Kasbiy qayta tayorlash fakulteti


-BOB. MAKTAB PSIXOLOGINING TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN ISHLARNI TASHKIL ETISHI VA PROFILAKTIK ISHLAR TAHLILI



Download 249,5 Kb.
bet12/15
Sana29.12.2021
Hajmi249,5 Kb.
#76186
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKTAB PSIXOLOGINING TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN OLIB BORADIGAN PROFILAKTIK ISHLARI BMI

2-BOB. MAKTAB PSIXOLOGINING TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN ISHLARNI TASHKIL ETISHI VA PROFILAKTIK ISHLAR TAHLILI


    1. Tarbiyasi og‘ir bolalar xulq-atvorining psixologik xususiyatlarini aniqlashda maktab psixologining faoliyati .

Maktab o‘quvchilarining xulq-atvorlari psixologik jihatdan tahlil qilinganida, aksariyat “tarbiyasi og‘ir” holatlar o‘quvchilarning o‘smirlik davrida kuzatilishi aniqlangan. O‘smirlar ko‘ngli quyidagi qadriyatlarga yaqinrok bo‘ladi:

  • o‘z do‘stlarini tengdoshlari jamoasidan topish, bu bilan o‘ziga o‘xshash tengdoshlari bilan bir guruhda bo‘lish;

  • barchaga o‘xshash, ammo o‘z qadrini bilish;

  • «takrorlash», «taqlid qilish» guruh ichida ularga xos bo‘lgan me’yorlarni qo‘llash;

  • og‘ir holatlarda, tengdoshlar orasidagi kelishmovchiliklarda bir- biriga yordam qo‘lini cho‘zish;

  • guruh ichida o‘zini kuchli, adolatli inson sifatida namoyon etish;

  • ota-ona, vasiylardan mustaqil bo‘lish istagi;

  • ko‘pgina holatlarda huquqbuzarlik, tajovuzkorlik bilan bog‘liq jismoniy kuch, iroda namoyishlari;

  • kattalar huquqiy me’yorlar talablarini inkor etsa ham agarda huquqbuzarlik bilan bog‘liq faoliyatga so‘z bergan bo‘lsa, uni albatta bajarish;

  • chet elning bizga yot bo‘lgan madaniyati mahsullarini o‘zlashtirish, musiqa, kiyim-kechak, bezak vositalari;

  • qanday yul bilan bo‘lmasin «moddiy farovonlikka erishish».

Psixologlarning tadqiqotlari shuni ma’lum qiladiki, ko‘pgina “tarbisi og‘ir” - deviant hulqli o‘smirlar beg‘araz faoliyat, ijodiy ish, ma’rifatli bo‘lish, aniq kelajakka reja to‘zish kabi qadriyatlarni rad etadilar. Ularning hayotiy prinsiplari o‘zlari xohlaganidek, kuchli shon-shuhratli bo‘lishga yo‘naltirilgan. Ularning hayotiy mezonlari faqatgina farovon, to‘kis hayotda yashash, o‘zi xohlaganidek harakat qilish. Quyidagi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlar “tarbisi og‘ir”- deviant hulqli o‘smirlarning hayotiy mezonlarini tashqil qilib, boshqa insonlar bilan jamiyatdagi, atrof-muxit bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilaydi.

Deviant hulqli o‘smir hulq-atvor yo‘nalishining tahlilini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun avvalambor B.Bas metodikasi bo‘yicha anketa so‘rovnomasi to‘ldiriladi. Anketa javoblari umumlashtirilib, psixolog xulosalari bilan o‘smirning o‘zi va guruhdagilar bilan o‘rtoqlashadi. B.Bas tuzgan anketa savolnomasi 3 toifa shaxsning yo‘nalishlar xossalarini belgilaydi. O‘z-o‘ziga qaratilgan yo‘nalish - faqat o‘zining xotirjamligini ko‘zlash, shaxsiy ustunlikka intilish, raqobatchilikka, hukmronlikka, birinchi bo‘lishga intilish hamda odamovilik, tajovuzkorlik, tajanglik, tashvishli holatda bo‘lish kabilardir. Bunda o‘smirlar ishda, jamoada birinchi galda shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadilar.

O‘zaro muloqot hamjihatlikka qaratilgan yo‘nalish - insonlar bilan muloqotga intilish, ba’zida muvaffaqiyatli bo‘lmasa-da jamoada umumiy faoliyat bilan shug‘ullanish.

Mehnat faoliyatiga qaratilgan yo‘nalish - muxim muammolarni echishga faoliyati jarayonida intilish.

Asosiy yo‘nalish anketa bo‘yicha aniqlanganda ko‘p ball to‘plagan yo‘nalish ustuvor deb hisoblanadi.

Test natijalarini e’lon qilgandan so‘ng o‘smirlar bilan suhbat o‘tkaziladi va o‘smirning o‘zi haqidagi bahosi bilan nechog‘lik to‘g‘ri kelishini aniqlash darkor. Ayniksa, o‘z-o‘ziga qaratilgan yo‘nalishi va o‘zaro muloqot, bahamjixatlikka qaratilgan yo‘nalishni namoyon qilgan o‘smirlarni diqqat markazida ushlash zarurdir. Bu yo‘nalishning birinchisi xudbinlik va salbiy illatlarni yakkol ko‘rsatsa, demak aynan shu illatlar ham deviant hulqning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Ikkinchi yo‘nalish esa o‘smirlarning o‘zaro muloqotga va tengdoshlari bilan aloqani ushlab turishga bo‘lgan ehtiyojini belgilaydi. SHaxsning mehnatga qaratilgan yo‘nalishi zamirida jamiyatda qabul qilingan axlokiy me’yorlar doirasidagi ishlar tushuniladimi yo‘qmi shunga ko‘ra, salbiy va ijobiy xarakaterdagi yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Psixolog o‘smirlarning ma’naviy-axlokiy va huquqiy me’yorlar haqidagi tushunchalari diagnostikasini qo‘yishdan avval, ijtimoiy me’yorlar umumiy nazariyasini tarkibiy kismlaridan bo‘lgan axlokiy va huquqiy me’yorlar haqidagi bilimga ega bo‘lishi kerak. Ma’naviy- axlokiy me’yorlar - bu jamiyatda o‘zaro muloqot uchun qabul qilingan hulq- atvor qoidalari bo‘lib, ular aholining katta qismi orasida hayotiy odatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy-axlokiy me’yorlar insonlar har bir aniq vokelikka nima deb, qanday harakat qilishi kerakligining namunasidir. “Tarbisi og‘ir” hulq muammosini o‘rganilishida o‘smirlarning qadriyatlar tizimini aniqlash va korreksiyaga yo‘naltirish alohida e’tiborni talab qiladi. Qadriyatlar yo‘nalishlari savolnomasi ( I.G.Senin metodikasi) dan foydalanish mumkin.

Ma’lumki, ko‘pgina mutaxassislar shaxs yo‘nalganligini diagnostika qilishda mezon sifatida muayyan hayotiy maqsadlarni, qadriyatlarni asos qilib oladilar. Sababi, qadriyatlar yo‘nalishlari tizimi shaxs yo‘nalganligining asosiy mazmunini belgilaydi va uning atrof - olamga, odamlarga, o‘ziga bo‘lgan munosabatini, hayotiy faoliyat motivlarining mazmunini, shaxsining dunyoqarashini tashqil etadi.

Qadriyatlarni ikki turga ajratish mumkin: 1) maqsadli qadriyatlar; 2) vositali qadriyatlar.

Muayyan hayotiy maqsadlar sari yo‘nalgan qadriyatlarga maqsadli qadriyatlar deb ataladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, har bir shaxs o‘ziga xos umumhayotiy g‘oyalarga, o‘zining etakchi hayotiy maqsadlariga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi. Qadriyatlar to‘g‘risidagi mazkur nazariy qarash dastlab M.Rokich tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, keyinchalik barcha mutaxassislar tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlangan bilan qo‘shilishib ketish holatidan chiqkan.Taxliliy-diagnostika qo‘yuvchi suhbatdan so‘ng o‘smirning kommunikativ darajasini aniqlovchi V.Ryaxovskiy uslubida to‘zilgan testlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Deviant hulqli o‘smirlarning hulq-atvori sabablari ota-ona, o‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan kelishmaslik, boshqa turli ziddiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Diagnostika qo‘yishga kirishgan psixolog janjallar va janjalli hulq nazariyasini yaxshi o‘rgangan bo‘lishi darkor. “Konflikt” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “conflictus” «to‘qnashuv» ma’nosini anglatadi. Bu bir-biriga mutlaq qarama- qarshi bo‘lgan qarashlar, fikrlar, harakterlar, namunalar to‘qnashuvi. Ijobiy maqsadga erishish uchun konfliktli muomalani tubdan o‘zgartirish kerak. Insonlar o‘z g‘oyalari, prinsiplari, harakterlari, intilishlarini ximoyalab to‘qnashib qoladilar.

O‘smirlarning nizoli hulqi sababi va oqibatlarini taxlil qilish uchun yakka tartibdagi suhbatlar, anketa so‘rovnomalari va testlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Eksperimental-psixologik tadqiqot o‘tkazishdan oldin psixolog -tadqiqotchi o‘smir bilan suhbatlashadi. Bunda u bilan ijobiy hissiy aloqa o‘rnatib bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarni tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida o‘smir haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o‘tkazilishi yoki ixtiyorsiz harakter kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga yoki tengqurlariga tegishli bo‘lgan, bolaga yoqmaydigdn savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o‘zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi.

Tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma’lumoti, qiziqishlari, extiyojlari, o‘zaro fikrlashuv kobiliyatlari aniqlanadi. Ba’zi xollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o‘tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo‘rqinch, xavotirlanish, o‘ziga ishonmaslik kabi holatlar yo‘qotiladi.Dars davomida o‘qituvchi tomonidan berilayotgan axborotlarni har bir o‘quvchi o‘ziga xos ichki psixik jarayonlardan kelib chiqib qabul qiladi.

SHunday qilib, psixolog suhbat jarayonida tadqiqot oldiga qo‘ygan vazifaga bog‘liq ravishda bola hayoti haqida muxim ma’lumot olishi kerak.

Har bir o‘quvchidagi “tarbiyasi og‘ir”lik - deviant hulqka bo‘lgan moyillik avvalambor sinf rahbarlari, o‘qituvchilari tomonidan berilgan ma’lumotlarda namoyon bo‘ladi. Ammo bu ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasligi ham mumkin, chunki bu yoshda deyarli barcha o‘smirlar salbiy ishlar, bee’ti borliklarga yo‘l qo‘yishadi. O‘smirdagi deviant hulq darajasini aniqlash uchun psixolog o‘smir bilan yakka tartibda aniq maqsadli suhbat o‘tkazishi kerak.

Deviant hulqli o‘smirlarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlarini taxlil qilish, aniqlashda, ularning o‘qishga, hayotga, kelajakka, kaysi kasb egasi bo‘lmoqchiligiga bo‘lgan munosabatini bilish muhimdir. O‘smir bilan tahliliy suhbat davomida quyidagi mazmundagi savollarni berish maqsadga muvofikdir:



  • maktabda o‘qish unga qiziqmi, kaysi fanlarga qiziqadi?

  • kaysi o‘qituvchini va nima sababdan yaxshi ko‘radi?

  • «a’lochi» bo‘lishni, yaxshi o‘qib, kelgusida o‘zi yaxshi ko‘rgan kasbga ega bo‘lish uchun o‘qishni davom ettirishni istaydimi?

  • Kelajagini qanday tasavvur qiladi?

  • Uning fikricha, kattalar hayotining bosh mezoni nima?

  • Jamiyatda qanday o‘rin tutishni, kim bo‘lishni orzu qiladi?

  • Kasb-hunarlar haqida nima biladi, qanday kasblar unga yoqadi?

  • Uning fikricha, kasb egasi bo‘lishi uchun u kaerda ilm olishi kerak?

  • O‘zi uchun biron-bir kasbni tanladimi, tanlamagan bo‘lsa nima uchun?

  • Qanday qiziqishlari, xobbisi bor, yana nima bilan shugul- lanishni istaydiyu ammo bunga sharoiti yul kuymaydi?

  • Biron-bir faoliyatga alohida kobiliyatim bor deb hisoblaydimi?

  • Kelajakda o‘zi va oilasini bokadigan darajada yaxshi muta- xassis bo‘la oladimi?

  • O‘z oilasiga qanday munosabatda va kelgusi oilaviy shaxsiy hayotini qanday tasavvur qiladi?

  • Kelajakda muvaffakiyat qozonish uchun o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzata oladimi?

  • Uning uchun kelajakda munosib yashash va boshqalarga kerakli bo‘lish muhimmi?

  • Hayotdan maqsadi nima va uni qanday amalga oshirmokchi?

Olingan javoblar natijasida o‘smirning o‘qishga, hayotiy va kasbiy kelajagiga bo‘lgan qarashlarini aniqlash mumkin.


    1. Download 249,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish