Dunyoviy muammolar va ularni bashoratlash
Bugungi kunda insoniyat oldida o‘z еchimini kutayotgan qator muammolar turibdi. Rus olimlari S.B.Lavrov, Yu.N.Gladkov (2000) quyidagilarni eng muhim deb hisoblaydilar: tinchlikni saqlash, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, energetika, xom-ashyo, dunyo okeani, madaniyat va odob inqirozi, sog‘likni saqlash, ishlab chiqarishdagi halokatlar, jinoyatchilik va terrorizm, demokratiyani taqchilligi, urbanizatsiya, millatlararo munosabatlar, demografiya, oziq-ovqat, qoloqlik va nihoyat ekologik muammolar.
Mazkur muammolar fanlararo mazmuniga ega bo‘lsa-da, geografiya fanining vazifalariga yaqin turadi. Kompleks mazmunga ega bo‘lgan bu fanning o‘rganish ob’ektlaridan biri geografik qobiqdir. Bundan tashqari, ozon muammosi, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish kabi dunyoviy muammolar borki, ular bevosita geografiya faniga taalluqlidir.
Insoniyatning dunyoviy muammolariga e’tibor va uni ilmiy o‘rganish hamda bashorat qilishni ilk bor AQSh olimlari boshlab bergan desa to‘g‘ri bo‘ladi. Bu borada 1946 yilda еtakchi ishbilarmondar, Stenford universiteti olimlari bilan birgalikda Stenford tadqiqot institutini tashkil qiladilar. 1966 yilda Vashington shahrida "Dunyoning kelajagani o‘rganuvchi jamiyat"ga asos solingan Xullas, XX asrning 60 - yillarida AQShda insoniyatning dunyoviy muammolarini o‘rganadigan 15 ta yirik institut va tashkilotlar yuzaga kelgan.
Shu yo‘sindagi tashkilotlardan biri 1968 ymli italiyalik sotsiolog, yirik jamoatchi-FIAT konsernining boshqaruvchisi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan tashkil qilingan "Rim klubi"dir. Mazkur klubning Rim shahrida asos solinishi bejiz emas. Chunki Rim shahri insoniyatning eng qadimga madaniy-ilmiy markazlaridan biridir.
Dunyo hamjamiyatining xohlagan hududiy qismi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z ulushini qo‘shishi mumkin. Mualliflar boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq mustaqil ravishda hozirgi kunda ommaviy tus olgan barqaror rivojlanish g‘oyasini ilgari suradilar. Bundan tashqari, quyidagi tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalardan amerikalik Dj.Forrester (1971), M.Mesarovich va E.Pestel (1974), E.Laslo (1978) gollandiyalik Yan. Tinbergen (1975) va A.Pechchei (1977) kabm olimlarning izlanigsh1ari e’tiborga loyiq.
Rim klubi dastlab jamiyat va tabiat o‘rtasidagi qarama - qarshiliklarga e’tiborni qaratgan bo‘lsa, keyinchalik sotsial muammolar uning asosiy e’tiboriga aylandi.
Amerikalik geograf-olim S. Koen dunyoning siyosiy kartasida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bashoratlaydi. Uning fikricha, dunyoning siyosiy-ma’muriy bo‘linishi bundan keyin ham davom etadi. 20-30 yildan so‘ng mustaqil davlatlarning soni taxminan 300 taga еtadi. Ular 1900 yilda 57 ta, 1938 yilda 71 ta, 1959 yilda 92 ta, 2000 yilda 193 ta bo‘lgan. S.Koen bashorati bo‘yicha Yevropada Flandriya, Valloniya, Bretan, Uels, Shotlandiya, Kataloniya, Basklar davlati, Osiyoda - Mindanao oroli, Panjob, Tibet, Afrikada- Katanga, Shimoliy Amerikada - Fransuz Kanadasi kabi mustaqil davlatlar paydo bo‘ladi. Avstraliya, Afg‘oniston, JAR, Sudan, Braziliya, Meksika, qisman esa Rossiya, -Xitoy parchalanishi mumkin. Dunyoning siyosiy - ma’muriy bo‘linishiga asosiy sabab milliy uyg‘onish, siyosiy o‘z-o‘zini boshqarishga, millmylikka intilishdir. Asarda "Boy - Shimol " va "Kambag‘al -Janub", hamda Yevropa - Amerika va islom dunyolari o‘rtasidagi munosabatlar ham tilga olingan (Maksakovskiy,
Bundan tashqari, Rossiya olimlari tomonidan global ekologik muammolarni bashoratlashga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlar o‘ziga xos (Milkov, 1990; Gorshkov, 1986). Yu.P.Seliverstov sodir bo‘layotgan dunyoviy ekologak muammolarga optimistik ruhda yondashadi, Uning fikricha, biosfera insoniyat tomonidan tabiatga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish qobilyatini hali yo‘qotgani yo‘q. Atmosfera tarkibini karbonat angidridi va zararli gazlar bilan to‘ldirilishida insoniyatning ulushi tabiiy jarayonlarga nisbatan juda kam. Ular samyoramiz va uning tarkibiy qismlari uchun xavflm emas. Global ekologik inqiroz yo‘q, u Rossiya Federatsiyasi miqyosida ham namoyon emas, faqat ayrim mintaqalarda qisman xavf mavjud. Insoniyatning rivojlanishi jarayonida tabiat bilan uyg‘un yashash tamoyiliga erishmoq lozim, deb xulosa qiladi olim (Seliverstov, 1995).
Do'stlaringiz bilan baham: |