Esse Mening sevimli mashg’ulotim



Download 24,73 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi24,73 Kb.
#563831
Bog'liq
Nsim9dgqTdWs1n3cJS-B-DCwdaEgbfys


Esse
Mening sevimli mashg’ulotim
Hayotta har bir insonda o’z sevgan kasbi va xobbisi bor. Kasb va xobbi to’g’risida gap boshlar ekan men hayotiy tajriba va kuzatuvlarimdan shuni aytolamanki:
- insonlar kasbi va xobbisi bir –biridan farq qiladi .sizlarga kasbi va xobbisi birbiridan yiroq bo’lgan bir inson haqida so’zlab beraman. Shunda men nima haqida so’zlamoqchiligimni yanada ossonroq tushinasiz.
Bundan ikki yilcha oldin oylam bilan chat el sayohatiga borishni qaror qildik va bizlar turkiyaga borishga kelishdik. U yerga bordik, mening turkiyada bir holam bor. Biz avval ularning uylariga bordik va holamning uyida qoldik tun judayam maroli bo’di. Bizlar miriqib gaplashdik, kulishdik va tong otdi. Ko’zlarimni arang ochib qarasam holam ishga tayorlana yotgan ekanlar. Men shaxar aylanish va holam bilan ko’proq vaqt o’tkazish uchun ular bilan ketishga qaror qildim. Biz birga holamning ofislariga bordik. Ular tekistilda, bosh dizayner bo’lib ishlar edilar. Men bilan ishxonadagi barcha kasbdosh va xodimlari ko’rishib, tanishdi. Faqat bir insondan boshqa. Bu inson jiddiy, kam gap va shu bilan birga yopiq inson edi. Menda negadir aynan shu inson bilan tanishish va suhbatlashish. U haqida bilishni hohladim. U insonni kuzatishni boshladim. Bu kuzatishim to tushlik vaqtigacha yeti. Tushlik vaqti hamma xodimlar tushlikka shoshilishar ammo bu inson har hil kafelar, restaranlar va va hokazolardan chetlanim, o’zi bilan yonida olib kelgan tushligini olib ofes ortidagi bog’chada bir daraxt soyasi tagidagi o’rindiqda o’tirib telefoni yordamida alla qanday musiqa tinglay boshladi. Qiziqqanimdan uning yonrog’iga bordim va u qanday musiqa tinglayotganini eshittim bilishimcha u pianinoda cholingan sanata edi.
Men hayratlandim chunki bu inson korxona hisob kitoblari bilan ishlar va uning ishi haddan tashqari jiddiy, rejali bo’lgani tufayli hech hayolimga bu inson musiqani sanatni yoqtirishini keltirmagan edim.
Qiziquv chanligim meni tinch qo’ymadi. U inson oldiga borib u kishini suhbatga chorladim, salomlashdim, ismimni aytim va hol ahvol so’radim. Ammo meni gaplarimni deyarli barchasini tashunmadi ko’zarimga qarab alla nimalarnidir so’zladi tabiyki men ham tushunmadim bir birimizga biroz qarab turdik va kulib yubordik. Birdaniga hayolimga so’zlarimizni tarjima qilib eshittirish hayolimga keldi va shunday qildik. Biz judayam qiziqarli va kulgili suhbat qurdik, gap orasida sen qizaloq men bilan nega suhbatlashishni hohlading-deb qoldi. Shunda men ham borini ya’ni ularning boshqalardan farq qilishlarini, manga o’xshagan qiziquvchan qizni bunday narsalar qiziqtirishini aytim va shu bilan birgalikda ular o’z hayotlari haqida gapirib berishlarini va so’ng men ham ularga bazibir qiziqarli voqea hikoyalarini aytishimni aytim va biz bunga kelishdik.
Ular oilalari haqida ayollari va ikkita bolalari haqida so’z boshladilar. Ular mening ko’z qorachig’im bor quvonchi edi. Afsuski mashinada etiborsizligim tufayli ulardan yaniy bolalarimdan ayrildim bu qayg’uli hikoya ayolim meni kechira olmadi. Bu yerlardan butunlay ketdi. Mening kam gapligim, qo’polligim insonlardan o’zimi ob qochishimning asl sababi ham shunda balkim, sening ko’zinga g’alati inson bo’lib ko’ringan bo’lishim mumkin. Ammo aslida avvallari unday emasdim. Albatta men ham senga o’xshagan qiziquvchan hazilkash edim. Afsuski hayot meni shunday o’zgacha, boshqacha inson qilib qo’ydi.
-“Deya gapirib berdi aslida boshqacha insonligini. U o’z kasbini yaxshi ko’rishi shu bilan birga u musiqani jondan ortiq ko’rishini ayti! Mening xobbiyim musiqa men musiqani juda-juda yoqtiraman u meni tinchlantiradi va hayollardan, ishdan, vijdon azobidan chalg’itadi.
Men ba’zan hatto o’zim o’z qo’llarim bilan musiqa bastalayman-derdi u.
Menga bu juda-juda yoqib tushdi chunki men ham musiqani yaxshi ko’rar va musiqa maktabida pianino chalar edim. Mening sevimli mashg’ulotim piyanino edi. Shunda u uisondan bir narsani suradim. Hayotda insonlarning sevgan mashg’uloti boshqa va tallagan kasbi boshqa boshqa bo’lish odamni charchatmaydi-mi? deya so’radi. Balkim shunday-dedi. Yo’q bunday also bo’lmaydi. Masalan o’zimni misol keltiraman men iqtisodchi man lekin bu degani menning xobbim kasbimga moil bo’lishi kerek degani emas. Mening yoqtirgan mashg’ulotim musiqa va men bu bilan dam olaman. Raqamlar va saotlab kompyuter oldida o’tirish menni charchatadi. Shunda meni bosh char-choqlarimni oladigan yordamchi, ko’makchi bu mening xobim!”-deya so’zlab berdi u. Shunda chundimki inson kasbiga mos xobbiy izlashi va tanlashi muhim emas kasb bu kasb .xobbi inson o’zi ich-ichidan hohlab qiladigan ishi ekanligini chunib yettim.
Endi o’z hayotim va qiziqishlarimga qaytsak, kerakdan ortiq so’zlab yubormadim degan umitdaman. Istagim men nima? dimoqchiligimni yanada aniqroq va qiziqarli qilib sizlarga yetkazish edi. Ana endi men o’zim haqimda gapirib beraman. Men qiziquvchan, sho’x va shu bilan birga qaysar, qo’pol va tashqaridan insonlarga jiddiy ko’rinuvchi insonman.hayron bo’lishingiz mumkin. Qanday qilib ham quvnoq ham jiddiy deya. Aslida quvnoq insonman lekin bu hislatimni deyarli hammaga ham ko’sata vermayman. Faqat o’z yaqinlarim oilam, yaqin dugonalarim uchun shundayman holos. Boshqalar uchun men jiddiy kam gap dek ko’rinaman chunki men hammani ham oldida gapirishni yani tanimagan odamlarim oldida gapirishni istamayman ular meni qanday qabul qilishlari men uchun muhim emas.
Endi esa mening qiziqishlarimga qaytamiz. Men bolaligimda musiqa maktabida o’qigan. Man piyanino sohasida va maktabni bitirdim diplom ham oldim. Lekin mening xobbim piyanino chalish emas. Balki tasviriy sanatdir. Men rasm chizganimda bu olamdan butunlay yiroqlashaman deyarli yerda bo’lmayman desam ham bo’ladi. Men faqat ijodiy chizishni yoqtiraman tartib qoyda meni siqib qo’yadi. Shuning uchun men ijod qilishni hech kimga va hech narsaga o’xshamaydigan rasmlarni chizishni yoqtiraman. Mening to’plamim deyarli barchasi ana shunday rasmlarddir. Men yana rasm chizayotganimda musiqa tinglashi yoqtiraman musiqa men ijod qilayotganimda menga juda kotta yordam beradi. Qanday deysizmi men sur’atlarimni yaratayotganimda hayolan bu yerda bo’lmayman koinotda bo’laman bu sizga g’ayri tabiiy tuyilar. Lekin mening tassavvur olamim ana shunday. Sur’at chizayotganimda musiqa yordam bera dedim-ku. Men musiqaga shunday ta’rif beraman –“Musiqa misoli bir dengiz to’lqini. His qila olsang sen dengizni chuna olasan, hatto u bilan gaplasha olasan. Lekin sen to’lqinni his qilmasang. Unda sen dengizni chunmaysan. Unda ya’ni dengizda uzoq vaqt bo’lolmaysan shunchaki uni kuzatasan”. Deya ta’rif beraman.
Xobbi-shunday narsaki inson o’z sevgan mashg’uloti bilan shug’illanganda butun tanasidagi charchog’lar, asabilashishlar, har hil tinch qo’ymay yotgan hayollardan mutloqo halos bo’ladi desam mubolag’a bo’lmaydi. Yana shuni ayta olaman-ki inson o’z sevgan mashg’uloti bilan saotlab shug’ullanishi mumkin. Bu uni umuman charchatmaydi va yana shu bilan zeriktirmaydi. Har xolda mening fikrim bu yani men shunday hisoblayman.
Men shuncha paytdan beri o’z sevgan mashg’ulotim bilan shug’illanganimda qo’llarim bilan yaratgan asarlarimni hali hech kimga ko’rsatmaganman. Chunki buni istamayman meni fikrim, o’y hayollarim va tassavvur olamim bilan boshqalar bilan bo’lishishni istamayman. Chunki qancha tushuntirmay ular meni tushunushmaydi. Shuning uchun men pinhona chizaman va rasmlarimni kolleksiya qilib yeg’aman bu mening harakterimga aloqador bo’lsa kerak, yana bilmadim.
Xulosa qilib shuni ayta olaman-ki har bir insonda u o’zi sevib shug’illanadigan mashg’ulot bo’lishi kerak va bundan bu inson hech qachon zerikmasligi, undan dam olishi, rohatlanishi lozimdir. Ha yana kasb va xobbi bular bir biriga bo’g’lik bo’shi shart emas. Aksincha bular boshqa-boshqa bo’lsa inson hayoti yanada qiziqarliroq va rang barang bo’ladi. Ha aytgancha bu mening fikrim edi. Sizning hayotda, hayotga qiziqtirib turadigan mashg’ulotingiz bormi. Bor bulsa juda yaxshi siz endi anashu xobbi haqida bir o’ylab ko’ring-chi bu mashg’ulot sizni hayotga bo’lgan muhabbatingizni, qiziqishingizni, qanchalik uyg’otadi…


Usmonova Bibixonm El’bekjon Qizi.
Download 24,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish