Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


 Davlat moliyaviy nazoratida pensiya tizimi nazoratning



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

2.2. Davlat moliyaviy nazoratida pensiya tizimi nazoratning
tutgan o’rni va xususiyatlari 
Moliya tizimi murakkab tizim sifatida iqtisodiyotning barcha elementlari 
orasidagi shakllangan va o’zgarib boradigan proportsiyalar va o’zaro nisbatlar 
tarkibiy o’zgarishlarni tavsiflaydi. Milliy xo’jalikning maqbul tarkibi, alohida 
turdagi ishlab chiqarishlarning rivojlanganligi va balanslashganligi, ularning o’zaro 
mutanosibligi har qanday davlat rivojlanishining pirovard maqsadi – aholi turmush 
farovonligining oshishiga xizmat qiladi. 
Moliyaviy nazorat davlat nazoratining tarkibiy qismi bo’lib, moliyaviy nazorat 
moliyaning maxsus funktsiyasi hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning maqsadi 
moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo’yicha qabul 
qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlashdir. Bunday holatlar mavjud 
bo’lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni o’z 
vaqtida qabul qilishdan iborat. Moliyaviy nazorat ijtimoiy ishlab chiqarishning 
barcha sohalarida mavjud bo’lgan holda, pul jamg’armalari harakatining butun 
jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy nazorat moliyaviy-xo’jalik yuritish 
mexanizmining ob’ektiv ravishda zaruriy bo’lgan tarkibiy qismidir, deb aytish 
mumkin. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning 
asosiy printsiplari kuyidagilardan iborat
15


nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik; 
14
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 
15
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish 
to’g’risida» qonuni. 1999 yil 24 dekabr. 5-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 7 oktyabrdagi O’RQ-355-
sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT. 2013 y. 41-son. 543-modda. 


36 

yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga aralashmaslik. 

tadbirkorlik sub’ekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun 
hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq holda yuzaga 
keladigan barcha bartaraf etib bo’lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar 
tadbirkorlik sub’ektining foydasiga talqin etiladi. 
Davlat makroiqtisodiyotdagi real aylanishda o’z tovar va xizmatlari bilan ishtirok 
etsa, moliyaviy aylanishda byudjetdagi puli bilan ishtirok etadi. Moliyaviy nazorat-
moliyaning nazorat funktsiyasini hayotga tadbiq etish ko’rinishida namoyon 
bo’ladi, moliya siyosati moliyaviy nazoratning mazmuni va yo’nalishini belgilab 
beradi. Moliviy nazoratning yo’nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va 
munosabatlarining o’zgarishidan kelib chiqqan holda takomillashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ilgari surilgan 
bozor munosabatlariga o’tishning besh asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh 
islohotchi ekanligi tamoyilidir. Ushbu tamoyilga ko’ra, davlat mamlakatda bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish uchun moliya tizimini rivojlantirishning zarur barcha 
shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitlarida davlat va 
xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek 
davlat korxonalari, muassasalari va byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli 
jamg’armalari, 
byudjetdan 
tashqari 
fondlar 
faoliyatida 
qonuniylikni 
mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini 
yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 4 iyulda “Davlat va 
xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini 
yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ 
tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qarorlarning xo’jalik yurituvchi 


37 
sub’ektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun 
majburiy hisoblanadi. Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.Xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan kompleks tekshiruvlar hamda 
taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yo’l 
qo’ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqadi. Nazorat qiluvchi 
organlarning tekshiruvlar o’tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya 
qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli 
organning qarorisiz o’tkazilishiga yo’l qo’ymaydi. 
Quyidagilar korxona (tashkilot, muassasa, jamg’arma) yuridik xizmatining 
asosiy vazifalari hisoblanadi
16

a)
korxona va uning tarkibiy bo’linmalari, ularning mansabdor shaxslari 
faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish; 
b)
korxona va uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini 
oshirishda qatnashish; 
c)
korxona va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy 
vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish; 
d)
korxonada shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda 
qatnashish; 
e)
sudlarda va boshqa idoralarda korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini 
huquqiy himoya qilish. 
Moliyaviy nazorat o’zaro hamkorlikdagi ikki sohaga bo’linadi: davlat 
moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorat
17
.
Davlat moliyaviy nazorati – davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari huquqiy-iqtisodiy faoliyatining kompleks va 
maqsadli yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi aniqlovchi 
rolni mamlakatning konstitutsiyasi o’ynaydi. Moliyaviy nazoratning huquqiy 
16
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 4 iyuldagi ““Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy 
ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 2007 yil. 24 avgust.
17
Bryummerxoff D. Teoriya gosudarstvennix finansov. Uchebnik. –M.: PIONER-PRESS ARV. 2002. –S.48.


38 
reglamenti davlat tuzilishi, davlatning ijtimoiy-siyosiy usqurtmasi, iqtisodiy 
rivojlanish darajasi va mulk munosabatlariga bog’liq. 
Davlat moliyaviy nazorati – davlat moliya siyosatini amalga oshirish, 
moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar tashkil etish uchun mo’ljallangan. 
Barcha mamlakatlarda davlat qurilishining o’ziga xosligiga qarab, moliyaviy 
nazorat tizimi o’z tarkibiy tuzilishiga ega. Shunga qaramasdan, chet davlatlarda 
nazorat-taftish tarmog’ining tashkil etilishi va ish-faoliyati u yoki bu jihatdan ko’p 
yillik xalqaro tajribada ifodalangan umumiy tamoyillarga asoslanadi. Masalan, har 
qanday yirik dasturni amalga oshirish, albatta, moliyaviy nazorat tizimini o’z 
ichiga qamrab oladi. Moliyaviy nazorat turli usullar vositasida amalga oshiriladi, u 
yoki bu usulni qo’llash bir qancha omillarga bog’liq. Bularga moliyaviy nazoratni 
amalga oshiruvchi organlarning huquqiy vakolatlari, nazorat ob’ektlari va 
maqsadlari, nazorat huquqiy munosabatlarining yuzaga kelish asoslari va 
boshqalarni kiritish mumkin. Moliyaviy nazorat turlarini quyidagicha guruhlash 
mumkin. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish