Taqrizchilar
:
Toshkent Moliya Instituti
«Pensiya ishi» kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Abdullaev Z.A.
Toshkent Moliya Instituti
«Sug’urta ishi» kafedrasi mudiri, i.f.n.
Abduraxmonov I.X.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi Chilonzor tumani
bo’lim boshlig’i, yu.f.n.
Murodova G.M.M.
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, ijtimoiy
sohaning markaziy bo’g’ini hisoblangan ta’lim yo’nalishiga katta e’tibor berib
kelmoqda. Oliy ta’lim yo’nalishining to’g’ri yo’lga qo’yilishi va oqilona tashkil
etilishi mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o’z
vaqtida va to’liqligicha bajarilishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi 4724-son
farmoyishi bilan tashkil kilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi
holatni o’rganish natijalariga ko’ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham
ilmiy pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va
o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi,
ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o’quv reja va
dasturlarini yangi pedogogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish,
magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy
tashkiliy shakllarini joriy etish asosida yanada takomillashtiriladi. «Yangi avlod
o’quv adabiyotini yaratish va ularni oliy ta’lim muassalarining ta’lim jarayoniga
keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va
ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar
sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam
yangilab borish lozim»
1
.
Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturining ta’lim tizimiga yangi avlod darsliklarini yaratish bo’yicha
dasturiy vazifasini bajarish maqsadida mualliflar tomonidan oliy ta’limning
magistratura mutaxassisliklari uchun “Pensiya ta’minoti nazorati” darsligi
yaratildi. Ushbu darslikning maqsadi talabalarda ijtimoiy ta’minot, davlat pensiya
ta’minoti, moliyaviy nazorat va pensiya ta’minoti nazorati haqidagi yaxlit bilimlar
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 2909-son Qarori.
4
tizimini shakllantirish, pensiya tayinlash, hisoblash, to’lash va moliyaviy nazorat
mexanizmining amal qilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish va byudjet tizimida ham
keng qamrovli ijtimoiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu
islohotlarning ijobiy natijalari aholini ijtimoiy himoyalash tizimini joriy etilishida
ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimizda davlat byudjetining g’azna ijrosini samarali
tadbiq etish bilan ham pensiya ta’minoti tizimida barqaror rivojlanish
ko’rsatkichlariga erishga muvaffaq bo’lindi.
«Inflyatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real
daromadlarini 9,5 foizga, o’rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni,
soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda....
Bundan tashqari, o’tgan yilning 1 sentyabridan boshlab o’zgalar parvarishiga
muhtoj yolg’iz keksa va nogironlarni har oyda bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-
ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlarining yangi ro’yxati joriy qilindi»
2
.
Mamlakat miqyosida davlatning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini bajarishida
Pensiya jamg’armasi faoliyati bilan bog’liq munosabatlar “Pensiya ta’minoti
nazorati” fanining dolzarbligini ifodalaydi. Pensiya ta’minotining nazorati
jamiyatda fuqarolarni pensiya ta’minoti tizimi bilan to’liq va samarali qamrab
olishga qulay sharoit tug’diradi.
Pensiya sohasida keyingi yillarda tizimning tashkiliy tuzilmasini, huquqiy
asoslarini yanada takomillashtirish, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan
pensiyalarni o’z vaqtida moliyalashtirish, shuningdek, Respublika fuqarolarining
pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazoratni kuchaytirish yo’nalishlarida samarali islohotlar amalga oshirildi
va oshirilmoqda.
Ayniqsa,
pensiya
ta’minotiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni
takomillashtirilishi bu boradagi muammolarni hal qilish imkoniyatlarini bermoqda.
2
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq
so’zi. 2016 yil.
5
Hayotning o’zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish
lozim bo’lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Kelgusida
«nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va
ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish e’tiborimiz markazida
bo’ladi»
3
.
O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani
rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish ko’zda tutilgan. Ushbu
yo’nalish, jumladan “... fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning
salomatligini saqlash, ... aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy
yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini
oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish”
4
chora-tadbirlarini amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Zamonaviy sharoitda har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida pensiya
ta’minoti muhim masalalardan biri hisoblanadi. Pensiya ta’minoti o’zining siesiy-
iqtisodiy mohiyatiga ko’ra mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan aholi
qatlamining mehnat bozorida mehnatga layoqatli bo’lgan qatlami bilan iqtisodiy
manfaatlarining mos kelishini ifodalaydi. Bugun zamonaviy pensiya tizimining
vujudga kelganiga yuz yildan oshgan bo’lishiga va doimiy isloholotlar
o’tkazilishiga qaramay, butun dunyoda, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham
pensiya ta’minoti muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Pensiya tizimi ijtimoiy himoyaning muhim kismlaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy himoya institutining bir bo’g’ini sifatida
Pensiya jamg’armasi vujudga keldi. Insonlarning o’rtacha umr ko’rishi, mehnatga
layoqatlilarga nisbatan aholi sonining sezilarli o’sayotganligi hamda hayot
kechirishning ijtimoiy mezonlari to’xtovsiz o’zgarayottganligi sababli ijtimoiy
3
Mirziyoyev Sh.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.
4
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi. 4.2-band.
6
siyosatning barcha sohalarida, jumladan, pensiya ta’minoti tizimidagi jarayonlarni
takomillashtirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotda mazkur tizim muhim funktsiyalarni bajaradi, ular quyidagilar
iborat: birinchidan, qarilik chog’ida kambag’allikdan himoya qiladi; ikkinchidan,
mehnat faoliyati tugashi bilan kafolatlangan daromadni taqdim etadi, ish haqiga
bog’liq ravishda ma’lum qiymatga ega bo’ladi; uchinchidan, mazkur daromad
kelajakda inflyatsiya natijasida turmush farovonligini pasayishiga yo’l qo’ymaydi.
Umuman olganda, pensiya tizimini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar
tajribalarini tadqiq etish, ularning o’ziga xos tajribalarini hisobga olgan holda
sohani rivojlantirishning yangicha metodologik asoslarini yaratish zaruriyati
tug’iladi.
Ushbu darslikda zamonaviy sharoitda davlat moliyaviy nazorati tarkibida pensiya
tizimi nazoratning tutgan o’rni va uni o’ziga xos xususiyatlari, davlat moliyasini
boshqarish va davlat mablag’larining maqsadli ishlatilishi ustidan ta’sirchan
nazorat chora-tadbirlari, O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimi nazoratining
asosiy vazifalari, pensiya tizimida nazoratni samarali tashkil qilish masalalari
ko’rib chiqildi.
Darslikda davlat pensiya tizimida moliyaviy nazoratni tashkil etishning
huquqiy-me’yoriy asoslari, g’aznachilik tizimida nazoratning tashkil etish, pensiya
ta’minotida moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi va pensiya to’lovlarining
amalga
oshirilishini
nazorat
qilish,
Pensiya
jamg’armasi
mablag’larini
shakllantirish va sarflanish hisobini yuritish uchun javobgarlik masalalari
yoritilgan. Shuningdek, O’zbekistonda fuqarolarning pensiya ta’minoti nazoratida
axborot texnologiyalarining qo’llanilishi, pensiya ta’minotida ichki nazorat
guruhlarini shakllantirish mexanizmi, pensiya ta’minoti xavfsizligi va davlat
nazoratini ta’minlash islohotlari ko’rsatilgan. Xorijiy davlatlar pensiya ta’minotida
ijtimoiy risklar va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari, investitsion
jarayonlarda pensiya fondlari mablag’laridan foydalanish istiqbollari, pensiya
ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish
yo’llari yoritildi.
7
Ushbu darslikni tayyorlashda mualliflar “Pensiya ta’minoti nazorati” fani
bo’yicha keng qamrovli va murakkab o’quv materialini engil o’zlashtirishda
talabalarga yordam berish, mamlakatimiz va xorijdagi iqtisodchi-olimlar
tomonidan yaratilgan adabiyotlar va ilmiy ishlarni ijodiy o’rganish asosida oddiy
va tushunarli tilda bu fanning asosiy mazmunini ularga etkazish, pensiya tizimiga
doir tushunchalar va tayanch iboralarning mazmunini tushunib olishda xamda
pensiya ta’minoti nazorati bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda
yaqindan yordam berishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. Darslikda bayon
etilgan o’quv materialini mukammalroq o’zlashtirish maqsadida darslikning har bir
bobidan so’ng mavzuga taalluqli savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar va
testlar keltirilgan bo’lib, ularning muntazam bajarib borilishi pensiya ta’minoti
nazorati haqidagi bilimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mualliflar magistrantlarning 5A231301– “Pensiya ishi” mutaxassis-ligida
o’quv rejasidagi “Pensiya ta’minoti nazorati” fanining namunaviy dasturiga asosan
tayyorlangan ushbu darslikning davlat pensiya ta’minoti tizimi bo’yicha nazariy
bilimlarni egallashlarida, boshqa barcha ta’lim yo’nalishlari talabalariga ham
ishonchli yordamchi bo’ladi. Oliy ta’lim tizimi professor-o’qituvchilarida ma’lum
qiziqish uyg’otadi, deb umid bildiradilar.
Darslik Toshkent Moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi professor-
o’qituvchilari hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining etuk amaliyotchi-mutaxassislarining
ijodiy hamkorligida tayyorlandi. Mualliflar darslikning yaratilishiga hissa qo’shgan
taqrizchilar – Toshkent Moliya Instituti “Pensiya ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Z.A.Abdullaevga, “Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n. I.X.Abduraxmonovga,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi Chilonzor tumani bo’limi boshlig’i, yu.f.n. G.M.Murodovaga o’z
minnatdorchiliklarini bildiradilar. Shuningdek, mazkur darslikning shakli va
mazmunini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul
qiladilar.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |