Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimi nazoratini shakllantirishning



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

2.4.O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimi nazoratini shakllantirishning 
o’ziga xos xususiyatlari va asosiy vazifalari 


45 
 
Har bir mamlakatda davlat alohida sub’ekt bo’lishi bilan birga jamiyatni 
boshqaruvchi asosiy o’zak hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shuni 
unutmaslik zarurki, davlat daromadlarini doimo ko’paytirish bilan bir katorda 
xarajatlar samaradorligini oshirib borish zarur. Moliyaviy nazoratni davr talabiga 
mos ravishda tashkil etish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish 
mumkin. Xarajatlar samaradorligini yaxshi va to’liq yo’lga qo’yishda moliyaviy 
nazoratni odilona va oqilona tashkil etish lozim. Moliyaviy nazoratdan eng ko’p 
samara uning barcha shakllarini o’zaro harakatida erishilishi mumkin. Ayniqsa, bu 
byudjet mablag’larini talon-taroj qilishga qarshi kurashda zarur. Sodir bo’layotgan 
o’g’irliklarning oldini olish, bunday holatlarning sabablarini aniqlash, kelgusida 
ularga yo’l qo’yilmasligi uchun o’zaro bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar tizimini o’z 
ichiga qamrab olishi kerak. 
Iqtisodiyotni turli tarmoqlari bilan byudjetning ko’pqirrali aloqalarini byudjet 
ko’rsatkichlarining aniq manzilli xarakteri ifodalaydi. Byudjet mablag’larini 
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida to’g’ri ishlatilishini nazorat qilishga asos 
yaratadi. Byudjetni daromadlar va xarajatlar ko’rsatkichlari tizimi orqali nazorat 
qilinadi. Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgach, eng avvalo, erkin bozor 
iktisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, jahondagi rivojlangan davlatlar 
tajribasini o’rganib bozor infrastrukturasini yaratish yo’lida muhim strategik 
maqsadlar ishlab chiqildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida va bozor 
munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati 
pasaymasdan, balki, oshib boradi. Bu sharoitda moliyaning o’zi kabi moliyaviy 
nazoratning ham maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o’zgaradi. Endi u fakatgina 
jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun 
zarur bo’lgan mablag’larni to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan maqsadga 
muvofiq, samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish 
kabi vazifalarni bajaradi.
Pensiya ta’minoti moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashning yirik oqimi bo’lib, 
iqtisodiyotda mahsulotlar, resurslar va daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy 


46 
aylanishiga, aholining iqtisodiy faolligini rag’batlantirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
Pensiya tizimi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uzviy bog’liq bo’lib, to’g’ri 
tashkil etilgan pensiya tizimi iqtisodiyotni investitsiyalashning moliyaviy manbasi 
bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’rta istiqbolda pensiya tizimi samaradorligini 
oshirish mezonlari
aksariyat band aholini pensiya tizimi bilan qamrab olish, pensionerlarga pensiyaga 
chiqqunga qadar bo’lgan davrdagi turmush darajasi bilan qiyosiy taqqoslanadigan 
munosib turmush farovonligi va sifatini ta’minlaydigan moliyaviy barqarorlikdan 
iborat bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimidagi islohotlarni olib borishda bu 
boradagi xorijiy tajribani har tomonlama o’rganish, jahon mamlakatlarida 
aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolarga 
munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga 
mos bo’lgan, fuqarolarning o’z farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyatini 
oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va 
uning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari islohotlarning 
diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida turibdi.
Xorijiy mamlakatlarda jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi 
bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar 
oqibatidagi ishsizlar, kambag’allar, shuningdek, inflatsiyaning yuqori sur’atlaridan 
moddiy ahvollari og’irlashganlar kiradi. Bunday toifadagi fuqarolarni ijtimoiy 
jihatdan qo’llab-quvvatlash jamiyat miqyosida muayyan moliyaviy resurslarni 
jamlash va ijtimoiy ta’minot maqsadlariga safarbar qilishni talab etadi. Bu 
maqsadlardagi moliyaviy resurslar nazorati kuchaytiriladi. Frantsiyada pensiya 
ta’minoti taqsimlash xarakteriga ega. Pensiyalar to’lanishi kasaba tashkilotlari yoki 
ishchilar uyushmalari hamda ish beruvchilar tomonidan davlat boshchiligida 
nazorat qilinadi. Pensiya ajratmalari majburiy hisoblanib, ishchi-hizmatchilar va 
ish beruvchilar o’rtasida taqsimlanadi. 
Milliy pensiya tizimi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi o’ziga xos 
xususiyatlarni hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab 


47 
chiqarishning qisqarishi, aholi turmush darajasining pasayishi, ijtimoiy himoyaga 
muhtoj fuqarolar sonining ortishi va boshqa qator holatlar fuqarolarning pensiya 
ta’minoti tizimini yaratish va pensiya miqdorini doimiy ravishda qayta ko’rib 
borish zarurligini taqozo etadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish pensiya 
ta’minotini bozor munosabatlari talablariga moslashtirishga qaratilgan. Bu talablar 
birinchi navbatda pensiyalarni tayinlashda mehnat staji davomiyligining 
ahamiyatini yanada oshirishni nazarda tutadi. Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va 
uning monitoringini samarali tashkil etish zarur. Hozirgi iqtisodiy sharoitda 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri pensiya 
ta’minoti tizimini isloh qilish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash 
hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning maqsadi-tekshirilayotgan ob’ektdan amaldagi moliyaviy 
qonunchilik 
talablariga 
qay 
darajada 
rioya 
etilayotganligini 
aniqlash, 
qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda uni bartaraf qilish choralarini ko’rish, 
aybdor shaxslarni va ularning javobgarligi masalalarini hal etish, kelgusida 
shunday qonunbuzarliklar yuz berishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida salbiy shart-
sharoitlarga barham berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi
 
idoraviy jihatdan O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga qarashli hamda o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining birinchi o’rinbosari - Moliya vaziriga, Jamg’armaning Kuzatuv kengashi 
raisiga hisob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy 
sug’urtaga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish; 

maxsus, maqsadli, hisobraqamlarida davlat ijtimoiy sug’urtasiga majburiy 
badallar va ajratmalarni jamlash; 

qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, 


48 
ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar to’lashga xarajatlarni mablag’ bilan 
ta’minlash. 
Pensiya jamg’armasi
 
ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, 
tuman (shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, 
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika byudjeti mablag’lari 
hisobiga amalga oshiriladi. Jamg’armaning daromadlari bo’yicha, Jamg’arma 
mablag’lari bo’yicha majburiy to’lovlar, badallardan mablag’larni hamda boshqa 
to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligidagi 
Yagona g’azna hisobvarag’iga jamlaydi. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya va boshqa to’lovlarga xarajatlarni moliyalashtirishni ta’minlaydi. 
Badallar va boshqa to’lovlar tushishi hisobini olib boradi, shuningdek yuridik 
shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning hamda 
dehqon xo’jaliklari a’zolarining mehnat daftarchalarini belgilangan tartibda 
yuritadi va saqlaydi. Hozirgi kunda milliy pensiya tizimini moliyaviy 
mustahkamlash uchun zahira fondi mavjud. Zahira fondi kamida ikki-uch oylik 
pensiyalar summasi hamda ijtimoiy nafaqa to’lovlari miqdorining ta’minlashga 
etadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish