Kasbiy psixologiya


§. ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING ASOSIY KASBIY



Download 3,02 Mb.
bet81/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING ASOSIY KASBIY

PROFESSIOGRAMMASI

Ichki ishlar idoralari faoliyatining samaradorligini oshirishda xodimning shaxs sifatidagi fazilatlarining ushbu kasbga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko‘zga tashlanadigan insoniy sifatlarni keng qamrovli (kompleks) aks ettiruvchi ichki ishlar organi xodimi professiogrammasini yaratish ushbu faoliyat psixologik tahlilining asosiy talablaridan biridir.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy professiogrammasi quyidagi jihatlarni qamrab oladi:

  1. ijtimoiy faoliyat;

  2. surishtiruv faoliyati;

  3. kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati;

  4. tashkiliy faoliyat;

  5. dalillash faoliyati.

O‘zlariga biriktirilgan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning tashkilotchilari bo‘lgan tergovchi, tezkor xodim, profilaktika inspektori o‘z faoliyatlarini bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq holda olib boradilar. Bu faoliyat jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik talablar ishlab chiqish, huquqiy targ‘ibot olib borish, jinoyatchi xulq-atvorini ijtimoiy normalar talabiga bo‘ysundirish, jazoni o‘tab qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish (readaptatsiyalashtirish), ularni qayta tarbiyalash maqsadida shaxsga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan psixologik choralar tizimini yaratish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy professiogrammasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Surishtiruv faoliyati kasbga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ilk ma’lumotlarni yig‘ishni bildiradi. Tergovchi, tezkor xodim yoki profilaktika inspektori professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosi ayniqsa yuqoridir.

Biror-bir jinoiy ish bo‘yicha to‘plangan jami ma’lumotlarni joriy va yakuniy tahlil qilib, uni maxsus bilimlar, ma’lumotlarga tayangan holda turli tusmollar, farazlarni ilgari surish hamda shu asosda ishni rejalashtirish rekonstruktiv faoliyatning natijasi hisoblanadi.

Kommunikativ faoliyat aloqaga kirishish faoliyati bo‘lib, muomala jarayonida jinoyatni ochish uchun zarur bo‘lgan operativ ma’lumotlarni olishda qo‘l keladi. Ya’ni, dastlabki tergov jarayonida kerakli ma’lumot­larni to‘plashda katta ahamiyat kasb etadi.

Tashkiliy faoliyat sodir etilgan voqea, hodisalarga oid turli taxminlarni va ishchi rejalarni tuzish hamda amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan irodaviy xatti-harakatlardan iborat. U muayyan kasbiy masala­larni hal etish uchun o‘zini va shunga aloqador bo‘lgan mansabdor shaxslarni safarbar qilish singari omillarda namoyon bo‘linadi.

Dalillash faoliyati sodir etilgan jinoiy ish bo‘yicha olingan barcha ma’lumotlarni qonunda ko‘zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon (qaror, bayonnoma, hukm va hokazo tarzda) etishni bildiradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbining professiogrammasini tahlil qilishda tergovchi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki tergovchi professiogrammasida psixologik qonuniyatlar va mexanizmlar ko‘proq o‘z aksini topgan. Sababi, tergovchi tergov harakat- larining tashkilotchisi bo‘lib, mas’uliyatli qarorlarni qabul qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi va shu tariqa ko‘plab shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. Amaliy faoliyat undan hamisha diqqat-e’tibor, aniqlik va sarishtalikni talab etadi.

Tergovchi faoliyatining rekonstruktiv tomoni ma’lumotlarni qayta ishlash va qarorlarni qabul qilishda ko‘zga tashlanadi. Tergovchi ayni chog‘da juda ko‘p fanlarni, jumladan jinoyat-protsessual, jinoyat huquqi, kriminalistika, ballistika, psixologiyaga oid bilimlarni egallagan bo‘lishi zarur.

Tergovchi faoliyatida kommunikativlik, ya’ni muomalaga kirishuv- chanlik asosiy o‘rinlardan birini egallaydi, chunki tergovchi o‘ta murakkab vaziyatlarda muloqot olib borishi sababli unda muloqotga va rolga qirishish qobiliyatining yaxshi shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tergovchining dastlabki tergov ishlarini olib borishida dalillash faoliyatining ahamiyati katta. Chunki dalillash faoliyatining mohiyati tergovchi uchun izlab topilgan ma’lumotlarni yozma shaklda bayon etishdan iborat. Tergovchi dastlabki ma’lumotlarni tintuv, so‘roq, yuzlash- tirish va hujjatlarni tahlil qilish jarayonida to‘playdi. Jami ma’lumotlar tahlil qilinib, saralanib olingandan so‘ng tergovchi qonunda ko‘zda tutilgan tartibda bayonnomalar, qarorlar tuzadi.

Tergovchi shaxsi murakkab va serqirradir. Uning muayyan ijtimoiy vazifani bajarishi, ishida ko‘pincha emotsional-hissiy tazyiqlarga uchrashi, ba’zan unga turli-tuman salbiy hissiyotlar - hayiqish, achinish, qo‘rquv, nafrat, g‘azab ta’sir etib turishi undan muayyan jismoniy va psixologik hamda irodaviy zo‘riqishni talab qiladi.

Yuqoridagi emotsional holatlar ta’sirida vujudga keladigan zo‘riqish, asabiylashishni bartaraf etish uchun ijobiy taassurotlar zarur. Masalan, o‘z mehnatidan qoniqishi, jamiyat va insonlarga foydasi tegayotganligini anglash hissi shular jumlasidandir.

Jinoyatchilikka qarshi kurashning oldingi saflarida bo‘lgan jinoyat qidiruv bo‘limi xodimining faoliyati qotillik, o‘g‘rilik bosqinchilik, talonchilik kabi jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilishdan iboratdir. Uning faoliyati favqulodda vaziyatlarda, asabiy kechishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun jinoyat qidiruv xodimining ish faoliyati kuchli xotirani, sir boy bermaslik, o‘zini tuta bilish, tez va sovuqqonlik bilan qaror chiqarish, o‘ta hushyorlik va qat’iyatni talab etadi.

Tezkor xodimning ish faoliyati ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi, tezkor xodim tergovchi bilan voqea sodir bo‘lgan joyga chiqadi va u bilan birgalikda ko‘zdan kechirish, tintuv kabi tergov jarayonlarida qatnashadi.

Ikkinchisi, tezkor xodim o‘z kasbi va faoliyatidan kelib chiqib, turli psixologik usullarni qo‘llagan holda jinoyatchilarning g‘arazli niyatlarini bilib olishi va ularning amalga oshmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi. Bunday vaziyatlarda tezkor xodim maxsus usullar yordamida xavfli jinoyatchilarni, ularning turar joylarini, aloqalari va maqsadlari haqida zarur axborotlarni oladi. Kuzatish tezkor xodimda, faoliyatning asosiy shakllaridan biri sifatida, intellektual tafakkurning zarur shartlaridan biri bo‘lgan kasbiy kuzatuvchanlikni, boshqacha qilib aytganda, fahm- farosatni rivojlantiradi. Shu bilan birga, tezkor xodim intizomli, o‘ziga talabchan bo‘lishi, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirishi, ko‘ngilli yordamchilar va xabarchilarni tanlay bilishi va ularning yordamidan samarali foydalanishi darkor.

Tezkor xodim faoliyatining rekonstruktiv tomoni taxminni yaratishda muhim rol o‘ynaydi, jinoyat ko‘rinishining psixologik portretini tiklaydi, jinoiy ish yuzasidan asosiy farazlarni ishlab chiqadi va qidiruv ishlarini rejalashtiradi. Tezkor xodim mehnat faoliyati mobaynida aql-idroki, amaliy tafakkuri bilan ajralib turadi. Xodim faoliyatining ahamiyatli tomoni shundaki, u jinoyatlarning oldini olishga intilishi, o‘z hududida hisobda turadigan shaxslarning jinoiy ishlariga g‘ov bo‘ladigan vaziyat- larni yuzaga keltirishi lozim. Buning uchun u odamlar bilan tez til topishishi, lozim paytda aktyorlik qobiliyatini namoyon etishi, o‘zgaruv- chan sharoitni e’tiborga olishi, topqirligi va irodasiga tayanishi, qonun doirasida majburlashni qo‘llay olishi darkor.

Ma’lumki, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini profilaktika (jinoyatlarning oldini olish) inspektorlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Profilaktika inspektorining asosiy vazifasi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, o‘z hududida hisobda turadigan fuqarolarni nazorat qilish hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishdan iborat.

Profilaktika inspektori ijtimoiy faoliyati jarayonida davlat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarni o‘z hududida targ‘ibot va tashviqot qiladi, o‘z hududidagi jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolarni hisobga oladi va jinoiy jazoni o‘tab kelgan shaxslarni qayta tarbiyalashda hamda nosog‘lom oilalar bilan profilaktik ishlarni olib borishda katta rol o‘ynaydi.

Profilaktika inspektorining tashkiliy faoliyati quyidagilardan iborat: o‘z hududidagi aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish; iqtisodiy nochor oilalarga, boquvchisi yo‘q fuqarolarga yordam berish ishlarini tashkillashtirish, fuqarolar tomonidan berilgan ariza va shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etishdir.

Profilaktika inspektorining kommunitkativ faoliyati o‘z hududidagi aholi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish, aholisi gavjum hududlardagi fuqarolarning kayfiyatlarini o‘rganish va ularga do‘stona munosabatni namoyon etishdan iborat.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish