Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

to’rtinchidan
, mazkur sohaning moliyaviy ichki zahiralarini aniqlash; 
beshinchidan
, moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va 
ogohlantirish. 
Moliyaviy nazoratning asosiy vazifalaridan biri - moliyaviy resurslarning 
ahvolini nazorat qilishdan iborat. Ushbu nazorat davlat byudjeti oldidagi 
majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul jamg’armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning 
to’g’ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi

Moliyaviy nazorat 
mablag’lar holati ustidan olib boriladigan nazorat yoki byudjetni to’ldirish, 


25 
markazlashgan pul jamg’armalaridan foydalanish operatsiyalari yuzasidan olib 
boriladigan nazorat va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Moliyaviy 
nazoratning mohiyati uning vazifasida o’z ifodasini topadi.
Moliyaviy nazorat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 

moliyaviy faoliyat jarayonida qonunchilikka rioya qilishni ta’minlash; 

moliyaviy resurslarning ahvolini nazorat kilish; 

korxona, muassasa, jamg’arma va tashkilotlardagi moliyaviy operatsiyalar 
qonun asosida olib borilishi bilan birga, mablag’lardan samarali va maqsadga 
muvofiq ravishda foydalanishni ta’min etishdan iborat.
Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda moliyaviy nazoratga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin. Moliyaviy nazorat - bu pul mablag’larini 
yig’ish, sarflash va undan foydalanish jarayonida olib boriladigan hamda 
qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan davlat nazoratining bir turidir.
Mamlakatimizda davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan 
o’zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etildi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat 
yuritishini engillashtirish bilan bog’liq 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, yangi tartib bo’yicha, agar shaxs 
soliq yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bosh tortish bilan bog’liq 
jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo’lsa va huquqbuzarlik aniqlanganidan so’ng 
30 kun ichida davlatga etkazilgan zararni to’liq qoplasa, unga nisbatan jinoiy ish 
qo’zg’atilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi. «…Endi mikrofirmalar, kichik 
korxona va fermer xo’jaliklari faoliyati to’rt yilda bir marta, boshqa xo’jalik 
sub’ektlari faoliyati esa uch yilda bir marta rejali tartibda tekshiriladi va bunday 
tekshiruvlar faqat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha 
respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu borada moliyaviy-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni amalga oshirish 


26 
muddati 30 kalendar kunidan 10 kalendar kuniga qadar qisqartirildi. Shuni qayd 
etish kerakki, bu normalar xususiy bank va moliya institutlariga ham tegishlidir»
9

Moliyaviy nazorat vazifalarini amalga oshirish natijasida moliyaviy faoliyatda 
qonuniylik tamoyili tomonlaridan birini ifodalaydigan moliya intizomi 
mustahkamlanadi. Moliya intizomi deganda, davlat va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish 
vaqtida belgilangan ko’rsatmalar va tartibga qat’iy rioya etilishi tushuniladi. 
Moliya intizomi talablari yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari 
uchun amal qiladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat davlat manfaatlarini 
ta’minlaydi va aniq jismoniy shaxslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq 
va manfaatlariga himoya qiladi. Moliyaviy nazorat instituti davlat nazorat 
organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy 
mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir 
sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob’ekti bo’lib 
boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va 
ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat 
moliyaviy nazorati, avvalo, davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va 
samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi. Nazorat 
tamoyillari nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan 
o’tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo’lib, ularga amal qilish nazoratning 
samaradorligini ta’minlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning 
umumiy tartibini maqsadga yo’naltirilganligini belgilab beradi. Ko’p yillik tajriba 
asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari 
ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir tsivilizatsiyalashgan davlatlarda amal qilinadi. Bu 
9
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 


27 
tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, ob’ektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab 
qiladi. 
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim tamoyillaridan biri bo’lib, 
birinchidan, davlat va mahalliy moliyaviy, moddiy resurslardan foydalanishdagi 
qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun 
asosida belgilangan vakolatlar doirasida tashkil etilishi kerak. 
Dahlsizlik – nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. 
Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta’minlovchi omil bo’lib 
nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini 
ko’zda tutadi. 
Ob’ektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi 
qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada 
bo’lishini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazorat organlarining jamoatchilik ommaviy axborot 
vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat 
organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining 
manfaatlari uchun ish yuritadilar. 
Quyidagi jadvalda moliyaviy nazoratning muddati bo’yicha turlanishi berilgan. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish