1.3.
«
Pensiya ta’minotining nazorati
»
fanining iqtisodiy fanlar tarkibida
tutgan o’rni
«Pensiya ta’minotining nazorati» fani «Sug’urta nazariyasi» va «Ijtimoiy
sug’urta» fani bilan uzviy bog’liq. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy sug’urtaning
o’rni va roli sezilarli darajada oshdi. Bunga aholining majburiy ijtimoiy
sug’urtlanganlik darajasining oshishi, ijtimoiy sug’urta dasturlarining kengayishi,
to’lanadigan pensiyalar, nafaqalar hajmini hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar
sifatining
o’sishi, ularni moliyalashtirish mexanizmi va aholi real
daromadlarining oshishi sabab bo’ladi.
Ijtimoiy sug’urta tizimi ikki qismdan iborat:
birinchisi, fuqarolarning sog’lomlashtirish va qayta tayyorlash tadbirlarini
o’tkazgan holda mehnat qobiliyatini qayta tiklash va uni saqlashni
ta’minlash;
ikkinchisi, mehnat qobiliyatini yo’qotganda yoki unga umuman ega
15
bo’lmaganlarga moddiy ta’minotini kafolatlash.
Ijtimoiy sug’urtaning eng muhim iqtisodiy vazifasi shundaki, u mehnat
resurslarini takror ishlab chiqarish uchun zarur sharoitni yaratadi, shu bilan birga
ijtimoiy sohada davlat siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta
tizimi jamiyatda ijtimoiy himoyalanganlik, haqqoniylikni ta’minlash, nazorat
qilish, siyosiy birdamlikni yaratish va uni saqlab qolishning dastlabki shartlaridan
biri hisoblanadi.
Ijtimoiy sug’urta fuqarolarning qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat
qobiliyatining to’liq yoki qisman yo’qotishi, boquvchisini yo’qotish, ishsizlik kabi
holatlarda moddiy ta’minot olishga konstitutsion huquqi borligini ko’rsatadi.
To’lanadigan mablag’lar miqdori mehnat staji, oylik ish haqi, mehnat qobiliyatini
yo’qotganlik darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi va amaldagi qonunchilikka
asoslanadi.
Majburiy ijtimoiy sug’urta mablag’laridan pul to’lovlari ijtimoiy xizmatlarni
moliyalashtirish ko’rinishida ishlatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda resurslar hajmi
jihatidan birinchi o’rinda pul to’lovlari turadi. Ular pensiya, nafaqalar,
kompensatsiyalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Majburiy ijtimoiy sug’urta
fuqarolarning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, daromadidan qat’iy nazar ijtimoiy
sug’urta kafolatlarini (pensiya, nafaqa) ma’lum miqdorini olishni ta’minlashga
qaratiladi. Majburiy ijtimoiy sug’urtaga mehnat qiluvchi va uning oilalarini
qarilikda, kasallik hollarida, ish qobiliyatini yo’qotganda, onalik va bolalikni
muxofaza qilishda moddiy ta’minlovchi davlat kafolat tizimi sifatida qaraladi.
Majburiy ijtimoiy sug’urta mablag’lari korxonalar, tashkilotlar, muassasalar
xodimlari va ishchilarning maqsadli mablag’lari, yakka tadbirkorlarning badallari
hamda byudjet mablag’lari hisobidan shakllantiriladi.
«Ijtimoiy himoya» atamasi birinchi marta 1935 yilda AQShning «Ijtimoiy
pensiya sug’urtasi to’g’risida»gi Qonunida ishlatildi. Bu qonun keksalik, o’lim,
nogironlik va ishsizlikdan majburiy sug’urtalash instituti faoliyatining huquqiy
asoslarini belgilab berdi, mazkur qonun mamlakat uchun yangilik bo’ldi. Bu atama
tez orada dunyoning ko’pgina mamlakatlarida va XMTda keng qo’llanila
16
boshlandi, chunki qonun keksalar hamda mehnatga qobiliyatsizlarga yordam
berish milliy dasturlari va tizimini tashkil etish muammosining mohiyatini sodda
va tushunarli tarzda ifodaladi.
Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti, Xalqaro ijtimoiy
ta’minot Assotsiatsiyasining ijtimoiy sug’urtalash va ijtimoiy yordam,
ishlayotganlarga mehnatga qobiliyatsizlik hollarida eng kam daromadlarni
kafolatlash bo’yicha, shuningdek, mehnat sharoitlari va uni muhofazalash, ish haqi
sohasidagi konventsiyalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda qabul qilishda
«Ijtimoiy himoya» tushunchaning doirasi ancha kengaytirildi. Xalqaro Mehnat
tashkilotining bu sohadagi «Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to’g’risida»
102-sonli Konventsiyasi (1952); «Ijtimoiy ta’minot sohasidagi teng huquqlilik
to’g’risida» 118-sonli Konventsiya (1962); «Keksa mehnatkashlar to’g’risida»
162-sonli Konventsiya (1980); «Ijtimoiy ta’minot sohasida huquqlarni saqlash
to’g’risida» 157-sonli Konventsiya (1982) va boshqa xalqaro hujjatlar qabul
qilindi.
Davlat ijtimoiy sug’urta orqali quyidagi vazifalarni bajaradi:
ishga layoqatsiz va mehnat jarayonida ishtirok etmaydigan shaxslarning
xarajatlarini qoplashga qaratilgan pul fondlarini shakllantirish va nazorat
qilish;
mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning tuzilma va zarur miqdorini
ta’minlash;
jamiyatning ishlovchi va ishsiz a’zolarini moddiy ta’minlashdagi uzilishlarni
kamaytirish;
aholining mehnat jarayonida jalb etilmagan guruhlarining yashash darajasini
ko’tarishga erishish.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug’urta mulkchilikning barcha shakllarini,
korxonalar,
tashkilotlar,
fuqarolar
daromadlari
va
ijtimoiy
manfaatlari
himoyasining asosiy vositasiga aylandi. Ijtimoiy sug’urtaning muhim jihati
shundaki, u ish beruvchi va ishchilarning maqsadli badallari asosida shakllangan
maxsus byudjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug’urta
17
fondlarining muhim xarakteri hamda ish beruvchi va ishchilarning birdamlik
qoidasi ularni boshqarishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Bu fondlar
o’zini-o’zi boshqarish va notijorat xo’jalik yuritish qoidasi asosida ishlaydi.
Sug’urta – bu uning qatnashchilari o’rtasida ko’rilishi mumkin bo’lgan
zararlarni qoplashga mo’ljallangan maqsadli sug’urta fondlarini badallar hisobidan
shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig’indisidir.
Sug’urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funktsiyalari mos keladi, ular sug’urtani
moliya tizimining bir bo’g’ini sifatida uning xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Sug’urtaning to’rtta funktsiyasiga urg’u beriladi: jamg’arish, tavakkalchilik, oldini
olish, nazorat.
Asosiy funktsiya tavakkalchilik funktsiyasi hisoblanadi, chunki sug’urtaviy
tavakkal zarar ehtimolligi sifatida talofat ko’rgan xo’jaliklarga pullik yordam
ko’rsatish bo’yicha sug’urtaning asosiy yqnalishi bilan bevosita bog’liq. Aynan
tavakkalchilik funktsiyasining amal qilish doirasida sug’urta ishtirokchilari
o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan sug’urta hodisalari oqibatlari bilan bog’liq pul
shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro’y beradi. Oldini olish funktsiyasi
sug’urta fondi mablag’larining bir qismi hisobidan sug’urta tavakkalchiligini
kamaytirish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.. Hayot
sug’urtasida sug’urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum
muddatgacha sug’urtalash shartnomalari bo’yicha mablag’larni jamg’aradi. Hayot
sug’urtasi orqali pul mablag’larini jamg’arish oilaviy sharoitda sug’urtaviy
himoyaga bo’lgan ehtiyoj bilan bog’liq. Shu bilan sug’urta jamg’arish
funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Sug’urtaning nazorat funktsiyasi sug’urta
jamg’armasini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag’laridan to’g’ri
foydalanilishidan iborat.
«Pensiya ta’minotining nazorati» fani «Moliyaviy nazorat» fani bilan uzviy
bog’liq. Nazorat – boshqaruv organlarining ayrim boshqaruv sohalarida davlat
tomonidan belgilangan qoidalarga xo’jalik sub’ektlari, mansabdor shaxslar rioya
etishini nazorat qilishdan iborat bo’lgan faoliyatdir. Moliyaviy nazoratning yuzaga
kelishi va rivojlanishi davlat moliya tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan
18
shart qilib qo’yildi. Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog’liq
bo’lgan masalalar xarakatini va muomalasini majmui bo’lib, xo’jalik sub’ektlari
faoliyatini va boshqarishni o’ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil
etishdir.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining
zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish yuzasidan davlat
nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning maqsadi
– tuzatish choralarini ko’rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va byudjet intizomi
buzishlarning oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy
nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy
nazoratning ob’ekti bo’lib, boshqarishni barcha darajalarida moliyaviy
resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga
chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati, avvalo, davlat moliyaviy
resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish, davlat mulkidan oqilona
foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo’lgan
umumiy nazorat tizimidagi muhim o’rni va ahamiyati shundaki, birinchidan,
moliya o’zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob’ektiv tarzda nazorat funktsiyasini
bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib
boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo’jalik yuritishning
barcha turlari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan,
moliyaviy nazorat barcha sohalarda universal vosita sifatida amal qiladi. Moliyaviy
nazorat ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish samaradorligini oshirishga, xo’jalik
yuritishning yuqori natijalariga erishishga, Davlat byudjeti, davlat maqsadli
jamg’armalari daromadining oshishiga hamda davlat maqsadli jamg’armalari
mablag’laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishiga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |