6-MAVZU. TABIIY GEOGRAFIYANING TAMOYILLARI
Geografiya fani turli ko‘lamdagi hududlarni (geotizimlarni) o‘rganish davomida quyidagi tamoyillarga tayanishi va unga amal qilishi shartdir.
1. Hududiylik tamoyili. Har bir hudud o‘ziga xos voqelikdir. Har bir hudud boshqasidan o‘zining tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari bilan boshqa joylardan farqlanadi. Ko‘lami katta bo‘lgan еrlarda esa farqlanish ortib boradi. Hududiing tabiiy xususiyatlari farqlanar ekan, uning bag‘rida bunyod etilgan iqtisodiy-ijtiomiy tizimlar ham farqlanadi, Ushbu farqlanishlarni to‘lig‘icha bartaraf qilib bo‘lmaydi. Mazkur farqlanishlarni o‘rganish va ularning mohiyatiii ochib berish geografiya fanining "noni"dir,. aks holda geografiya fani bo‘lmas edi. Shu bois hududiy yondanshuvsiz geografiya fani yo‘q, desak, haqiqatii aytgan bo‘lamiz.
2. Majmualilik va sintezlilik tamoyili, Bu xududiy muammolarni har tomonlama o‘rganish demaqdir. Har bir hudud, uni tashkil qilgan unsurlarning modda, energiya va axborot almashinuvi tufayli bir-biri bilan bog‘langan bir butun geotizimdir. Demak, geotizim murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik borliqdir. Uni o‘rganish ham majmuali yondashuvni talab qiladi. "Tizimli yondashuvsiz geografiya yo‘q", desak to‘g‘ri bo‘ladi, aks holda tadqiqotlar geografik mohiyatini yo‘qotadi va bir: yoqlamalikka yo‘l qo‘yiladi. Majmuali yondashuv hududning geologiyasidan tortib ma’naviyatigacha, hatto kelajak rivojlanishigacha bo‘lgan muammolarni qamrab oladi va sintez asosida yakunlanadi. Shu boisdan ham "geografiya - hududlar falsafasi", degan xulosaga kelish bejiz emas (Nazarov, 2006).
Hududiylik, majmualilik va sintezlilik geografiyaning boshqa fanlarda bo‘lmagan nodir xususiyatlaridan hisoblanadi.
3.Tarixiylik tamoyili (Bu o‘rinda hududning paleogeografik rivojlanish tarixi ham ko‘zda tutiladi). Geografiya zaminni o‘rgansa, tarix zamonni o‘rganadi. Zaminu zamon esa qo‘sh birlikni tashkil qiladi. "Tarix -o‘tgan kunlar geografiyasi, geografiya esa bugungi kunning tarixidir" degan hikmatli ibora bor. Hududlar ham tarixiy davr davomida o‘zgaradi. Tabiatda tinim yo‘q. Bu dialektik qonun. Tabiat doimo harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda. Tarix - o‘tmishning oynasi, kelajakning ustozidir, deyiladi. Mashhur paleogeograf, akademik K.K.Markov: "Geograflar o‘tmishni hozirgi davr uchun o‘rganadi, geologlar esa o‘tmish uchun o‘rganadi" yoki "Er yuzasiniig o‘tmishi geograflar uchun, uning hozirgi manzarasini bilish uchun kalitdir", -deb ta’kidlagan edi (Markov, 1986, 114-115-bet.)
Masalan, Zarafshon daryosining deltasida joylashgan cho‘l-yaylov landshaftlarining asosiy maydonlari qum-chag‘illi allyuvial yotqiziqlaridan iborat. Bular quyi, o‘rta va qisman yuqori to‘rtlamchi davrda to‘plangan. Hozirgi kunda bu еrlarda Paleo-Zarafshon tarmoqlarining quruq o‘zanlari saqlanib qolgan, xolos. Mazkur paleogeografik haqiqatni bilmay turib ushbu landshaftlar negizini va kelajagini bashorat qilib bo‘lmaydi. Xuddi shunday tarixiy yondashuv iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarni o‘rganish va ularni oqilona tashkil qilish uchun ham zarur. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" degan iboraning mohiyati ham shu xulosani taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |