Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minotini zamonaviy usullar orqali boshqarish



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
9.4.Pensiya ta’minotini zamonaviy usullar orqali boshqarish 
 
Risk vaziyati bilan bog’liq qaror qabul qilish jarayonining tahlili va shunday 
vaziyat ustidan nazorat markaziy o’rinni egallaydi. Risk vaziyatini baholash va 
boshqarishga quyidagilar ta’sir etadi: siyosiy sabablar, manfaatlar, qadriyatlar, 
a’zolari tegishli qaror qabul qiladigan u yoki bu institutning ijtimoiy mavqei (risk 
ekspertlari, maxsus davlat xizmati va tashkilotlarining vakillari, pensiya ta’minoti 
jamg’armalari xodimlari). Risklarning ushbu kategoriyasi tashkilot maqsadlari, 
strategiyasi va rejalashtirilishi qanday tashkil qilinganligi bilan bog’liq. Risklar 
tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tashkilot doirasida 
qo’llab-quvvatlanadigan turli jarayonlar bilan bog’liq risklar mavjud. Bu – mehnat 
resurslari, axborot texnologiyalari xavfsizligi, ijtimoiy risklar, moliyaviy 
resurslarni to’g’ri boshqarish riski.
Risklar uchun javobgar shaxsni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. 
Tashkilotning bosh rahbarlari mablag’lardan samarali foydalanish nuqtai nazaridan 
risklarni yumshatishga javob beradi, u risklar egasi sifatida risklarni boshqarish 
tizimini barpo etishi lozim. Risklarni boshqarish yomon vaziyatlarning oldini olish 


337 
yoki yaxshi vaziyatlar o’rinli bo’lishi mumkinligini kafolatlay olmaslik bilan 
bog’liq.
Davlat sektorida quyidagi iqtisodiy kategogoriyalarni qayta ko’rib chiqish o’rinli 
bo’ladi
162
: boshqarish, strategiya va rejalashtirish. Risklarning xususiyatlari 
tashkilot maqsadi, strategiyasi va moliyaviy nazorat qanday tashkil kilinganligi 
bilan bog’liq. Risklarni baholash jarayonida tuzilgan risklar reestri quyidagilaradn 
iborat:
163

risk maqomi; 

risk raqami; 

risk tavsifi; 

risk aniqlangan sana. 

riskning amalga oshish ehtimoli; 

riskni kim tomonidan aniqlanishi; 

risk uchun javobgar shaxs; 

mablag’larning ehtimoliy zarar miqdori; 

pensiya fondining xarajatlar rejasi; 

pensiya fondining yo’l qo’ysa bo’ladigan zarar miqdori; 

risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar qo’llash zaruriyati; 

risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar uchun javobgar shaxs; 

risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlarning boshlanish vaqti; 

risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlarning tugallanish vaqti. 
Jahon 
tajribasida 
pensiya 
ta’minotini moliyalashtirish va boshqarish 
mexanizmining uch xil turi ko’p uchraydi. 
1.
Barcha mamlakatlarda keng tarqalgan byudjet daromadlaridan mo-
liyalashtiriladigan davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish. 
2.
Ixtiyoriy va majburiy shaxsiy jamg’arma rejalarini amalga oshirish.
162
Haydarov M. Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil qilishda risklarni baholash mohiyati. // Iqtisod va 
moliya. -Toshkent. 2012. -№9. – B.62. 
163
M. Barton Waring, C. Robert Merton. 
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans 
Back Under Your Control Hardcover – November 1, 2011.
P. 211. 


338 
3.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya, jamg’armalarni yo’qotishga va 
qadrsizlanishga olib keladigan investitsion risklardan himoya qiladigan 
ijtimoiy sug’urta tizimini rivojlantirish. 
Ijtimoiy risk muammolarini hal qilishda aholining ishtirok etishi; ijtimoiy qayta 
qurishlar muqobil variantlarini qiyoslash zarurati, iqtisodiy mulohazalar 
ustuvorligini rad etish; ijtimoiy riskning mumkinligi va unga yo’l qo’yilishi, 
maqbulligini kishilarning qabul qilishi va baholashi ijtimoiy mexanizmlarini 
hisobga olish. Bunday baholash insonning u yoki bu risk vaziyatini boshqarish 
uchun mas’ul bo’lgan institutlarga va tashkilotlarga ishonch darajasiga bog’liq deb 
hisoblanadi.
Xorijiy davlatlarda pensiya fondlarining maqsad va vazifalarining nazorat 
tizimi o’z ichiga to’rt darajani qamrab oladi: 
1)
fondning missiyasi va ular ijrosini qo’llab-quvvatlovchilar bilan bog’liq 
strategik maqsadlar; 
2)
operatsiyalarni tegishli tarzda amalga oshirish vazifalari (ahloqiy standartlar 
va tejamkorlik, samaradorlik, natijaviylik hamda resurslarni himoyalash 
tamoyillariga muvofiq); 
3)
zaruriy hisobot taqdim etish vazifasi (ishonchli, faoliyatning asosiy jihatlarini 
aks ettiruvchi, ichki va tashqi manfaatdor shaxslarga moliyaviy va moliyaviy 
bo’lmagan axborotlarni o’z vaqtida va to’g’ri oshkor qilinishini ta’minlovchi); 
4)
Pensiya ta’minotiga oid hujjatlar va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan 
siyosat talablariga rioya qilish vazifasi. 
Pensiya fondi jarayonlarni to’lig’icha nazorat ostiga oladi, shuning uchun 
risklarni boshqarish tizimi tashkilotlar boshqaruvchilariga hisobdorlik va 
qonuniylikni 
ta’minlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishda to’liq 
ishonchlilikni kafolatlashga qodir sanaladi. Strategik maqsadlar va operatsion 
vazifalar masalasiga kelsak, risklarni boshqarish boshqaruvchilarga faqatgina 
maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda oqilona ishonchlilik bera olishi 
mumkin, chunki bu darajadagi jarayonlar tashkilotlar tomonidan amalga 


339 
oshirilayotgan nazorat chegarasidan tashqarida bo’lgan omillar ta’siriga uchrashi 
mumkin. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish