348
ixtiyoriy ravishda qo’shimcha ijtimoiy sug’urtalash. Ijtimoiy sug’urtalashning
ixtiyoriy qo’shimcha tizimlari qoida tarqasida xususiy bo’ladi, lekin ularning
faoliyati maxsus qonunlar bilan boshqariladi. Bu qonunlarda sug’urtalanganlar
uchun ijtimoiy kafolatlar tizimi: bir ish beruvchida ish bilan band bo’lishning eng
kam davri, shundan keyin himoyaning qo’shimcha turlari, pensiya ta’minotiga
huquq paydo bo’ladi. Ayrim korxonalarning pensiya tizimlari ushbu ijtimoiy
himoya institutining tashkiliy-xuquqiy shakllari bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlarda
pensiya aktivlari korxonaning o’z mablag’laridan ajratilmagan bo’ladi.
Tashkiliy-
xuquqiy shakllar jumlasiga aktivlar ajratiladigan va mustaqil pensiya kassalari,
pensiya fondlari, madad kassalari va sug’urta kompaniyalari tomonidan
boshqariladigan pensiya tizimlari kiradi. Fuqarolar tomonidan qo’lga
kiritilgan
pensiya xuquqlari amalga oshirilishini kafolatlash maqsadida pensiya fondi
zaxirasi mavjud bo’lib, korxona yoki mustaqil pensiya kassasi to’lovga qobiliyatsiz
bo’lib qolgan holda to’lovlar amalga oshiriladi. Nodavlat pensiya fondlari yuridik
maqomi bo’yicha notijorat ijtimoiy ta’minot tashkilotlari bo’lib, majburiy ijtimoiy
sug’urtalashga qo’shimcha ixtiyoriy shakl deb hisoblanadi.
4. Majburiy ijtimoiy sug’urtalash, iqtisodiy jihatdan faol aholini mehnat qilish
qobiliyatini (kasallik,
baxtsiz xodisa, keksalik tufayli) yoki ish joyini yo’qotishi
natijasida daromaddan, ish haqidan maxrum bo’lish risklaridan ijtimoiy
ximoyalash
172
. Moliyaviy manbalari ish beruvchilar,
xodimlar, davlatning o’zaro
yordam va shaxsiy mas’uliyat tamoyillari asosida tashkil etilgan sug’urta
badallaridir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar munosabaati bilan sug’urtalash
tizimi
bundan
mustasno,
ular
faqat
ish
beruvchilarning
badallaridan
moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug’urta tizimida pensiya va nafaqalar sug’urtalangan
shaxsning huquqi, sug’urtalangan shaxs va ish beruvchining ushbu tizimni
moliyalashtirishda ishtirok etish darajasi bo’yicha beriladi. Byudjet tashkilotlari va
byudjetdan tashqari fondlarning xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar
doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilinadi.
172
Blake D., Cairns A., Dowd K. Pensionmetrics: stochastic pension plan design and value-at-risk during the
accumulation phase // Insurance: Mathematics and Economics. 2001. № 29. P. 187.
349
Xarajatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag’lardan
foydalanishni
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda faoliyati davomida foyda olishni maqsad qilib
qo’yar ekan, ushbu maqsadga erishish yo’lida korxonalar turli darajadagi risklar
bilan to’qnash keladi. Ma’lumki, korporativ moliyaning asosiy kantseptsiyalaridan
biri bo’lib, risk va daromadlilik kontseptsiyasi hisoblanadi. Ya’ni, risk va
daromadlilik har doim yonma-yon yuradi
va bir-birini takrorlaydi, shuningdek
daromadlilik yuqori sohalarda risk ham yuqori va aksincha daromadlilik past
sohalarda risk darajasi ham pastroq bo’ladi. Demak korxonalar va jamg’armalar
qanday faoliyat bilan shug’ullanmasin va qanday daromadlilikka erishishga
harakat qilmasin ma’lum bir darajadagi riskka duch keladi. Shu sababli korxonalar
faoliyatida risklarni baholash, risk darajasini pasaytirish, shuningdek risk natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlar
miqdorini kamaytirish
bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan holda quyida korxona va tashkilotlar faoliyatida risklarni baholash
metodlari va ularni kamaytirish xususida o’z ilmiy fikrlarimizni keltirib o’tamiz.
Korxona va tashkilotlar faoliyatida boshqariladigan risk va daromadlilik bir-
biriga yaqin boshqaruv ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Ushbu ikkita ko’rsatkichning
kelgusidagi qiymatlarini aniqlash asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki,
kelgusida korxonalar faoliyatida daromadlilik va risk darajasini oldindan 100%
aniq bilib bo’lmaydi. Lekin, aniq ma’lumotlardan foydalanilgan holda kelgusidagi
erishilishi mumkin bo’lgan natijalarni ma’lum bir ehtimollik
doirasida baholash
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda iqtisodchi olimlar
tomonidan korxona va tashkilotlarlarda risklarni baholash bo’yicha ko’plab
metodlar ishlab chiqilgan va ilmiy asoslab berilgan. Ushbu metodlarni quyidagi
ikkita guruhga ajratishimiz mumkin:
1. Risklarni baholashning statistik metodlari: daromadlilikning standart
chetlanishi (σ);
Do'stlaringiz bilan baham: