Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

»
210
.
Davlat maqsadli jamg’armalari tarkibida 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Pensiya 
jamg’armasi mablag’laridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini 
takomillashtirish kerak. 
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida va islohotlarining 
chuqurlashuvi sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy 
va samarali shakllarni qo’llashni talab etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi natijasida aholini ijtimoiy himoya 
qilish borasidagi davlat tuzilmalarining roli kamayib, ushbu vazifalar bosqichma-
bosqich nodavlat, jamoat tashkilotlari, byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar 
zimmasiga o’tkazib borilishi talab etiladi. 
Pensiya sohasida keyingi yillarda tizimning tashkiliy tuzilmasini, huquqiy 
asoslarini yanada takomillashtirish, pensiyalarni byudjetdan tashqari Pensiya 
210
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.


431 
jamg’armasidan o’z vaqtida 
moliyalashtirish, 
shuningdek, 
Respublika 
fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli 
foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yo’nalishlarida samarali islohotlar 
amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ayniqsa, pensiya ta’minotiga tegishli me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni takomillashtirilib borishi bu boradagi muammolarni hal qilish 
imkoniyatlarini bermoqda.
Bugungi kunda jahonning ko’pgina davlatlarida pensiya jamg’armasining 
daromadlari xarajatlarini qoplolmaslik holatlari kuzatilmoqda. Mazkur holatlarni 
mamlakatimizda yuz berishini oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni 
amalga oshirishni talab etadi. Bundan tashqari pensiya va nafaqalar miqdorini 
oshirish, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini ko’chaytirish, aholi turmush 
darajasini oshirish kabi bir qancha muammolar mavjud. Shuni ta’kidlab o’tish 
joizki, pensiya tizimi bu aholini ijtimoiy himoyalash, ishlovchilarning to’kin 
keksaligini ta’minlashning yaqqol namunasidir. Bu vazifa har bir davlatning 
ustuvor vazifalaridan biridir. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan bu vazifani asta 
sekinlik bilan xususiy sektor zimmasiga o’tkazilib borilmoqda. 
 
Jahon mamlakatlari pensiya tizimlari tuzilishi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, 
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari pensiya tizimlari xususiy sektorlarga 
o’tkazib borilmoqda. Bugungi kunda pensiya tizimlari quyidagilardan iborat: 
-
 
to’liq davlat pensiya tizimi; 
-
 
to’lik xususiy pensiya tizimi; 
-
 
davlat pensiya ta’minotiga qo’shimcha ravishda xususiy pensiya tizimi; 
-
 
xususiy pensiya ta’minotiga qo’shimcha davlat pensiya tizimi. 
Xususiy pensiya tizimining afzalligi shundan iboratki, unda fuqarolar 
o’zlarining keksalik davri uchun o’zlari bosh qotirishadilar. Bunda ular ishlagan 
davrda o’zlari tanlagan hususiy pensiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga 
kerakli pul mablag’larini o’tkazib borishadi hamda ularni maqsadli ishlatilishini 
nazorat qilib boradilar. Bunda davlatning manfaatlari quyidagilar iborat: 

iqtisodiy tarmoqlarining rivojlanishi; 

aholi turmush darajasining ko’tarilishi;


432 

investitsion faollikning oshishi; 

soliq bazasining oshishi; 

aholi bandligining oshishi. 
O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining ikki xil turi amal 
qiladi, ya’ni: 
1.
Davlat (avlodlar birdamligi) pensiya ta’minoti tizimi; 
2.
Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi.
Respublikamiz aholisining demografik o’sib borishi, turmush darajasining 
yaxshilanishi va uzoq umr ko’rish darajasining ortib borishi natijasida yildan-yilga 
yoshga doir pensiya oluvchilar soni ortib bormoqda. Fuqarolarga pensiya 
tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirish, mavjud ijtimoiy himoya 
tizimining samaradorligini oshirish va barqarorligini ta’minlash asosiy 
vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati va odamlar ijtimoiy 
muhofazasi bilan bog’liq ushbu masalada belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy 
amal qilinishini ta’minlash Pensiya jamg’armasi mablag’laridan samarali 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimini 
rivojlantirish bo’yicha bir qancha islohatlar olib borilmoqda va bu o’z samarasini 
bermoqda. Aholining pensiya tizimidagi faolligini oshirish maqsadida, xususiy 
pensiya ta’minoti tashkil etish kerak. Buning uchun eng avvalo xususiy pensiya 
fondlari faoliyatini tashkil etishning asosiy omili bo’lgan, qimmatli qog’ozlar 
bozorini rivojlantirish, investitsiya bozorini rivojlantirish zarur bo’ladi. Tashkil 
etiladigan xususiy pensiya tizimlariga iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritishda keng 
imkoniyatlar yaratib berish kerak bo’ladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish