§ TERGOV HARAKATLARINI ISHLAB CHIQISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNI HISOBGA OLISH
Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish demakdir.
Yurisprudensiyada voqea sodir bo‘lgan joy - jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor deb qaraladigan joy. Ko‘rsatmalarni joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘li- shiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi.
Tergov harakatida jinoyat izining qalbaki ekanligini:
jinoyat izini ochiq-oydin qoldirib ketishi;
jinoyat sodir bo‘lgan joyda har xil jinoyat izini qoldirish;
jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari bekitilganining aniq ko‘rinib turishi bilan belgilanadi.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish kengroq maqsadlarga xizmat qiladi.
Birinchidan, so‘roq qilinayotgan shaxs voqea joyida bo‘lgan voqea- ning mexanizmini namoyish qilish, voqeani xotirada qayta tiklash, u haqida yanada to‘liq, har tomonlama va obyektiv ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish jarayonida tergovchi ko‘rsatmalarini faqat eshitibgina qolmay, balki ularni ifodalovchi harakatlarni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ko‘rsatilgan buyumlar, bino, yer uchastkalarini tekshirilayotgan ko‘rsatmalarga taqqoslash asosida yaxshiroq tushunib oladi.
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytari- lishida va natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatuvlari ifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari, xonadagi buyumlar, izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik holatlar ham qayd qilinadi. Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini o‘tkazishda albatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning, binoning, shaxs ko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina tekshiriladi va qayd qilinadi. Agar ko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan bo‘lsa, tekshiruv va tintuv vaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto ular tergov ishiga qo‘shib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga sharoit yaratadi. Masalan, gumondor shaxs qo‘lidagi pistoletni hojatxonaga tashlab yuborganini aytsa, tergovchi bu pistoletni hojatxonadan topgan va ishga ilova qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu ko‘rsatmaning to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning 7 ta holati mavjud:
voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;
yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;
xonalarni ko‘rish;
predmetlarni ko‘rish;
xonadagi hujjatlarni ko‘rish;
agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish;
pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:
tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish;
yig‘ilgan hujjatlarni fikran tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish;
voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil qilish.
Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |