Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


 Pensiya ta’minoti tizimini tartibga solishning xorij tajribalari



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

11.3. Pensiya ta’minoti tizimini tartibga solishning xorij tajribalari
 
Davlat o’zining iqtisodiyotga aralashuvidan iborat faoliyati orqali muvozanatlarni 
tiklashda qatnashadi. Ijtimoiy siyosat orqali aholini ijtimoiy himoyalaydi, bu bilan 
iqtisodiyotni tartiblash va iqtisodiy o’sishga yordam beradi. Davlat rahbarlari 


433 
taniqli iqtisodchi olim J.M.Keynsning davlat moliyasini iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishning muhim quroli deb hisobladilar. 
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funktsional printsipdan foydalanish 
mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati 
bilan o’zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funktsiyalarini 
namoyish qilishi mumkin. Bu holatning o’zi tizimlashtirilgan ko’rinishda 
yo’nalishlarining ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish 
jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning 
ijtimoiy funktsiyalarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aholi kam 
ta’minlangan qatlamlarining malaka, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal 
pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarini yaratadi. Ehtiyojmandlar, 
ayniqsa, keksalar va nogironlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash xalqimizga 
xos fazilatdir.
Pensiya tizimining samaradorligi makrodarajada tizimli amal qilishining ijtimoiy-
iqtisodiy maqsadga muvofiqligini va inson omilini takror ishlab chiqarish 
jarayonining davlat tomonidan tartibga solinish darajasini aks ettiradi. Pensiya 
ta’minotidagi institutsional o’zgarishlar samarasi, avvalo, ularning qanday ijtimoiy 
institutlar va mexanizmlarga tayanishi, qanday ijtimoiy dasturlar va indikatordan 
foydalanilishiga hamda tartibga solinish xususiyatlariga bog’liq. 
Pensiya tizimlarini tartibga solish bo’yicha turli yondoshuvlar mavjud. Ular 
o’rtasidagi farqlanish tizimning tarixiy evolyutsiyasi, pensiya jamg’armalari 
tuzilmasining o’ziga xos huquqiy xususiyati, moliyaviy bozorning institutsional 
rivojlanish darajasi va uni tartibga solish, iqtisodiy taraqqiyotni o’z ichiga oluvchi 
omillar bilan asoslanadi. Bu variantlarning ijobiy jihatlarini soddalashgan sxemaga 
sig’dirish mumkin emas, biroq, umumiy komponentlarini aniqlash mumkin. 
Tartibga solishning o’ziga xos komponentlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

davlat kafolatlari;

jamg’arma boshqaruvini tartibga soluvchi qoidalar; 

aktivlarni bo’linishini tartibga soluvchi qoidalar;

tashqi auditor/aktuar ekspertiza talablari;


434 

axborotlarni oshkor qilishga talablar;

investitsiyalarni tartibga solish;

pensiya uchun minimal kapital va zahiralarga talablar;

pensiya xarajatlarni tartibga solish. 
Pensiya tizimining samaradorligi, mablag’larni jalb qilish va aholini ijtimoiy 
himoyalash maqsadida ishlatilish darajasini ifoda etadi. Pensiya zahiralarini 
markazlashgan holda tartibga solishning xorijiy mamlakatlar tajribalari 
ko’rsatishicha, bu boradagi asosiy masalalardan biri – investitsion jarayonlar va 
investitsion qarorlar qabul qilishda nafaqat byudjet manfaatlarini, balki 
sug’urtalangan shaxsning pensiya daromadini oshirish borasidagi uzoq muddatli 
manfaatlarini ham inobatga olish lozim. 
“Ijtimoiy ta’minot shakllanishidan boshlab, pensiyaga chiqguncha bo’lgan 
daromadni o’rnini qoplash yoki uning asosiy qismini qoplashga yo’naltirilgan. 
Ijtimoiy ta’minot nafaqalari moliyaviy xavfsizlikning yuqori darajasiga emas, balki 
uning bazaviy darajasiga bog’liq. Shuning uchun ham ijtimoiy ta’minot 
“qo’shimcha daromad” deb nomlangan nomga ega bo’lib, u yashash xarajatlarini 
qoplash uchun minimal darajadan past bo’lgan ijtimoiy sug’urta nafaqalarini 
oluvchilar uchun qo’shimcha ta’minot hisoblanadi”
211
.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha pensiya tizimining moliyaviy barqaror 
faoliyat ko’rsatishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

ijtimoiy samarali – pensiyalar sug’urta qilingan ishlovchilarni

turmush 
darajasini 
saqlab 
qolish 
va 
sug’urta 
qilinmaganlarni 
kambag’allashuviga yo’l qo’ymasligi lozim; 

shaxsiy adolat – pensiyalar mehnat faoliyat jarayonida to’langan sug’urta 
badallari miqdoriga mutanosib ravishda mehnat daromadlarini yo’qotishini 
qoplashi lozim;

iqtisodiy qo’laylik – pensiya badallari xo’jalik sub’ektlari, fuqarolar uchun 
moliyaviy jihatdan og’ir bo’lishi kerak emas;

sug’urta fondlarining moliyaviy barqarorligi – uzoq muddatli
211
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0 th Edition. 
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 2-3 


435 

istiqbolda pensiya to’lovlari aniq va kafolatlangan bo’lishi lozim;

majburiy ishtirok – pensiya tizimi majburiy to’lovlar hisobiga shakllanishi 
lozim;

pensiyaning ta’minlanganliligi – pensiya olish huquqiga to’langan badallar 
hisobiga erishish, uning qiymati pensiya badallari qiymati va to’lovining 
davomiyligiga bog’liq bo’lishi zarur;

pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini muntazam baholab borish 
lozim.
Pensiya tizimining moliyaviy ta’minlash usullari, pensiya fondining tarkibiy 
tuzilishi, xususiy, kasbiy pensiya tizimlari va davlatning roli, sug’urta badallari va 
pensiya to’lovlarining o’zaro aloqasi pensiya tizimini amal qilishining 
samaradorlik darajasini belgilovchi muhim jihatlar hisoblanadi. Pensiya tizimining 
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini aniqlash masalalari ilmiy adabiyotlarda tadqiqot 
doirasidan chetda qolib kelmoqda. Pensiya tizimining samaradorligini aniqlashda 
ushbu tizim amal qilishining alohida jihatlarini aks ettiruvchi - makroiqtisodiy, 
moliyaviy, tashkiliy va funktsional samaradorlik ko’rsatkichlariga asoslangan to’rt 
yondoshuv ajratiladi.
Moliyaviy nuqtai nazardan pensiya tizimining samaradorligi, mablag’larni jalb 
qilish va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida ishlatilish darajasini ifoda etadi. 
Pensiya tizimining tashkiliy samaradorligi, aholini ijtimoiy himoyalashda 
qo’llanilayotgan tashkiliy usullarning natijaviyligini aks ettiradi. Pensiya 
tizimining funktsional samaradorligi esa, ijtimoiy zararlarni qoplash darajasini aks 
ettirib, qoplash koeffitsenti, to’lovlar darajasi va uning qonuniy hujjatlarida 
belgilangan me’yorlarga mos kelishi hamda ijtimoiy me’yorlar darajasiga mosligi 
ko’rsatkichlari orqali ifodalanadi. 
Pensiya tizimiga sug’urta badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi 
yordami bilan individual hisobraqamlardan foydalangan holda moliyaviy 
ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga xosligi, belgilangan yagona 
badallarni hisobga olgan holda pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Bundan 
kelib chiqadiki, agar pensiya mablag’larining etarliligi va ularni investitsiyalash 


436 
samaradorligi muammosi hal etilmasa, hozirgi paytda pensiya tizimini 
rivojlantirish va moliyalashtirish borasida dunyo amaliyotida katta e’tibor 
qaratilayotgan jamg’arish tizimi taqsimlash tizimidan deyarli farq qilmaydi. Bunda 
nafaqat pullarni saqlash va nazorat qilish, balki inflyatsiya darajasi, ish haqining 
o’sish sur’atiga nisbatan uning sur’atini oshirish choralarini ko’rish zarur. 
Pensiyani moliyalashtirishning jamg’arilgan mexanizmidan foydalanish sub’ekti 
bo’lib, pensiya ta’minoti va sug’urtaning nodavlat institutlari hisoblanadi. Shu 
sababdan jamg’arma mexanizmlari dasturini umumdavlat pensiya sug’urta tizimiga 
joriy etishda pensiya jamg’armalari mablag’larini boshqarish va nazorat qilish 
bo’yicha tajribaga ega mamlakatlar amaliyotini chuqur tahliliy o’rganish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Pensiya ta’minoti moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashning yirik oqimi 
bo’lib, iqtisodiyotda mahsulotlar, resurslar va daromadlarning makroiqtisodiy 
doiraviy aylanishiga, aholining iqtisodiy faolligini rag’batlantirishga jiddiy ta’sir 
ko’rsatadi. Pensiya tizimi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uzviy bog’liq 
bo’lib, to’g’ri tashkil etilgan pensiya tizimi iqtisodiyotni investitsiyalashning 
moliyaviy manbasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Respublikamizda fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimi 
amaliyotga joriy qilindi, jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti iqtisodiy faol 
aholining ish joyi, mehnatga layoqati va daromadini yo’qotish bilan bog’liq turli 
hodisalardan ijtimoiy himoyalash shakli hisoblanadi. “jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi” moliyaviy kategoriya sifatida pul mablag’larining maqsadli 
fondlarni shakllantirish va keksalik chog’ida foydalanishning shakl va usullari 
yig’indisini o’z ichiga olgan iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. 
XX asrning 80-yillaridan boshlab tug’ilishning kamayishi va fuqarolar 
yashash davomiyligining uzayishi natijasida aholining keksayishi bilan bog’liq 
ravishda taqsimlovchi pensiya tizimida muammolar kuzatila boshlandi. 
Mutaxassislarning prognozlariga ko’ra, 2030 yilgacha rivojlangan mamlakatlarda 


437 
ishlovchi aholiga to’g’ri keluvchi pensiya ajratmalari miqdori taxminan ikki 
barobarga ortadi212. 
Xorijiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, jamg’ariladigan Pensiya fondlari 
aktivlarining asosini qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar tashkil etadi. 
Xususiy pensiya fondlari pul mablag’larini uzoq muddatga joylaydi, xususiy va 
davlat qimmatli qog’ozlarini sotib oladi. Xususiy pensiya fondi passiv 
operatsiyalari asosini korporatsiya va korxonalardan keladigan resurslar tashkil 
etadi, tushumning 20-30 foizi ishchi va xizmatchilar badallaridan iborat. 
Ekspertlarning 
hisob-kitobi 
bo’yicha qimmatli qog’ozlardan olinadigan 
daromadlarning bir foiz oshishi to’lanadigan pensiyalar miqdorini bir necha foiz 
oshirishga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, qimmatli qog’ozlarni sotib 
olish uchun ajratilgan mablag’lar o’sha qimmatli qog’ozlarni hozirgi real qiymati 
bo’yicha sotilgandan so’ng fuqarolarga pensiya ko’rinishida qaytariladi. 
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi uchun uzoq muddatli sarmoya 
etishmasligi va unga keskin ehtiyoj mavjud sharoitda xususiy pensiya fondlari 
birinchidan, uzoq muddatli kreditlash fondlarini oshirish imkonini bersa, 
ikkinchidan, bunday tuzilmalarning yaratilishi byudjetning ijtimoiy ta’minot 
xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Pensiya tizimini 
isloh qilishning “Chili 
modeli” tajribasi faqat 
jamg’ariladigan pensiya tizimidan foydalanish uning moliyaviy barqarorligini 
oshirmadi, barcha ishlovchilarni qamrab olmadi, pensionerlarning, asosan, 
aholining kam mulkli qatlamining moddiy ahvolini barqarorlashtirishga olib 
kelmadi. Bugungi kunda Chili hukumati jamg’ariladigan pensiya tizimida ishtirok 
etuvchi pensionerlarga yordam ko’rsatishga majbur bo’lmoqda
213
. Pensiyani 
moliyalashtirishning jamg’arilgan mexanizmidan foydalanish sub’ekti bo’lib, 
pensiya ta’minoti va sug’urtaning nodavlat institutlari hisoblanadi. Shu sababdan, 
jamg’arma mexanizmlari dasturini umumdavlat pensiya sug’urta tizimiga joriy 
212
Gaydar E.T. «Istoriya pensiy. Stanovlenie i krizis sistemi sotsialnoy zashchiti v sovremennom mire». Statya 
vtoraya//Nezavisimaya gazeta. 2014. 13 iyulya. -C. 10
213
Oskomina. Chiliyskogo chuda// Fond "Antikrizis". 2009. 27 iyulya.


438 
etishda pensiya jamg’armalari mablag’larini boshqarish bo’yicha tajribaga ega 
mamlakatlar amaliyotini chuqur tahliliy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pensiya zaxiralarini markazlashgan holda tartibga solishning xorijiy 
mamlakatlar tajribasi ko’rsatishicha, bu boradagi asosiy masalalardan biri 
investitsion jarayonlarni nazorat qilish va investitsion qarorlar qabul qilishda 
nafaqat byudjet manfaatlarini, balki sug’urtalangan shaxsning pensiya daromadini 
oshirish borasidagi uzoq muddatli manfaatlarini ham inobatga olish lozim. 
Moliyaviy nuqtai nazardan pensiya tizimining samaradorligi, mablag’larni jalb 
qilish va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida ishlatilish darajasini ifoda etadi. 
Jahon tajribasidan ma’lum bo’ldiki, pensiya tizimini faqat davlat 
tomonidan moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini 
moliyalashtirishning bir vaqtning o’zida uch yo’nalish: minimal pensiyani 
kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida 
o’zining ish beruvchilariga qo’shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash 
belgilangan. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, 
Italiya kabi mamlakatlar shu tajribalardan foydalaniladi. 
Ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan pensiyalarni umuman olganda 
ikki turga ajratish mumkin: belgilangan to’lovlar va belgilangan badallar. 
Belgilangan to’lovlarda, ish beruvchi xodimga uning ish haqisi va ishlagan yillari 
asosida pensiya to’lovlarining belgilangan darajasini kafolatlaydi. Ish beruvchining 
belgilangan to’lovlar bo’yicha rejalarni moliyalashtirishi uchun, ish beruvchilar 
tomonidan pensiya badallarini talab etadi, xususiy tarmoqda bunday rejalar 
ishchilar tomonidan badallarini talab etmasada, o’z navbatida davlat tarmog’ida 
ishchidan o’z hissasini qo’shishni talab etadi. Bu ish beruvchining kafolatlangan 
to’lovlarni to’lash uchun etarli moliyaviy resurslarni topish mas’uliyatidir. 
Badallar aniq dasturida, ishchi mehnat haqidan belgilangan foizni yoki individual 
tartibda qisman yoki to’liq hajmda kelishilgan ish beruvchining ajratmasi asosida 
mehnat haqi fondidan majburiy ajratma ajratadi, u ham individual hisobga kiradi. 
Ishchi hisob uchun to’liq nazoratni va majburiyatni, shu jumladan investitsiyalarni 


439 
o’z zimmasiga oladi. U pensiyaga chiqqanida pensiyasining darajasi uning 
individual hisobidagi balansga asoslanmaydi va ish beruvchi boshqa 
majburiyatlarni o’z zimmasiga olmaydi. 401- Dasturi xususiy tarmoqda va 403(b)-
Dasturi davlat va notijorat tarmoqlarida rejalashtiriladi, belgilangan badallarga ega 
eng ko’p tarqalgan dasturlardan hisoblanadi. 
Pensiya maqsadlari uchun mo’ljallangan shaxsiy omonatlarning avvalo ikki 
shakli mavjud: individual pensiya hisobi (IRA) va hayot sug’urtasi bo’yicha 
kompaniyalardan olingan yillik to’lovlar. IRA pensiyaga chiqishni saqlab qolish va 
soliq imtiyozlari uchun, ayniqsa, ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan 
pensiyalarning mavjud emasligida asosiy instrument hisoblanadi”
214
.
Pensiya tizimiga sug’urta badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi 
yordami bilan individualllashtirilgan xisobdan foydalangan holda moliyaviy 
ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga xosligi, belgilangan yagona 
badallarni hisobga olgan holda pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Bundan 
kelib chiqadiki, agar pensiya mablag’larining to’liqligi va ularni investitsiyalash 
samaradorligi muammosi hal etilmasa, hozirgi paytda pensiya tizimini 
rivojlantirish va moliyalashtirish borasida dunyo amaliyotida katta e’tibor 
qaratilayotgan jamg’arish tizimi taqsimlash tizimidan deyarli farq qilmaydi. Bunda 
nafaqat pullarni saqlash, balki inflyatsiya darajasi, ish haqining o’sish sur’atiga 
nisbatan uning sur’atini oshirish choralarini ko’rish zarur. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish