9
BIRINCHI BO’LIM
I BOB. “PENSIYA TA’MINOTINING NAZORATI” FANINING
MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI
1.1.
“
Pensiya ta’minotining nazorati
”
fanining predmeti va mazmuni
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan «o’zbek modeli»ning besh
tamoyilidan biri – kuchli ijtimoiy himoyadir. Mazkur tamoyilda aholining turmush
darajasini hisobga olgan holda, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda,
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash sohasidagi chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish
lozimligi qayd etilgan. Mazkur tamoyil asosida ijtimoiy siyosat bo’yicha aholini
ijtimoiy himoyalash va kafolatlashning kuchli va ta’sirchan tizimi yaratildi.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning alohida ahamiyatga egaligi faqat
iqtisodiy vaziyatlarga bog’liq emas, balki, o’zbek oilasiga madad berish, xalqning
qadriyatlariga asoslangan holda keksalarga moddiy yordam berish ehtiyoji bilan
bog’liq. Respublikamizda bozor munosabatlari rivojlangani sari iqtisodiy islohotlar
chuqurlashgan sharoitda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy
yo’nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Eng katta e’tibor haqiqatan ham muhtoj
oilalarga yordam berishga qaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimida yolg’iz
qariyalar, pensionerlar va nogironlarning ehtiyojlari va talablariga alohida e’tibor
berildi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim o’zgarishlar, oqilona
ijtimoiy siyosatni olib borish, keksa fuqarolarning har tomonlama qo’llab-
quvvatlash masalalariga e’tibor berilishi ham bejiz emas. O’tgan davr mobaynida
aholining real daromadlari, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va
stipendiyalarining oshirib borilishi ham buning yaqqol dalilidir.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
«..Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish
bilan bog’liq masalalar doim e’tiborimiz markazida bo’ladi...Keksalarni e’zozlash
10
yili» Davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun
barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard so’m va 225 million dollardan
ziyod mablag’ sarflanganining o’zi, o’ylaymanki, bu boradagi ishlarimizning
miqyosi va ko’lamidan yaqqol dalolat beradi»
5
.
Har qanday jamiyatning insonparvarligi qariyalarga munosabatida namoyon
baladi, ularga oqibatli bo’lish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilat. Bu
fazilat milliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Qariyalarga izzat-ikrom ko’rsatish,
ularni qadrlash borasida mahallalar bosh-qosh ekanligi barchamizga ma’lum. Shu
bilan birga etimlar, kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo’qotgan yolg’iz
keksalar,
nogirionlarga
mehr-muruvvat
ko’rsatish
shart.
O’zbekiston
Respublikasining aholini ijtimoy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati aholining
mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, ob’ektiv sabablarga ko’ra mehnat faoliyati
yuritmaydigan fuqarolarni, belgilangan miqdordan kam daromad oladigan
fuqarolarni qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning yaxlit, majmuaviy
tizimini ko’zda tutadi. Bu esa eng muhim ehtiyojlarni ta’minlashda ijtimoiy
ta’minotning pensiya ta’minoti yo’nalishi bilan bog’liq.
Mustaqillik yillarida mamlakatda aholi daromadlarini pasayishi, kam
ta’minlanganlik darajasining o’sishi, aholi tarkibida qariyalar sonining o’sishi bilan
bog’liq bo’lgan o’tish jarayonlari sodir bo’ldi.Ushbu sharoitda aholini muhim
ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash, ijtimoiy jihatdan nochor aholi
qatlamiga tushib qolgan insonlarni himoya qilish, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash
davlat uchun muhim bo’ldi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi ushbu
funktsiyalarni o’z zimmasiga oldi. Jamiyatning har bir a’zosining ehtiyojlarini
qondirishga mo’ljallangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish davlat moliyasi,
byudjet siyosatining o’zagini tashkil etdi.
Pensiya tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi:
–
fuqarolarni keksalik davrida kambag’allikdan himoyalash;
5
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq
so’zi. 2016 yil.
11
–
mehnat faoliyatining tugashi bilan pensiyaga chiqish vaqtida ish haqi
miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan
daromadni ta’minlash;
–
mazkur daromad bilan kelajakda pensionerlarning turmush darajasini
pasayishidan himoyalash.
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, pensiya tizimi nazoratini yo’lga qo’yish
va pensiya fondi mablag’laridan samarali foydalanish ijtimoiy muammolarni hal
qilish va kishilarni keksalikda kambag’allikdan himoyalashda muhim o’rin tutadi.
«Pensiya» (lotin tilidagi «
Do'stlaringiz bilan baham: |