Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 
 



BIRINCHI BO’LIM 
 
I BOB. “PENSIYA TA’MINOTINING NAZORATI” FANINING 
MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI 
1.1.
 

Pensiya ta’minotining nazorati

 fanining predmeti va mazmuni 
 
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan «o’zbek modeli»ning besh 
tamoyilidan biri – kuchli ijtimoiy himoyadir. Mazkur tamoyilda aholining turmush 
darajasini hisobga olgan holda, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda, 
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash sohasidagi chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish 
lozimligi qayd etilgan. Mazkur tamoyil asosida ijtimoiy siyosat bo’yicha aholini 
ijtimoiy himoyalash va kafolatlashning kuchli va ta’sirchan tizimi yaratildi.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning alohida ahamiyatga egaligi faqat 
iqtisodiy vaziyatlarga bog’liq emas, balki, o’zbek oilasiga madad berish, xalqning 
qadriyatlariga asoslangan holda keksalarga moddiy yordam berish ehtiyoji bilan 
bog’liq. Respublikamizda bozor munosabatlari rivojlangani sari iqtisodiy islohotlar 
chuqurlashgan sharoitda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy 
yo’nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Eng katta e’tibor haqiqatan ham muhtoj 
oilalarga yordam berishga qaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimida yolg’iz 
qariyalar, pensionerlar va nogironlarning ehtiyojlari va talablariga alohida e’tibor 
berildi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim o’zgarishlar, oqilona 
ijtimoiy siyosatni olib borish, keksa fuqarolarning har tomonlama qo’llab-
quvvatlash masalalariga e’tibor berilishi ham bejiz emas. O’tgan davr mobaynida 
aholining real daromadlari, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va 
stipendiyalarining oshirib borilishi ham buning yaqqol dalilidir.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 
«..Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish 
bilan bog’liq masalalar doim e’tiborimiz markazida bo’ladi...Keksalarni e’zozlash 


10 
yili» Davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 
barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard so’m va 225 million dollardan 
ziyod mablag’ sarflanganining o’zi, o’ylaymanki, bu boradagi ishlarimizning 
miqyosi va ko’lamidan yaqqol dalolat beradi»
5

Har qanday jamiyatning insonparvarligi qariyalarga munosabatida namoyon 
baladi, ularga oqibatli bo’lish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilat. Bu 
fazilat milliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Qariyalarga izzat-ikrom ko’rsatish, 
ularni qadrlash borasida mahallalar bosh-qosh ekanligi barchamizga ma’lum. Shu 
bilan birga etimlar, kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo’qotgan yolg’iz 
keksalar, 
nogirionlarga 
mehr-muruvvat 
ko’rsatish 
shart. 
O’zbekiston 
Respublikasining aholini ijtimoy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati aholining 
mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, ob’ektiv sabablarga ko’ra mehnat faoliyati 
yuritmaydigan fuqarolarni, belgilangan miqdordan kam daromad oladigan 
fuqarolarni qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning yaxlit, majmuaviy 
tizimini ko’zda tutadi. Bu esa eng muhim ehtiyojlarni ta’minlashda ijtimoiy 
ta’minotning pensiya ta’minoti yo’nalishi bilan bog’liq. 
Mustaqillik yillarida mamlakatda aholi daromadlarini pasayishi, kam 
ta’minlanganlik darajasining o’sishi, aholi tarkibida qariyalar sonining o’sishi bilan 
bog’liq bo’lgan o’tish jarayonlari sodir bo’ldi.Ushbu sharoitda aholini muhim 
ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash, ijtimoiy jihatdan nochor aholi 
qatlamiga tushib qolgan insonlarni himoya qilish, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash 
davlat uchun muhim bo’ldi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi ushbu 
funktsiyalarni o’z zimmasiga oldi. Jamiyatning har bir a’zosining ehtiyojlarini 
qondirishga mo’ljallangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish davlat moliyasi, 
byudjet siyosatining o’zagini tashkil etdi.
Pensiya tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi: 

fuqarolarni keksalik davrida kambag’allikdan himoyalash; 
5
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 


11 

mehnat faoliyatining tugashi bilan pensiyaga chiqish vaqtida ish haqi 
miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan 
daromadni ta’minlash; 

mazkur daromad bilan kelajakda pensionerlarning turmush darajasini 
pasayishidan himoyalash. 
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, pensiya tizimi nazoratini yo’lga qo’yish 
va pensiya fondi mablag’laridan samarali foydalanish ijtimoiy muammolarni hal 
qilish va kishilarni keksalikda kambag’allikdan himoyalashda muhim o’rin tutadi.
«Pensiya» (lotin tilidagi «

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish