Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

11.2.-jadval.
O’zbekiston Respublikasining doimiy aholi soni
203
 
ming kishi 
Yillar 
Jami 
Foizda 
Ikkala jins 
erkaklar 
ayollar 
erkaklar 
ayollar 
2014
30492,8 
15277,5 
15215,3 
50,1 
49,9 
2015
31022,5 
15552,2 
15470,3 
50,1 
49,9 
2016 
31575,3 
15838,9 
15736,4 
50,2 
49,8 
O’zbekiston hukumati mamlakatimizda kam ta’minlangan toifadagi aholi sonini 
kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada 
rivojlanishiga ko’maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari 
borasida bir qancha majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan. Mamlakatimizda 
aholining samarali ijtimoiy muhofazasiga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar 
barqaror iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Bugungi 
kunda mamlakatimizda inson omilining hal qiluvchi kuch sifatida izchil ravishda 
rivojlanib borishi uchun real shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, ahamiyatga molik ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yil 26 yanvarda 
«O’zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish 
203
https://www.unece.org/fileadmin/DAM/stats/documents/ece/ces/ge.30/2016/WS/P5_Yusukov_RUS.pdf
 


426 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 21-son Qarori
204
qabul qilindi. 
Bunda O’zbekistonda BMT ning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq 
aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan yuksaltirish uchun zarur bo’lgan 
ko’shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, markaziy 
va mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimiza inson salohiyatining muttasil 
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan komleks xarakat dasturi belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2017 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlar va ustuvor vazifalar 
belgilandi. Aholining hayot darajasi va sifatining izchil oshirilishini ta’minlash ana 
shunday yo’nalish va vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. 
Harakatlar 
strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh 
qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy 
demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, 
xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda 
millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shaxdam 
harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi
205
.
 
O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasining maqsadi 
– 
olib borilayotgan islohotlar samaradorligini 
tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini 
ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va 
hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat
.
 
Mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan:
1.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish;
3.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
204
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi «O’zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish 
maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 21-son Qarori. // O’zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to’plami. 2011 yil. 4-5 son. 35-modda.
205
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga sharh.


427 
5.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, 
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi 
yo’nalish ko’zda tutilgan. Mazkur yo’nalish,“... Aholini ijtimoiy himoya qilish va 
sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish:aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni 
ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish 
hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar 
ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; …pensionerlar, nogironlar, 
yolg’iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot 
faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini 
yanada rivojlantirish va takomillashtirish”
206
chora-tadbirlarini amalga oshirishni 
nazarda tutadi. Katta yoshli avlodni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish 
tartibini takomillashtirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari 
kiritilgan
207

Fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ijtimoiy ziddiyatlarni hal 
qilish hamda iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya jamg’armasi muhim 
ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson 
manfaatlarini ko’zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining 
ijtimoiy himoyasini qo’llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarining 
qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish 
masalalariga juda katta ahamiyat beriladi. 
«Respublikamizda pensiya tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarni tezlikda 
amalga oshirib bo’lmaydi, ularni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bilan: bandlik, 
mehnat bozori, aholi daromadlari, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, 
soliq, moliya va kredit sohasidagi islohotlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. 
Tahlillar O’zbekiston jamg’arib boriladigan pensiya tizimi samaradorligining 
206
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, 4.2-band. 
207
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga sharh. 


428 
pasayishiga olib keluvchi quyidagi omillar mavjudligini ko’rsatmoqda: a) 
jamg’arib boriladigan pensiya tizimi daromadliligining inflyatsiya darajasidan 
pastligi; b) mablag’larni joylashtirishda muqobil manbalarining mavjud emasligi; 
v) individual pensiya jamg’armalari hisobraqamlaridan mablag’larni muddatidan 
oldin olishning mumkin emasligi; g) Xalq bankining jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimiga ko’rsatadigan xizmatlari bilan bog’liq xarajatlarining yuqoriligi»
208
.
Pensiya tizimini takomillashtirish mehnatga haq to’lash, soliq tizimi, mehnat 
bozorining holati va moliya bozori bilan uzviy bog’liq muammo hisoblanadi. 
Ushbu muammoni mamlakatdagi demografik vaziyat, ishsizlik, mamlakat aholisi 
tabiiy o’sishi va o’rtacha yashash yoshining ortishi bilan bog’liq bo’lgan 
masalalardan ajratib hal etib bo’lmaydi. Shuningdek, ishlayotganlar sonining 
qisqarishi, davlat byudjetida aholini ijtimoiy himoya xarajatlarining ortishi, 
aholining mehnatga qobiliyatli qismiga tushadigan og’irlikning ko’payishi, bozor 
iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda pensiya jamg’armasi mablag’lari shakllanishi 
aksariyat qismining ish beruvchilar tomonidan to’lanishi, iqtisodiy islohotlarning 
chuqurlashuvi jarayonida ishlovchilar ish haqi darajasining ortishi va mutanosib 
ravishda, qarilikni sug’urtalashdagi ulushining ortib borishi joriy pensiya 
to’lovlarida uzilish holatlarini vujudga keltirmasligi uchun amaldagi pensiya 
ta’minotini moliyalashtirishning isloh etilishini taqozo etmoqda. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish