O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: XOTIRANI O’QISH FAOLIYATIDA RIVOJLANTIRISH
TEKSHIRDI: ZAYNIDDINOVA Z.
BAJARDI: UROQOVA S.
SAMARQAND-2021
XOTIRANI O’QISH FAOLIYATIDA RIVOJLANTIRISH
Xotira — har bir inson uchun juda muhim omil. Yaxshi rivojlangan mnemonic xususiyatlar miyani rivojlantiradi va deyarli barcha vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish imkonini beradi. "Trendymen" xotirani mustahkamlashning ilmiy jihatdan isbotlangan bir necha usuli bilan bo‘lishdi. Miyamiz imkon qadar inkor qilishga harakat qiladigan oddiy omil. Uni tushunish mumkin: tabiat kutilmagan xavflarga qarshi tura olishi uchun aqliy salohiyatni maksimal saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun o‘qilganlarning umumiy konsepsiyasigina emas, mantiqiy tuzilmasini ham yaxshi tushunish juda qiyin kechadi, biroq natijalar ham shunga yarasha salmoqli bo‘ladi. Edinburg qirollik kolleji aspirantlari diplom ishlari doirasida mnemonikani rivojlantirishning eng yaxshi usullariga bag‘ishlangan mavzuda tadqiqot o‘tkazishdi.Tadqiqot natijalaridan ko‘r-ko‘rona yodlashning mutlaqo ahamiyatsiz ekani ma'lum bo‘ldi: material ishtirokchilar xotirasida ikki haftadan ortiq saqlanmagan. Qat'iy nazorat ostida taklif qilingan materialning har bir so‘zini yaxshi tushungan qatnashchilar esa, bir yildan so‘ng o‘tkazilgan nazorat imtihonlarida ham uni yodda saqlab qolishgani ma'lum bo‘lgan.
Sog‘lom ovqatlanish - bu, albatta, juda yaxshi odat. Iste'mol qilingan har bir
yegulikni doimiy nazorat qilish istiqbolda butun organizmga, shu jumladan miyaga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri ovqatlanuvchi kishilarning aksariyati yuqori kognitiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, hamma narsada istisno bo‘lgani kabi bunga ham kafolat yo‘q. "Zararli" yegulik (qand miqdori yuqori bo‘lgan) biror narsani tezroq yoki aniqroq yodlashga yordam berishi mumkin. Asosiysi, shokoladni shirin qahva bilan iste'mol qilish: masalan, o‘qish jarayonida. Harvardda faoliyat yurituvchi fiziolog, Richard Dokuollaning tadqiqotlari shirinlikdan tiyilmagan guruhdagilarning mnemotik xususiyatlari yuqori bo‘lishini ko‘rsatgan. Odatiy rejimda respondentlar sog‘lom parhezga rioya qilishgan, faqat asosiy vaqtlarda shirinliklar iste'moliga yo‘l qo‘yilgan. Yangi materialni o‘rganishga qancha harakat qilsangiz, natijasi shuncha salmoqli bo‘ladi. Masalan, osongina yodlangan she'r, hoynahoy, anchagacha xotirada saqlanib qolsa kerak. Nyu-Yorkdagi Pratt instituti sotsiologlari tomonidan shunday xulosani tasdiqlovchi tajriba o‘tkazildi. Ikki qismga ajratilgan talabalar guruhiga bir xil
vazifa berilib, uni ikki xil usulda bajarish talab etildi. Birinchi guruh a'zolariga
ma'lumotlarni yodlab qolishga ko‘p vaqt sarflamaslik imkoni berilgan –faqat yakuniy natija baholangan. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa ma'lumotlarni yodlashga muayyan vaqt sarflashlari kerak bo‘lgan. Oraliq ma'lumotlar deyarli bir xil bo‘lgan: bir necha kun o‘tgach ikki guruh a'zolari ham bir xil darajada imtihon topshirishga muvaffaq bo‘lishgan. Bir oydan keyin, ya'ni tajribaning so‘nggi
bosqichida natijalar kutilmagan tus olgan. Ma'lum bo‘lishicha, barcha ma'lumotlarni yodlagan talabalar o‘tilgan kursning deyarli barini eslab qolishgan. Ikkinchi guruh qatnashchilari esa savollarning bor-yo‘g‘i 15 foiziga to‘g‘ri javob bera olishgan. Natijalarni birgina maqol bilan ifodalash mumkin: "Mehnatning tagi - rohat".Sinab ko‘ring, bu haqiqatan ish beradi. Oxirgi marta talabalik davringizda qo‘lda yozganingizning ahamiyati yo‘q. Bu ko‘nikmani tiklash kerak. MIT'ning nazariy fizika kafedrasi aspirantlari, ya'ni allaqachon ruchkani klaviaturaga almashtirgan yoshlar orasida shu mavzudagi tadqiqot o‘tkazildi. Berilgan materialni bir necha marta o‘qish va uni qo‘lda yozib chiqishni o‘z ichiga olgan tajribadan atigi ikki oy o‘tib, bu usul o‘z samarasini berdi. Ruchkani boshqaruvchi barmoqlarning mayda motorikasi ishtirokchilarning mnemonik xususiyatlariga juda ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Olingan natijalar tadqiqotchilarga xotirani mustahkamlashning mukammal algoritmini tuzish imkonini bergan: materialning har bir so‘ziga diqqat qilib, matnning mantiqiy bog‘liqligini tushunib, ikki marta o‘qib chiqish kerak bo‘lgan. Shundan keyin uni original manbadan bir marta to‘liq qo‘lda yozib chiqish, so‘ngra asosiy joylariga e'tibor qaratib, maqolaga taqriz yozish talab qilingan. Yana bir marta o‘qib chiqib, oxir-oqibat matnni original manbaga qaramay, so‘zma-so‘z yozib chiqish talabi qo‘yilgan. Bu qiyindek
eshitilishi mumkin, boz ustiga bunga ancha vaqt ham ketadi. Shunday bo‘lsa-da,
natija aniq: u uzoq vaqtgacha xotirangizda saqlanib qoladi. Va'da qilingan mukofotni kutuvchi ong osti tizimi ma'lumotlarni aniq va puxta yodda saqlab, avtomatik ravishda kulrang moddaning barcha resurslarini ishga soladi. Yana bir muhim jihat: orada "sinib qolmaslik" kerak. Faqat uch sahifani yodlaganingizdan keyingina klubga borishni va'da qildingizmi - bajaring. Yuqorida qayd etilgan usullar juda murakkab va zerikarlidek tuyuladi. Shunday ham deylik. Aksariyat
barchasiga hech qanday qiyinchiliksiz, osongina erishishni xohlaydi. Bunday
insonlar uchun ajoyib maslahat: mo‘jiza ro‘y berishiga umid qilishda
charchamang...
Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.
Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.
Xotirani yaxshilovchi va o’z navbatida uni susaytiruvchi omillar bor. Keling, xotira bilan bog’liq muammolar haqida gaplashamiz.Nega susayadi?Buning bir qancha sabablari bor:♦ noto’g’ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash…♦ bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi♦ nafas yo’llari va o’pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi.♦ miya chayqalib, lat yeyishi♦ stresslarâ
Do'stlaringiz bilan baham: |