§ JINOYATLARNI TERGOV QILISH FAOLIYATIGA PSIXOLOGIK
TAVSIF
Respublikamizda hozirgi siyosiy ahvol, jinoyatchilikning o‘sishi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari zimmasiga mas’ul vazifalarni yuklamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tinchlik-osoyish- talik har bir insonga daxldor bo‘lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lmog‘i kerak», degan so‘zlari bejiz emas, albatta.
Shuning uchun ham jinoyatchilikka qarshi kurashishda, uning oldini olishda xalqimiz psixologiyasidan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqishimiz kerak.
Dastlabki tergovni o‘tkazish ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi va ularning obyekti hisoblanadi. Masalan, kriminalistika, tezkor-qidiruv, pedago- gika, jinoyat protsessi muammoga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va o‘rganadi Tergov tergovchi va jinoyatchi o‘rtasidagi psixologik qarama-qarshilik bo‘lib, bunda jinoyatchi tomonidan yashirilgan narsani tergovchi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qidirib topishlari kerak bo‘ladi.
Yuridik psixologiya dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov harakatlarining psixologik aspektlarini boshqa fanlar bilan bog‘langan holda tadqiq etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. Biroq sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi uchun dastlabki tergov deb ataladigan tayyorgarlik ishlari talab qilinadi.
Dastlabki tergovning vazifalari quyidagilardan iborat:
jinoyatni ochish - jinoyat hodisasini va jinoyatchi shaxsini aniqlash;
dalillarni mustahkamlash, tekshirish va dastlabki tartibda baholash. Bundan maqsad aybdorni sudga topshirish, ya’ni uning bir tomondan aybiga muqarrar bo‘lishiga, boshqa tomondan esa yetarlicha asoslarga ega bo‘lishga erishishdir.
Tergov faoliyatining maqsadi - asosiy ijtimoiy qadriyatlarni huquqiy qo‘riqlash, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish chog‘ida haqiqatni aniqlash, aybdor shaxslarni sudga topshirish. Shu bois tergovchi shaxsining kasbiy-psixologik sifatlari uning faoliyatiga xos ijtimoiy- siyosiy, axloqiy va psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq.
Tergovchi faoliyatiga tergov vositalari va muddatlarining protsessual jihatdan tartibga solinganligi, ijtimoiy vazifasining shakllanganligi; muayyan bilish-izlash faoliyati; harakatlarining tezkorligi va niqoblan- ganligi; manfaatdor shaxslarning ehtimol tutilgan qarshiliklarini yengishga yo‘nalganligi; hokimiyat vakolatlarining mavjudligi, keng miqyosdagi ijtimoiy kommunikativlik (kirishimlilik), qabul qilinadigan qarorlar uchun nihoyatda katta shaxsiy mas’uliyat kabi xislatlar xosdir.
Tergovchi faoliyati psixologik tuzilishining asosiy hal qiluvchi elementi uning xilma-xil faktlarni to‘plash va tekshirish borasidagi bilish faoliyatidir. Ushbu faktlar asosida u o‘tmishda bo‘lgan voqeani, ushbu hodisa bilan bog‘liq turli shaxslarning barcha o‘zaro munosabatlarini to‘liq tiklaydi, jinoyat sodir etgan subyektning shaxsini bilib oladi. Aynan dastlabki tergovda o‘tmishda sodir etilgan jinoyatning modelini yaratish jarayoni amalga oshiriladi.
Tergovchi faktlarni to‘plash jarayonini boshlar ekan, ko‘pincha ushbu ma’lumotlarni to‘plash qanday natijaga olib kelishi mumkinligini bilmaydi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeaning to‘liq fikriy modelini tasavvur eta olmaydi. Bilish faoliyatining bu xususiyati olingan ma’lumotlarni to‘plash, tanlash va baholashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi, u yoki bu faktlarning tabiati va haqiqiy qadr-qimmati, alohida faktlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa masalasida nihoyatda ko‘p va turli-tuman tusmol- lar (taxminlar)ni ilgari surish va tekshirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Tergovchining faoliyatida mavjud axborotni tushunish, uni izlash, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash uchun sharoit yaratadigan kriminalistik bilimlar va tajriba katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilim va tajriba tiklovchi xayolotni faollashtirish uchun ham zarur hisoblanadi.
O‘tmishdagi voqeani bilish doimo ayni paytda faktlarga asoslanadi. Shu sababli mavjud faktlar va hodisalarning bo‘lib o‘tgan voqea bilan o‘zaro aloqalarining fikriy modellarini qurish zarurati yuzaga keladi. Bilish jarayoni o‘rganilayotgan faktlar, hodisalarni tekshirish va baholashga qaratilgan amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan obyektlar bilan keng miqyosdagi eksperimentlar o‘tkaziladi67. Dastlabki tergovda bilish jarayoni axborot kelib tushishining muayyan tartibsizligi bilan ajralib turadi. Jinoyat tadqiqot predmeti sifatida murakkab va ko‘p qirrali hodisadir va hech bir shohid barcha elementlarni, ya’ni tayyorgarlik harakatlari, ishtirokchilarning til biriktirishi, subyektiv tomoni - harakat bilan uning natijasi o‘rtasidagi sababiy aloqa, jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va boshqalarni mushohada etishi mumkin emas. Bularning bari birgalikda boshqa faktlar orqali aniqlanadi (isbotlanadi)68. Umuman olganda, dastlabki tergov nazariy bilish faoliyati emas, balki jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan amaliy faoliyat. Qonun nafaqat tergov harakatlarining ayrimlarini tartibga soladi, balki butun tergovning muayyan tartibini belgilaydi.
Odillik, xolislik, ayblovga yon bosishdan qochish, qonunni og‘ishmay amalga oshirish - tergov faoliyatining asosiy talablari.
Tergov faoliyatining vazifalari nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadiki, ularning to‘g‘ri hal qilinishi tergovchidan turli-tuman xislatlar, ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi. Tergovchiga tibbiyot va pedago- gika, tovarshunoslik va buxgalteriya, transport va psixologiya singari turli sohalardan olinadigan maxsus bilimlar kerak. Bu bilimlarni tergovning murakkab vaziyatlarida qo‘llash uchun ular muayyan tartibga solingan bo‘lishi zarur. Tergovchi u yoki bu tergov harakati davrida amal qiluvchi obyektiv psixologik qonuniyatlardan samarali foydalanish uchun yana uni shaxsni diagnostika qilish hamda axborot olish va qayta tarbiyalash maqsadida unga ko‘rsatiladigan psixologik ta’sirni uyushtirishga qaratilgan psixologik dasturga ham ega bo‘lishi lozim69.
Tergov faoliyatiga jinoyat ishining muvaffaqiyatli tergov qilinishidan manfaatdor bo‘lmagan shaxslarning qarshilik ko‘rsatishini yengish xosdir. Aybdorlarning tergovchining jinoyatni tergov qilish va ochishga qaratilgan faoliyatiga uyushgan holda qarshilik ko‘rsatishi ushbu faoliyatni jiddiy qiyinlashtirishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Bundan avvalo jinoyatchining o‘zi eng ko‘p darajada manfaatdor. U odatda butun kuchini sarflab tergovchiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Bu borada u xilma-xil nayranglarni ishlatadi: shantaj, aldash, tuhmat qilish, qalbakilashtirish, guvohlarni sotib olish kabi u qo‘llaydigan vositalarning ushbu to‘plami amalda hech cheklanmagan. Tergovchi faqat qonuniy hamda axloqiy jihatdan nuqsonsiz vositalardangina foydalanishga haqlidir.
Tergovchi taktik usullardan, jumladan psixologik reagentlarni qo‘l- lashga asoslangan, foydalanish huquqiga ega. Ushbu reagentlar ulardan foydalanishning haqiqiy yoki niqoblangan maqsadlari belgisiga ko‘ra muayyan tartibga solinishi mumkin (masalan, qo‘qqisdan ishga solish omilidan foydalanishga asoslangan tergovchi harakatlarining haqiqiy maqsadlarini oshkor etmaslikka asoslangan; gumon qilinuvchida uning ishtirokchisi fosh etilganligi haqida tasavvur hosil qilishga asoslangan; gumon qilinuvchining «maqsadga muvofiq» harakatlari haqidagi fikrni singdirishga asoslangan va h.k.). Biroq psixologik reagentni muvaffaqiyatli qo‘llashga haddan tashqari yuqori baho bermaslik kerak. Bu tergovchidan ayblanuvchining har qanday ko‘rsatmalarini puxta tekshirish, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun barcha choralarni ko‘rish, o‘z harakatlarini huquqiy va axloqiy qoidalar bilan qat’iy muvofiqlash- tirish majburiyatini soqit qilmaydi70.
Tergovchi va manfaatdor shaxslar holatidagi tengsizlik manfaatdor shaxslar qaysi holatlarni yashirish ma’qulligini bilishlari bilan ham bog‘liq. Ayni vaqtda tergovchi ish yuzasidan aynan nima aniqlanishi kerak va mumkinligi xususida nihoyatda kam tasavvurga ega bo‘ladi. Tergovni o‘tkazayotgan shaxs jinoyat izidan borar ekan, doimo «voqealar ortida» bo‘ladi. Jinoyatchi esa doimo vaqt va tashabbusda muqarrar ustunlikka ega bo‘lib, tergovchini nihoyatda qiyin vaziyatda harakat qilishga majbur etadi.
Bularning bari tergovga kurash tusini beradi, ushbu kurash ba’zan nihoyatda keskin shakllarga kiradi. Xavfli vaziyatlarni yengish, tergov- chining yo‘lida atayin yaratiladigan to‘siqlarni bartaraf etish zarurati tergovchida turli hissiy reaksiyalarni yuzaga keltiradi, undan doimiy irodaviy zo‘riqishni va kuchli aqliy faoliyatni talab etadi71.
Tergovchining kasbiga xos xislatlar orasida aqliy, irodaviy va kommunikativ xislatlar birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tergovchining asosiy vazifalaridan biri yuzaga kelgan nizoli vaziyatni hushyorlik bilan baholashdir. Bunda esa uni tizimli tahlil qilish yordam berishi mumkin. Tergovchi unga ko‘rsatilayotgan qarshiliklarni inobatga olishi lozim, ular xolisona tergov qilishga xalal beradi. Tergovchi muayyan yo‘lni tanlar ekan uning harakat strategiyasi ushbu vaziyatda eng yaxshi strategiya ekanligini ko‘rsatadigan asosga ega bo‘lishi, o‘z tanlovini mustahkamlashga, miqdorga oid ma’lumotlar bilan asoslashga harakat qilishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, tergovga faqat kurash xos emas, haqiqiy tergovchi uchun yanada ko‘proq darajada so‘roq qilinayotgan shaxsga nozik psixologik ta’sir ko‘rsatish xosdir. Bundan maqsad jinoyatni ochish va jinoyatchilikning oldini olish uchun ushbu shaxsning holatini va hatto harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdir.
Yuridik adabiyotlarda tergovda «psixologik reagent»dan foydalanish bilan bog‘liq taktik usullar qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Bunday reagentlar vazifasini narsa, inson, fakt, hodisa, xabar bajarishi mumkin. Ushbu usulning mohiyatini gumon qilinuvchiga reagent, ya’ni biror yolg‘on fikrga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitda potensial psixologik ta’sir ko‘rsatilishi tashkil qiladi. Bunda aybsiz odamga u farqsiz bo‘ladi, aybdor ongida esa u jinoyat bilan bog‘lanadi va tegishli psixologik reaksiyani keltirib chiqaradi. Ushbu reaksiya ko‘pincha tashqaridan ham ko‘rinib turadi72.
Tergov jarayonida maxsus bilimlarni ishlatishning eng muhim shakllaridan biri tergovchi tomonidan jinoyatlarni tergov qilganda, ya’ni jinoyat voqeasi va uni sodir etgan shaxslarni aniqlashda, bevosita tegishli faktik ma’lumotlardan foydalanish alohida o‘rinni egallaydi.
Tergovni olib borishda ko‘p hollarda voqeadagi mujmallik va har xil subyektiv sabablar kriminalistikadan, sud meditsinadan mutaxassislarni jalb qilishni taqozo etadi, ikkinchi tomondan mutaxassisning fikri shartdir. Bunday shaxslar shu sohada maxsus bilim va tajribaga ega bo‘ladi.
Tergov jarayoni psixologik tahlil obyekti sifatda quyidagilarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |