining doimiy tushumi manbalari va yetarli darajada valyuta zahiralarini shakllantirish orqali milliy valyutaning xarid quvvatini chetdan olinadigan qarz mablag'larisiz saqlab turishga zamin yaratildi.

Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyusatining bilvusila dastaklaridan foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o' zgaruvchan foiz stavkalarini tezkor boshqarish davom ettirildi. 2010-yil 1-yanvar holatiga O' zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta xorijiy valyutadagi omonat turlari aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tarkibiy o' zgarish, avvalo, bank tizimi bilan bevosita bog'liq bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan, jumladan, iste'mol va ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim masalalardan biri bo' lib qolmoqda.

Hozirgi kunda respublikamiz aholisi uchun iste'mol va ipoteka kreditining turli variantlari joriy etilgan bo' lib, respublika tijorat banklari

tomonidan aholining ushbu kreditlarga ehtiyojlarini qondirishga alohida e'tibor qaratilgan. Chunki, iste'mol kreditlarining berilishi aholi uchun respublikada ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta'minlanish darajasini oshiradi.

20 I 0-yil 1-yanvar holatiga O' zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga a'zo 19 ta tijorat banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste'mol krediti joriy etilgan bo' lib, ular 6 oydan 3 yilgacha muddatga beriladi. 2009- yilning oktyabrh-noyabrb oylari davomida 11 ta yangi turdagi iste'mol kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba'zi banklar tomonidan amaldagi iste'mol kreditlarining shart va talablariga biroz o'zgarishlar kiritildi.

Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti joriy etilgan bo'lib, ular 3 yildan 15 yilgacha muddatga beriladi. Ipoteka krediti uy-joy sotib olish, qurish va oldindan sotib olingan uy-joylarni ta'mirlash uchun ajratiladi.



O' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi 670- sonli «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi va 2007-yil 7-noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to' g'risida»gi qarorlariga muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o' zgartirishlar kiritildi.

Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining minimal ustav kapitali 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab, quyidagicha miqdorda belgilab qo'yildi:

-tijorat banklari uchun so'm ekvivalentida 5 min. yevro miqdorida;

-xususiy banklar uchun so' m ekvivalentida 2,5 min. yevro miqdorida.

2010-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo' llab-quvvatlash maqsadida 2009-yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko' proq kredit resurslarini ajratish ustuvor yo' nalish qilib belgilandi.

Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo'lgan Markaziy bank nochor banklarni aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning sinishiga yo'I qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'rmoqda. Bu o'z navbatida tijorat banklari moliyaviy barqarorligining oshirilishi



hamda aholining bank tizimiga ishonchini yanada mustahkamlanishiga imkon yaratmoqda.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish