Jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid kasbiy mahorat xodimdagi eng muhim jihatdir. Bu o‘rinda asosiysi xodimlarning kasbiy yo‘nalganligini, kasbiy faoliyatga nisbatan barqaror qiziqishini shakllantirishdir.
Bu, shuningdek, xodimlarda har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan kelishmovchilik, huquqiy normalarni so‘zsiz bajarishdan iborat barqaror odatni, kuchli haqiqat, adolat va qonuniylik hissini shakllantirishni taqozo etadi.
Maxsus operativ xizmat va tergov faoliyatining turli jihatlariga oid psixologik yo‘nalganlik xodimlarni psixologiya asoslari bilan tanishti- rishni, ularda faoliyatlarida odamlar, guruhlar psixologiyasini inobatga olish ko‘nikma va odatlarini shakllantirishni talab etadi. Tergov va operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatlarini tushunish xodimlarning o‘tkaziladigan tergov, operativ-qidiruv va boshqa harakatlardagi psixologik xususiyatlarni bilishlari va hisobga olishlarini taqozo etadi.
Kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuv- chanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantir- ishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurni rivojlantirishni qaror toptiradi.
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish mahorati hamda ko ‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini turli toifadagi fuqarolar (jabrlanuvchilar, guvoh- lar, gumon qilinuvchilar, maxsus hisobda turganlar va h.k.) bilan doimiy muloqotsiz tasavvur etish mumkin emas. Olinadigan operativ jihatdan muhim axborotning sifati xodimlarning ular bilan muomala qilish, psixologik aloqa o‘rnatish, ishonchli munosabatga kirishish qobiliyatiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, butun faoliyatning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish usullari va yo‘llarini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni o‘ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni yenga olish mahoratini shakllantirish kerak. Psixologik tayyorgarlik psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini yengillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi.
Tergov va operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirish ko ‘nikmalarini shakllantirish. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahoratini tashkil qiluvchi muhim tarkibiy qismlardan biri jinoyatlarni ochish yoki ularning oldini olish uchun zarur axborotni olish maqsadida rolga kirishish ko‘nikmalaridir. Shu bois psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar o‘zlarining ichki ishlar xodimi ekanliklarini, haqiqiy holatlarni, muloqotga kirishishdan ko‘zlagan maqsadlarini niqoblay olish mahoratini egallashlari kerak.
Fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta ’sir etishning psixologik usullarini qo ‘llash mahoratini shakllantirish. Fuqarolar bilan muomala qilish jarayonida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida odatiy holdir. Shu bois xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan odam- larga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, majburlash, rag‘batlan- tirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishlariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini tutishning turli taktik usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydalanish ko‘nik- malari ham shakllangan bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |