Kasbiy qayta tayorlash fakulteti


-BOB. TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN ISHLASH MUAMMOSINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLANISHI



Download 249,5 Kb.
bet11/15
Sana29.12.2021
Hajmi249,5 Kb.
#76186
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKTAB PSIXOLOGINING TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN OLIB BORADIGAN PROFILAKTIK ISHLARI BMI

1-BOB. TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN ISHLASH MUAMMOSINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLANISHI

    1. Tarbiyasi og‘ir bolalar xulq ko‘rinishlari muammosining o‘rganilganlik holati va ijtimoiy-psixologik diagnostik xususiyatlari.

Inson xulqida jamiyatda qabo‘l qilingan me’yor va mezonlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan, ijtimoiy taraqqiyot omillaridan biriga aylangandir. Ushbu me’yor va mezonlar nafaqat ijtimoiy barqarorlikka, balki individning o‘zini ham ruhiy barqarorlik va taraqqiyoti uchun zarurdir.

Jamiyatda axloqiy, ma’naviy, madaniy xulq ko‘rinshlari shakllanishi, ushbu talabalar darajasidan og‘ish masalalari qadimdan allomalarimiz tomonidan alohida e’tibor berib kelingan masaladir.

Ahloqiy me’yorlardan og‘ish muammolari, Abu Nasr Al Forobiyning «Baxtga erishuv yo‘lini ko‘rsatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko‘tarilgan. Alloma o‘z qarashlarida fazilatga juda katta o‘rin beradi. Arastuga o‘xshab, u ham fazilatlarni ikki kismga fozoil nutqiya (aql idrokka asoslangan fazilatlar) va fazoil xulqiya (hulqiy fazilatlar)ga ajratadi hamda ularning urtalik xususiyatlarini ta’kidlab utadi. Buyuk vatandoshimizning fikricha, insonga uni go‘zal amallar qilish uchun yo‘naltiradigan odat mahsuli bo‘lmish yetuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi xatti-harakatlarda me’yor qay darajada saqlangani bilan bog‘lanadi.

YAna bir SHarq allomasi Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida insonlar va xalqlarning ijobiy yoki salbiy urf-odatlari, xulq-atvorining shakllanishida tabiiy muhitning hamda jug‘rofiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatib berdi.

Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan «Ahloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola», «Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqida kitob», «Turar joylardagi tadbirlar” singari asarlarida va o‘z zamondoshlari bilan olib borgan munozara - yozishmalarida o‘z aksini topgan.

YUsuf Xos Hojib tomonidan inson xulq-atvoriga nisbatan o‘ziga xos yondashuvda yaxshi hulq ham, yomon hulq ham, ikki xil bo‘lishi mumkin: tug‘ma va ijtimoiy mug‘it natijasida shakllangan hulq.

YUsuf Xos Hojibning axloqiy- falsafiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotmagan, chunki u umuminsoniy, ma’naviy negizlarni o‘rgatadi. Allomaning o‘gitlariga tayangan holda biz ham yosh avlodni shunday ruhda tarbiyalashimiz lozim. Zero, jamiyatda axloq-odob yo‘qolsa jamiyatda ma’naviy jihatdan kambag‘al insonlar ommasi vujudga keladi.

Xitoy faylasufi Syunzan va qadimgi yunon faylasufi Aflotun insonda bo‘zg‘unchilik sari undovchi xususiyatlar mavjud ekanligini ta’kidlaganlar. Insondagi “tarbiyasi og‘ir” destruktiv hulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi. Bu muammo 20 - asrning o‘rtalarida shakllangan. Maktab o‘qituvchilari orasidagi “tarbiyasi og‘ir” o‘quvchi tushunchasi mavjud bo‘lib, bu ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan tushuncha hisoblanadi. O‘quvchilardagi “tarbiyasi og‘ir”lik ko‘rinishi ilmiy psixologik manbalarda “destruktiv hulq” termini orqali o‘rganiladi.

Destruktiv hulq— jamiyatda qabo‘l qilingan ijtimoiy hulq ko‘rinishlariga zid bo‘lgan, har qanday muqobil fikrlarni inkor etishga yo‘naltirilgan xulq ko‘rinishlari.

Destruktiv hulq nafaqat insonda ma’lum bir ijtimoiy muammolarni, balki uning jismoniy sog‘ligida ham muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Destruktiv hulq 2 asosiy turlarda namoyon bo‘ladi [ 21,27]


  1. Delinkvent tur - jamiyatda qabo‘l qilingan ijtimoiy huquqiy me’yorlarga qarama qarshi bo‘lgan xatti—harakatlarga hulqning yo‘unalganligi [ maishiy oilaviy nizolar,yul transport hodisalari, qo‘pollik...]

  2. Deviant tur —jamiyatda qabo‘l qilingan axloqiy me’yorlarga qarama qarshi hulqiy ko‘rinishlarni namoyon etish [ alkogolizm,suitsid narkomaniya.. ,] mehr muhabbatga ega bo‘lmaganligi.

Destruktiv hulqning barcha ko‘rinishlarida insonning ma’lum bir himoya reaksiyalari sifatida yuzaga kelsada, biroq nerv sistemasida bo‘zilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Destruktiv hulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota- onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan etarli darajada mehr muhabbatga ololmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin.

Bundan tashqari quyidagi sabablar ham alohida e’tibor talab qiladi:



  • Psixik sog‘lomlik holati hayot davomida ko‘zg‘ovchi omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin

  • Jismoniy sog‘lomlik holati hayot davomida keskin yomonlashishi mumkin, natijada inson hech qanday qonun qoidalarga buysunishni xohlamay koladi.

  • Kasbiy sohada muvoffakiyatsizliklar bu holatlarda inson o‘zining noto‘kisligini , qo‘yilgan talabalarga javob bera olmasligini xis etadi. Natijada o‘z o‘ziga baho berish darajasi pasayadi, ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi, o‘ziga bildirilgan e’tirozlarni adolatsiz deb qabo‘l qiladi.

  • Maishiy moddiy muammolar.

  • Alkogol yoki narkotik moddalarni istemol qilish.

Z. Freyd inson hulqiga 2 asosiy instinkt : Eros - hayot isntinkti undagi quvvat [ [ «libido»] hayotni saklash, qayta tiklashga yo‘naltiradi va Tanatos - o‘lim instikti, undagi quvvat hayotni vayron qilish va to‘xtatishga yo‘naltiradi [ suitsid]. Tanatos asosini Freyd barcha biologik hayot formalari uchun umumiy bo‘lgan biologik mexanizm tashqil etadi deb, hisoblagan har bir organizm o‘zidagi asabiy qo‘zg‘oluvchanlikni imkon kadar pasaytirishga harakat qiladi o‘lim barcha ichki qo‘zg‘oluvchanlikni umuman yo‘qotadi, shuning uchun barcha tirik organizmlar o‘limga intiladilar. Lekin organizmning mutlaq osoyishtalikka intilishiga hayot instinkti qarshilik ko‘rsatadi. Freyd bo‘yicha inson hulqi ushbu ikki instiktning o‘zaro munosabatlari natijasida shakllanadi. Destruktiv hulq barcha insonlar uchun xosdir, ayrim insonlarda bu hulq shunchalik kuchliki, ularning jamiyatdagi o‘rnini va hulqini belgilaydi. Freyd bo‘yicha insondagi destruktiv quvvatga nisbatan be’tibor bo‘lib bo‘lmaydi. Agar Tnatos quvvati tashqariga yo‘naltirilmasa individning o‘zini halok qilishi mumkin. Destruktiv quvvatni vayron qiluvchi harakatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan katarsis -ekspressiv harakatlar to‘sqinlik qilishi mumkin.

Freyd ta’limotini taniqli psixolog va psixoterapevt E. Bern qo‘llab quvvatlaydi. E.V Zmanovskaya 3 turdagi hulqiy og‘ishlarni keltiradi: antisotsial (delinkvent), asotsial (amoral), autodestruktiv (o‘z -o‘zini vayron qiluvchi).

Sidorov N.R. deviant hulq sifatida individning shaxslararo munosabatlarini muntazam bo‘zishga qaratilgan “turg‘un destruktiv “hulq ko‘rinishi deb baholaydi. O‘smirlar jinoyatchiligini o‘rgangan psixolog A. I. Dolgovaning ta’kidlashicha, huquqbuzarlik qilishdan avval o‘smirni hulq atvorida me’yordan keskin chekinishlar bo‘lib o‘tadi. Muallif deviant hulqli o‘smirlar uchun xos bo‘lgan 2 toifa me’yoriy chekinishlarni ajratib ko‘rsatgan:

• zo‘rma zo‘raki va xudbinona toifadagi o‘smirlar o‘zini kuchli, hozirjavob, tengdoshlariga yordamga shay qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ammo bunday toifa o‘smirlarning haqiqatdagi xulosasi jinoyatchi xulosadir. Ular harakterida xudbinlik, zolimlik, jismoniy kuchga ishonish, noan’anaviy guruhlarni yoqlash kabi elementlar ustuvordir.

Autodestruktiv tibbiy va psixologik meyorlardan chetga chiquvchi shaxs yaxlitligi va taraqqiyotiga taxdid qiluvchi hulq ko‘rinishlarini kiritadi,: suitsidal hulq, ovkatga tobelik, farmokologik moddalarga nisbatan tobelik , fanatik tobelik, hayot uchun xavfli bo‘lgan faoliyatga intilish (sportning ekastremal turlari).

Destruktivlik yo‘nalishiga ko‘ra Zmanovskaya quyidagi tasnifni kiritadi:



  • antisotsial (faol gdestruktiv)

  • prosotsial (nisbatan destruktiv, ma’lum bir ma’noda antisotsial ijtimoiy normalarga moslashagan)

  • asotsial (passivdestruktiv)

-o‘z-o‘zini vayron qiluvchi (passivautodestruktiv)

  • o‘z o‘zini o‘ldiruvchi (aktivautodestruktiv).

Ayrim tadqiqotchilar destruktivlikni ijodiyot bilan aloqasini ta’kidlaydilar.

Masalan, V.N. Drujinin destruktivlikni 2 turini ajratadi:

1] Ijodiy hulq,yangi muhitni yaratuvchi.

2] Buzg‘unchi- dezadaptiv hulq atrofdagi muhitni vayron qiluvchi. Ijodiyot va destruktivlikni o‘zaro umumiyligi shundaki, inson tabiatdan va atrofdagi ijtimoiy muhitdan ajralib begonalashib qoladi.

B. Karlov har bir ijodiy aktda ijodiy elementi borligini ta’kidlaydi va 2 turdagi destruktiv hulqni farqlaydi: adaptiv, insondagi mavjud imkoniyatlar bilan bog‘liq kreativ, yaratuvchi - bo‘zgunchi]

Desstruktiv hulq muammosi bilan taniqli amerika olimi E. Fromm shug‘ullangan. O‘zining «Erkinlikdan qochish», «Inson destruktivligi anatomiyasi» asarlarida ushbu muammoning ijtimoiy madaniy determinantlariga alohida e’tiborini qaratgan.

Polshalik psixolog YU. Kozeletskiy fikricha, har bir insonga «transgressiya» -insonning hozir ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari natijalariga qoniqmasdan , yanada ko‘proq natijalarga ega bo‘lishga intilishi tashkil qiladi. YU. Kozeletskiy konstruktiv, yaratuvchi transgressiya -ijodiylik va destruktiv avvalgilarni yo‘qotishga qaratilgan transgressiyani farqlaydi.

D.I.Feldshteynning fikricha, “tarbiyasi og‘ir”, deviant o‘smirlar ijtimoiy sust, tajovvuzkor, qiziqqon, qo‘pol, «ko‘z yosh» to‘kishga moyil bo‘lib, ko‘plari aldoqchi, mas’uliyatsizligi bilan ajralib turadi. I.A.Semikashevaning izlanishlari bo‘yicha bunday guruh qatnashchilari ota-onaga o‘xshash xislatlarga ega bo‘lib, alohida insonlarni emas, o‘zi mansub guruhni hurmat qiladi.

Bunday o‘smirlar o‘z harakterlariga mas’uliyat sezmay, omma orasida hamma qatori harakatlanadi.

S.A.Kulakovning ta’kidlashicha, bunday hulqli o‘smirlar psixoterapevtlarning mijozidir, ularga aniq tashxis qo‘yilmagandiru, ammo ularning ko‘pgina xislatlari me’yoriy jio‘atdan bo‘zilgan. Affektiv sohada bu hissiy bo‘shlik depressiya va hayajonga tez berilishdir. Ma’noni talab qilish sohasida erkinlik, himoyalanganlikka bo‘lgan extiyojini yopib qo‘yilishi, referent guruhiga xos bo‘lishi, kognitiv sohada xulosa qilishni rad etish kuzatiladi.

N.YU.Maksimovaning tadqiqotlaridan shu narsa aniqlandiki, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarida salbiy holatlarga olib keluvchi quyidagi ichki sabablar ham bor ekan, jumladan: sinfdoshlar bilan muloqotning qiyin olib borilishi, hulq -atvor me’yorlarining shakllanmaganligi, ijtimoiy me’yorlar va hulq-atvor qoidalarining kadrini tushunmasligi, inkor etish, o‘zi atrof olamni bir butun deb tasavvur eta olmasligi, pedagoglarning talab va takliflarini inobatga olmaslik, o‘z-o‘ziga o‘ta baland baho berish, ota-ona, o‘qituvchi bilan kelishmaslik oqibatida ijtimoiy to‘g‘ri rivojlanmaslik.

A.E.Lichkoning aytishicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq:



  1. Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish. Vaqt o‘tgan sari o‘zlariga zarar bo‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga o‘ralashib qolishlari. Achinarlisi, bekorchi o‘smirlar bo‘sh qolib, kayfiyatni ko‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi. O‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bo‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib ketmasligi uchun ham ichishga ruju qo‘yadilar. Ular nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bo‘ladilar.

  2. Imitatsiya [o‘xshatish] bu doimo kimgadir taqlid qilishdir. Bunday o‘smirlar o‘z tengdoshlari yohud kattalarning hatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Ko‘pgina o‘smirlar o‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydidar va ularga taqlid qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bo‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli noxushliklarga tayyor turishlari zarur. Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bo‘lsa-yu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bo‘lsa, undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, sababi, ko‘pgina giyohvandlar, katta pul zarurligidan turli jinoyatlarga o‘ralashib qolishadi.

  3. Inkor reaksiyasi [ qarama-qarshituyg‘u]. O‘smirlar uchun xos bo‘lgan tuyg‘u. Xulqning qarama-qarshi xususiyatlari, yaqinlarining dil siyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning bajarilishida namoyon bo‘ladi. Qarama-qarshi guruhdagi harakatlar ko‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bo‘ladi. Oilada muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bo‘rttirilgan huquqbuzarliklar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday isyonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlariga to‘sqinlik qilishi sabab bo‘ladi:

Psixologiyada ustanovka deganda, individ bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir harakatlarini idrok etish, baholash va bajarishga psixofizilogik tayyorlik holati tushuniladi.

Destruktiv hulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishida negativ ustanovkalar “shaxsning atrofdagilarning aksariga nisbatan salbiy munosabatlari natijasida shakllanadi. S.P. Ivanov va V.V. Boyko tadqiqotlarida destruktiv ustanovkalarning quyidagi turlari ajratiladi [ 11]



  1. Atrofdagilarga nisbatan fikrlari va hatti- harakatlarida yashirin beshavqatlik.

  2. Atrofdagilarga nisbatan ochiq beshavqatlik.

  3. Insonlar haqida asoslangan negativ fikrlar. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatlarda yuzaga kelgan holatlar asosida unga sababchi bo‘lgan insonlar to‘g‘risida salbiy fikrga ega bo‘lish[ hamma shunday...].

  4. Negativ faktorlar yuzasidan o‘zining sheriklari haqida aoslanmagan umumlashtirishlar qilish.

  5. Atrofdagilar bilan munosabtlar jarayonida negativ tajribaga ega bo‘lish.

Kleyberg YU.A va A. Ellislar destruktiv hulq ko‘rinishlarini shakllanishda «irratsional ustanovkalar” tushunchasini kiritganlar. Irratsional ustanovkalar ularning fikricha, insonning kognitiv sohalaridagi bo‘zilishlar natijasida yuzaga keladi. Romanov V.V. kriminologiyada “jamiyatga qarshi ustanovka” tushunchasini kiritdi. Bu tushunchaga individning agressiv beshavqat xatti haraktlarni qilishga ichki tayyorlik holati deb ta’riflaydi.

Rossiyalik psixolog YU.M.Antonyan diagnostik tadqiqotlari destruktiv faoliyat deyarli doimo uzoq vaqt davom etadigan frustratsiya ( lot. rustratio - aldov, behuda kutish- xoxish, ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq muvaffakiyatsizliklar natijasida yuzaga keladigan psixik holat) yoxud norasolik xissi shakllanishi natijasida yuz berishini isbotlagan.[15] Frustratsiya natijasida kelib chiqadigan destruktiv harakatlar ekstrapunitiv harakter kasb etishi (yon-atrofdagi kishilarga, shu jumladan, frustratsiya holatiga umuman aloqasi yo‘q butunlay notanish odamlarga, alohida narsa- buyumlar yoki ijtimoiy to‘zilmalarga yo‘naltirilishi) yoxud intropunitiv ahamiyatga ega bo‘lishi ( sub’ektning frustratsiya sababi o‘zi ekanligini anglashi va jaroxatlovchi vaziyatdan alkogolizm, giyohvandik yoki suitsid orkali chiqishga harakat qilishi) mumkin. Albatta, o‘zini o‘zi namoyon qila olmagan va frustratsiya holatida bo‘lgan barcha odam ham destruktiv harakatlarni amalga oshiravermaydi. Bunda biologik omillar bilan bir qatorda turli ijtimoiy omillar, tarbiya va muhitning shaxs shakllanishidagi o‘rni, insonning turli destruktiv, salbiy psixologik-manipulyasion ta’sirlarga tushishi xususiyatlarini ham inobatga olish zarur.

K.Leongardning shaxs tipologiyasiga ko‘ra o‘zini-o‘zi boshqarolmaslik, xohish va intilishlari yuzasidan nazoratning sustligi, fiziologik mayllarning ustuvorligi bu tipdagi shaxslarda uyg‘unlashib ketadi. Ularga instinktivlik, impulsivlik, qo‘pollik, mijg‘ovlik, badqovoklik, beadablik, orsizlik, daqallikka moyillik xosdir[ 16.]. Bunday kishilar turli nizo va munozaralarni keltirib chiqarib, ularning faol ishtirokchisi bo‘lishadi. Serjahl, serzarda, jizzaki bo‘lib tez- tez ish joylarini o‘zgartirib turishadi, jamoadagilar bilan chiqisha olmaydilar. Muloqotga kirishuvchanligi, verbal va noverbal reaksiyalari, xatti-harakatlari sust. Qo‘zgaluvchan tipdagi kishilarning aksariyati bolaliklarida «quloqsiz» bo‘lishgan, hulq-atvori talabga javob bermagan. Boshlang‘ich sinflardanoq o‘qishga xafsalasi bo‘lmagan. Beto‘xtov nazorat ostida, istar-istamas ular uy vazifalarini, topshiriqlarni bajarishgan. Barcha yomon yorliqlar ularga yopishtirilgan. YOlg‘izlikda o‘zlarini yomon his qilishgan. Tashkilotchilik xislatlarining etarli darajada shakllanmaganligi ularning etakchi bo‘lishlariga imkon yaratmaydi. O‘qishni tez tashlashadi. Biror ishdan ular zavq olishmaydi, boshqa iloj yo‘qligi sababli bu kishilar muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishadi. Bir qarashda sog‘lomdek ko‘ringan o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur, idrok jarayonidagi bo‘zilishlar darsni qabul qilish chog‘ida tajribali pedagogga yaqqol ko‘rinadi.” Istiqbol, kelajakka befarq bo‘lib, faqat bugungi kun bilan yashashadi, ko‘ngilxushlikni yaxshi ko‘rishadi. Jazavaga tushgach, hovuridan pasayishi qiyin kechadi, bu paytda atrofdagilar uchun xavf tugdirishi mumkin. O‘zidan kuchsizlar orasida hukmron bo‘lishga intiladilar. Destruksiyaga moyil shaxslarning yana bir xususiyati ularda xavotirlanish darajasining yuqori bo‘lishidir. Bu holat odatda insondagi o‘z holatidan norozilik, notinchlik, yaqinlashayotgan xavfni sezish xislari bilan uyg‘unlashib ketadi. YUqori darajadagi xavotirlanish - ishi yurishmagan, omadi kelmagan shaxsning sub’ektiv ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunday shaxslar atrofdagi insonlar, muhitga dushmanona munosabatda bo‘ladilar. SHuning uchun ular vaziyatga to‘g‘ri, adekvat baho bera olmaydilar, kayfiyatlari ko‘pincha affekt holati ta’sirida tez o‘zgarib turadi. Kuzatuv, suhbatlar, intervyu, anketa so‘rovnomasi, ekspert baholash usuli, o‘z-o‘zini baholash uchun shaxsiy surovnomalar, ruhiy testlar, ijtimoiy baholash usullari.

Diagnostika uchun tavsiyalar:

Diagnostika davomida deviant hulqli o‘smirlarning quyidagi ijtimoiy-ruxiy xususiyatlarini hisobga olish kerak:

shaxsning hayotiy mezonlari;

ma’naviy va huquqiy me’yorlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;

o‘qituvchilar, ota-onalar va sinfdoshlar bilan muloqot qilishdagi qiyinchiliklar, ular bilan kelisha olmaslik;

o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, xususiyatlarini baholash;

deviant hulqka moyil bo‘lish;

o‘z kelajagiga, o‘qish va kelgusi hayotiga bo‘lgan munosabatlar.(11,15,27)

Deviant hulqli yoshlarning hayotiy mezonlarini taxlil qilish. Hayotiy qadriyatlarni aniqlash, o‘smirlar bilan suhbat qilish, test o‘tkazish orkali ham diagnostikalanadi.

1.2. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning yosh va ijtimoiy- psixologik xususiyatlari.

Ma’lumki, maktab o‘quvchilari orasida “tarbiyasi og‘ir” xulqqa moyillik holati asosan o‘smirlik davrida ko‘proq kuzatiladi.

O‘smirlik davrining eng asosiy xususiyati bu ikkita rivojlanish: psixik va jismoniy ya’ni psixik va somatik jarayonlar intensivligi bilan xarakterlanadi.Aynan shu davrda tez toliqish, jismoniy zaiflik, turli kasalliklarga moyillik alomatlarini kuzatish mumkin. Bularning barchasi psixosomatik o‘zgarishlar hisoblanib, psixik va somatik jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘likligining natijasi sanaladi. YAqqol namoyon bo‘luvchi o‘smir xususiyatlarining aksariyati uning munosabatlari tizimida ko‘rinadigan xarakter o‘ziga xosliklari sanaladi. Bu o‘ziga xosliklar psixologiyada "xarakter aksentuatsiyasi" deb ataluvchi xarakterning alohida shaklda namoyon bo‘luvchi ko‘rinishidan iboratdir.

Xarakter aksentutsiyasi masalasi M.Kramer, E.Krechmer, K.Leongard, O.V.Kebrikov, P.B.Gannushkin, V.V.Kovalev, A.E.Lichko kabi ko‘plab olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Xarakter aksentuatsiyasi - normaning psixopat bilan chegaradosh variantini bildiruvchi xarakter ayrim sifat va sifatlar to‘plamining haddan tashqari namoyon bo‘lishidir. Xarakter aksentuatsiyasi psixopatlarda ularga xos bo‘lgan uchta belgining bir vaqtda namoyon bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Bu belgilar: vaqt mobaynida xarakterning stabilligi, hamma vaziyatlarda yoppasiga namoyon bo‘lishi va ijtimoiy dezadeptatsiya [ ko‘nika olmaslik]. Xarakter aksentuatsiyasining ochiq va yashirin [latent] shakllari mavjud bo‘lib, oila tarbiyasi xususiyatlari, ijtimoiy muhit, kasbiy faoliyat, jismoniy salomatlik kabi muhim rol uynovchi omillar ta’sirida osongina bir-biriga o‘tib turishi mumkin. Xarakter aksentuatsiyasi o‘smirlik davrida shakllanib, vaqt o‘tishi bilan silliqlanib, kompensatsiya qilinadi. Destruktiv xulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishida o‘smirlardagi xarakter aksentuatsiyasi muammosi bilan bog‘lik bo‘lishi mumkinligi tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanadi. Turli klassifikatsiyalar asosida xarakter aksentuatsiyasining quyidagi asosiy tiplari ajratilgan:



  1. Sikloid - yaxshi va yomon kayfiyat fazalarining turli davrlarda almashib turishi.

  2. Gipertim - doimiy kutarinki kayfiyat, bir yula bir necha ishga yopishish tendensiyasi va faoliyat chanqoqligi bilan yuqori psixik faollik, boshlagan ishni oxiriga etkazmaslik.

  3. Labil - vaziyatga karab kayfiyatning keskin o‘zgarishi.

  4. Astenik - tez toliqish, jahldorlik, depressiya va ipoxondriya (vahima)ga moyillik.

  5. Senzitiv - yuqori ta’sirchanlik, hadiksirash, shaxsiy tulaqonli emaslik hissining kuchayganligi.

  6. Psixastenik - yuqori xavotirlilik, badgumonlik, juroatsizlik, doimiy shubha va mulohaza, o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyillik, ritual harakatlar va obsessiya tendensiyasi.

  7. SHizoid - boshqalardan ajralish, yakkalanish, interoversiya, hamdardlikning yo‘qligi va emotsional kontaktlar o‘rnatishning qiyinligida namoyon bo‘ladigan emotsional sovuqlik, muloqot jarayonida intuitsiyaning etishmasligi.

  8. Epileptoid - [ ba’zan shafqatsizlik elementlari bilan] asabdan quturish va qahr-xuruji ko‘rinishi tarzida namoyon bo‘ladigan agressiyaning to‘planishi bilan darg‘azab-g‘amgin kayfiyatga moyillik, janjalkashlik, tafakkurning egiluvchanligi, g‘oyat darajada pedantizm [o‘taketgan rasmiyatchilik].

  9. Tutilib qoluvchi [ paranguyal] - yuqori shubhalanuvchi va kasallik darajasidagi arazchilik, salbiy effektlarning sobitligi, ustunlikka intilish, boshqalar fikrlarini qabul qilmaslik natijasida yuqori janjalkashlik.

  10. Namoyishkor [isteroid] - tan olinishga e’tiyoj qoniqtirilmaganda "kasal bo‘lib olish", manmanlik, qaltis ishlarga qo‘l urish bilan xarakterlanadigan, o‘ziga dikkatni jalb qilish uchun foydalaniladigan yolg‘onchilik, fantazyorlik va mug‘ombirlik, subyekt uchun noxush bo‘lgan fakt va hodisalarni siqib chiqarish tendensiyasi.

  11. Distim - tushkun kayfiyatning ustunligi, depressiyaga moyillik, hayotning g‘amgin va kayg‘uli tomonlariga berilish.

  12. Beqaror - atrofdagilarning ta’siriga yengil berilish moyilligi, doim yangi taassurotlar, davralar qidirish, yuzaki xarakterga ega bo‘lgan osongina kontakt o‘rnatib olish.

  13. Konform - boshqalarning fikrlariga haddan tashqari bog‘liqlik va buysunganlik, tanqidiylik va tashabbuskorlikning etishmasligi, konservatizmga moyillik.

Xarakter aksentuatsiyasi o‘smirlik davrining ajralmas belgisi. Har bir o‘smir istisnosiz o‘zida shu xususiyatlardan bir yoki bir nechasini namoyon kiladi. Lekin keyingi bosqichlarda bu xususiyatlar silliqlanib ketishi lozim. Faqat doimiy ta’sir qiluvchi psixogen vaziyatlardagina bu xususiyatlar destruktiv xulq turlarini namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Xarakter aksentuatsiyasi o‘smirlarda tartibbuzarliklar, yakin insonlari bilan keskin muomala, «ko‘cha» va turli to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabi xususiyatlarni shakllantirishi mumkin. Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qarama-qarshi ruhda harakatlanib, tajovuzkorona buzg‘unchilik sifatlarini namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi destruktiv xulq ko‘rinishlarini keltirib chikaruvchi deviantlikning oldini olish, unga karshi kurashish maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra, 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ladi.

  1. SHaxsning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususiyatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga kirishish xossalari;

  2. SHaxsning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul qila olishi;

  3. SHaxsning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuqtai- nazari bilan bog‘lik bo‘lgan umumiy xususiyatlari.

SHu 3 guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chikkan h olda, “tarbiyasi og‘ir” deviant xulqli o‘smirlarning ba’zi bir o‘ziga xosliklarini aniqlash mumkin. Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul kilingan o‘zaro muomala me’yorlari va xulq-atvor mezonlarini o‘zlashtirish. Destruktiv xulqli o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat me’yorlarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi. Biroq destruktiv xulqli shaxs strukturasini o‘z-o‘zini yo‘qotish qo‘rquvi, birovni yaxshi ko‘rmaslik, yakkalanish, ma’nosizlik, ojiz, g‘azab va umidsizlik bilan bog‘lik kechinmali psixik holatlar tashkil kiladi. Agar bunday shaxs o‘ziga o‘xshagan odamlar bilan guruhga birlashsa o‘z shaxsiy vaziyatining chidab bo‘lmasligini unutishi oson bo‘ladi. Agar ular birgalikda jinoyat sodir qilishsa, bunday jinoyat odatda jamiyat vakillariga qaratilgan bo‘ladi.

V.V.Korolev o‘smir yoshidagi “tarbiyasi og‘ir”likning psixologik holatlarini o‘rganish davomida ularga xos bo‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlagan:



  • odob-axlok, namunali xulq tajribalarining yo‘qligi;

  • do‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi to‘pori tushunchalar;

  • o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash;

  • huquqiy va ma’naviy qqadriyatlarni noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish;

  • tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish.

A.E.Lichkoning aytishicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq:

  1. Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish.

  2. Imitatsiya [ uxshatish] bu doimo kimgadir taklid kilishdir.

  3. Inkor reaksiyasi [ qarama-qarshi tuyg‘u].

  4. Dushmanlik hissini berkitib, o‘smir kattalarga bo‘lgan norozilik, xafaligini, undan umuman begonasirashini namoyon qiladi. U o‘ziga do‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va ko‘pincha ichuvchi, chekuvchi to‘daga kirib qoladi.

  5. Rivojlanish tuyg‘usi [ emansipatsiya].

  6. Rad etish tuyg‘usi


Download 249,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish