Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

2.2.-jadval 
Tekshiruvlarning turlari
 10
 
 
 
Tekshiruvlarning turlari 
 
Kisqa muddatli 
tekshiruv
Nazorat organlari tomonidan bir ish kuni davomida 
o’tkazilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tekshiruv 
Kompleks 
tekshiruv
Bir bir vaqtda ikki yoki bir necha nazorat organlari 
tomonidan o’tkaziladigan tekshiruv 
Rejadan 
tashqari 
Nazorat organlari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan 
hollarda yillik (choraklik) rejaga kiritilmagan ravishda 
10
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish 
to’g’risida» qonuni. 1999 yil 24 dekabr. 


31 
tekshiruv 
o’tkaziladigan tekshiruv (jumladan qisqa muddatli 
tekshiruv) 
 
Qarshi 
tekshiruv

Turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yoki bir xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning turli bo’linmalarida bo’lib, yagona 
operatsiya bilan bog’liq bo’lgan 
hujjatlarni o’zaro 
solishtirishdan iborat bo’lgan tekshiruv. 
Barcha turdagi tekshiruvlarni moliyaviy nazoratning samarali usullari sifatida tan 
olinib, ularning ijobiy tomonlarini kamaytirmagan holda, shuni qayd etish zarurki, 
taftish alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy nazoratning mazkur usuli o’zining 
maqsadi va ob’ektlari nuqtai nazaridan ham, moliya intizomini samarali ta’minlay 
olishi jihatidan ham eng muhim nazorat bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda 
taftishning huquqiy maqomi mustahkamlab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, taftish-xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning moliya, byudjet va soliq masalalari bo’yicha 
qonunchilikka rioya etishlari, soliq organlari, davlat statistika organlari va 
banklarga taqdim etiladigan hisob yuritish va hisobotlari to’g’riligini nazorat etish 
maqsadida ularning buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirishdan 
iborat. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyati yuzasidan tekshirish o’tkazishga ruxsat berilganligi 
to’g’risidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma va ushbu Qonunda nazarda 
tutilgan asoslar mavjud bo’lgani taqdirda yo’l qo’yiladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi
 11


tekshirish, shu jumladan taftish, nazorat tartibida tekshirish; 
11
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish 
to’g’risida» qonuni. 1999 yil 24 dekabr. 4-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O’zbekiston 
Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi O’RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 1-son. 1-modda. 


32 

statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish; 

idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa 
axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora 
qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taftishlarning maqsad va 
vazifalari, taftishni tashkil etish va o’tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish 
hamda aniqlangan moliya intizomini buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish 
bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish tartibini belgilaydi. Taftishning asosiy 
vazifalari tekshiruv ob’ektiga qarab farqlanadi. Tergovga qadar tekshirishlar 
chog’ida va qo’zg’atilgan jinoyat ishlari bo’yicha moliya-xo’jalik faoliyati 
tekshiruvlarini o’tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. Qisqa muddatli tekshirish - nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik 
shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risidagi murojaatlari asosida 
amalga oshiradigan tekshirishdir. Tekshirishlarni qayd etish daftari - o’tkazilgan 
tekshirishlar to’g’risidagi axborot yozib qo’yiladigan maxsus daftar tuziladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishni o’tkazish muddatlari o’ttiz 
kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning 
qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin. 
Bizning mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan 
islohotlar tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish mazmunini tubdan 
o’zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga pritsipial jihatdan yangi 
vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalar shu bilan belgilanadiki, «bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o’tish bozorning tarmoqlangan infratuzilmasini tashkil etishni 
talab qiladi»
12
, ularsiz bozor mexanizmlari to’liq darajada ishlay olmaydi. Bunday 
infratuzilmalar qatoriga bank, kredit va soliq tizimi, qimmatli qog’ozlar va fond 
birjasi, g’aznachilik, sug’urta va auditorlik xizmatlari kiradi. Moliyaviy xo’jalik 
nazorati xo’jalik faoliyatini nazorat etishning boshqa turlarini ham amalga oshirish 
12 Karimov I. A. O’zbekiston - o’z yangilanish va taraqqiyot yo’li. - T.: O’zbekiston. 1992. –B.-52. 


33 
zaruratini inkor etmaydi. Ma’muriy nazorat - puxta o’ylangan tashkiliy 
tuzilmasining tasniflangan va aniq taqsimlangan vakolat va majburiyatlari, qaror 
qabul qilish va ular bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining birligidir.
Moliyaviy nazorat O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, O’zbekiston 
Respublikasining Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, 
"O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida"gi, "Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida"gi, "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi, «Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda 
moliya, bank, soliq, pensiya, g’aznachilik va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi 
boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqildi.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga 
asossiz ravishda aralashuvga yo’l qo’ymaslik maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar 
faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni bilan 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi 
tuzildi. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning 
faoliyatiga asossiz aralashishga yo’l qo’ymaslik maqsadida Nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tarkibi belgilandi. 
«Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat nazorat etish sohasidagi markaziy 
muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatini tekshirish bo’yicha davlat nazoratini amalga oshirishga 
vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi»
13
.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi 
tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Kengash o’z 
faoliyatini “Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish 
kengashi to’g’risida”gi nizomga asosan amalga oshiradi. Kengash nazorat 
13
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida»gi 1503-son Farmoni. 1996 yil. 8 avgust. 


34 
organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya 
etishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning nazorat organlarining noqonuniy 
harakatlari ustidan tushgan arizalarini o’z vaqtida ko’rib chiqishi, ular yuzasidan 
qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari to’g’risida 
hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart. Mulkchilik shakllaridan 
qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini qonunchilikda 
belgilangan huquqlarga muvofiq amalga oshiriladigan tekshirishlarning hammasi 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi 
bilan kelishilgan holdagina o’tkaziladi. 
Respublika kengashi bilan kelishilmagan holda tekshirishlarni amalga oshiruvchi 
markazdagi va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortiladilar. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi 
Respublika 
Kengashi 
reja 
asosida 
o’tkaziladigan 
tekshirishlarning yillik, yarim yillik hamda har bir chorakka mo’ljallangan 
jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Kompleks tekshirishlarni o’tkazish 
amaliyotga joriy etadi, bunda bir korxonadagi tekshirish barcha vakolatli 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, shuning hisobiga o’tkaziladigan 
tekshirishlar soni va masalalarni takrorlash keskin kamaytiriladi.O’zbekiston 
Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi 
bundan mustasno) kontsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish 
xizmatlarini tugatadilar va o’z tarkibidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini 
tahlil etishning auditorlik shakllarini qo’llaydilar. 
«Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan korxonalarning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish va taftish o’tkazish, davlat xizmatlari 
ko’rsatish tartibini buzish holatlari uchun ma’muriy javobgarlik choralari 
kuchaytirildi.
Bunday choralar xo’jalik sub’ektlari faoliyatini va ularning bank hisob raqamlari 
bo’yicha operatsiyalarini noqonuniy to’xtatish, ularning hisob raqamlarida mablag’ 
borligi to’g’risidagi ma’lumotni asossiz talab qilish, tadbirkorlarni mablag’ ajratish 


35 
bilan bog’liq xayriya ishlari va boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilish kabi holatlar 
uchun ham taalluqlidir»
14
.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish