XULOSA VA TAVSIYALAR.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bitiruv ishini bajarish jarayonida o‘quvchilarda “tarbiyasi og‘ir” tushunchasiga mos keluvchi deviant hulqni o‘rganish bo‘yicha quyidagi metodikalardan foydalanildi2.
O‘smirlarda aksentuatsiya turi A.E. Lichkoning so‘rovnomasi yordamida aniqlandi. Ushbu metodika yordamida asosiy aksentuatsiya turlari aniqlandi. B ular giperaktiv, epileptoid, qo‘zg‘oluvchan, qo‘zg‘oluvchan tiplaridir. Ushbu tiplarning tavsiflanishi asosida agressivlik darajasini aniqlanishida o‘zaro muvofiqlik borligi aniqlandi. Psixologik profilaktika ishlari uch bosqichda olib borildi. Har bir bosqichda xulqdagi og‘ishni keltirib chiqargan ijtimoiy psixologik determinatlarni diagnostika natijalari asosida differensial yondoshuv amalga oshirildi.
O‘quvchilarda xulqdagi og‘ish ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishi deviant, delikvent, addiktiv hulq ko‘rinishlari ta’sirida namoyon bo‘lishi, o‘smirlik davrining o‘tish davri xususiyati sifatida vaqtinchalik ahamiyat kasb etishi ma’lum bir ehtiyojlar frustratsiyasiga javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘lishi xam mumkin.
O‘quvchilarda xulqdagi og‘ish ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishi muammosi kompleks harakterga ega bo‘lib psixolog, psixiatr, pedagogolar, ota- onalar, mahalla faollari o‘smir ta’lim ta’lim tarbiyasi uchun mutasaddi bo‘lgan barcha ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikda faoliyati asosida amalga oshirilishi ushbu muammoni bartaraf etish imkonini beradi.
Psixologik diagnostika tadbirlarini amalga oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi zarur:
1. O‘smir yoshga xos va individual xususiyatlarni o‘rganish
2. O‘quvchilarda xulqdagi og‘ish ko‘rinishlarini ijtimoiy psixologik determinantlarini aniqlash
O‘smirlarda harakter aksentuatsiyayasi turini aniqlash
Profilaktika ishlari psixologik korreksiya olingan psixologik diagnostika natijalari asosida amalga oshirilib, ijtimoiy psixologik dezadaptatsiya holatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi.
O‘smirning hulqiga, hulq-atvor oqibatlariga nisbatan mas’uliyat javobgarlik hisslarini shakllantirish.
Ijtimoiy faollikni shakllantirish.
O‘z -o‘ziga baho berish darajasini yuksaltirish.
O‘smirni ijtimoiy me’yor va mezonlarni ijobiy idrok etish xususiyatlari asosida ularga rioya qilish zarurligi motivatsiyasini hosil qilish.
Salbiy ijtimoiy vaziyat bartarf etish imkonini bo‘lmagan holatlarda o‘smirning ushbu vaziyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish asosida ijtimoiy adaptatsiya darajasini yuksaltirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi amaliy tavsiyalarni berishimiz mumkin:
Maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini ta’lim muassasidagi tengdoshlari birgalikda o‘tkazilishini tashkil etish;
Ularni turli ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalganlikda tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish motivatsiyasini shakllantirish. Ishtiroki uchun maqbul sharoitlarni yaratish
Pedagog va psixologlarni me’yordan og‘ish harakatlariga moyillik aniqlangan o‘smirlar ota-onalari bilan yaqindan hamkorlignni mustaxkamlash.
Amaliyotchi psixologlar tomonidan ushbu o‘quvchilar uchun individual maslahatlar o‘tkazilishi.
Korreksion tadbirlar samara bermagan vaziyatlarda psixoterapevt, psixiatr ko‘rigidan o‘tkazish masalasida ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish.
Maktab o‘quvchilarining har bir erishga yutug‘ini ta’kidlash asosida yangi natijalarga intilishini qo‘llab- quvvatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |