6-mavzu. Tabiiy geografiyaning tamoyillari geografiya fani turli ko‘lamdagi hududlarni (geotizimlarni) o‘rganish davomida quyidagi tamoyillarga tayanishi va unga amal qilishi shartdir. Hududiylik tamoyili


Geografik bashoratlash metodologiyasi va usullari



Download 64,47 Kb.
bet8/12
Sana31.03.2022
Hajmi64,47 Kb.
#521581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-мавзу гео кириш

Geografik bashoratlash metodologiyasi va usullari
Barcha fanlarda bo‘lgani kabi geografik bashorat uchun ham metodologik asos birinchi navbatda falsafiy-dialektik qonunlar hisoblanadi. Dialektik qonunlarni ikki guruhga ajratadilar.
Birinchisi, borliqning doimo harakatda, ularni tashkil qilgan qismlarining modda, energiya tufayli o‘zaro bog‘liqligi va nihoyat bir butunliga. Ikkinchish, esa borliqnm, aniqrog‘i, geografik tizimlarning uzluksmz rivojlanishda ekanliga.
Bundan tashqari, umumgeografik va mintaqaviy qonuniyatlar (geografik qobiqning bir butunligi, zonallik, azonallik, sektorlik, davriylik, intrazonallik, ro‘paralilik - ro‘parasizliq, havza nazariyasi qonuniyati kabilar) ham bashoratlashda nazariy asos bo‘la oladi.
Tabiat va jammyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan kelib chiqadigan qonuniyatlar ham geografik bashoratlashda metodologak asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Yuqorida qayd qilingan qonuniyatlar juda katta harakatlantiruvchi kuchga ega. Bular rivojlanishning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun ilmiy - nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Geografik bashorat usullari. Usul - borliqni bilish vositasi. Geografik bashorat sohasida uzoq yillar xizmat qilgan olima T.V.Zvonkovaning ma’lumotlariga ko‘ra (1987), bashoratlashning 150 dan ortiq usullari mavjud, Bular orasidan amaliyotda 5-10 tasi kengroq qo‘llaniladi. Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz.
1. Mantikiy usul. Bunda mantiqiy fikrlash qudrati asosida bo‘lg‘usi jarayon, o‘zgarishlar bashorat qilinadi. Bu iiduktiv, deduktiv usullarni o‘z ichiga oladi, Induktiv usulda jarayon va hodisalarning bir-biriga bog‘lanish sabablari o‘rganiladi va xususiylikdan umumiylikka tomon xulosalanadi. Deduktiv usulda esa, bir butunlikdan xususiylikka tomon o‘zgarishlarga e’tibor beriladi. Mazkur usul bashoratlash strategayasini belgilab beradm. Induktiv - deduktiv usullar bir-biri bilan uzviy bogliq. Har qanday deduktiv xulosa induktivdan so‘ng nihoyasiga еtadi. Induktiv usul geografiya fani tarixida еtakchi bo‘lib kelgan bo‘lsa, hozirgi davrda matematik -mantiq usuli deduktiv usulning rmvojiga katta yo‘l ochmb berdi.
2. Tarixiy- genetik usul. Bunda jarayon va hodisalarning evolyusion rivojlanishi yo‘nalishini hisobga olib, bo‘lg‘usi o‘zgarishlarni bashorat qilish, ya’ni o‘tmishnm (retrospektiv) hisobga olib kelajakni (perspektiv) bashoratlash. "Tarix o‘tmishning oynasi, kelajakning ustozidir" degan tamoyilga amal qilish. "Er yuzasining o‘tmishi geograflar uchun uning hozirgi manzarasini bilish uchun kalitdir", -degan edi akademik K.K.Markov. Olimning bu xulosasiga qo‘shimcha qilib, ...o‘tmish, nafaqat hozirgi, balki kelajak manzarasini bilish uchun ham kalitdir, deyish mumkin. Bu usul ko‘p hollarda mantiqiy va ekstrapolyatsiya usullari bilan uyg‘unlashib ketadi.
3. O‘xshatish usuli (analogiya). Ma’lum joyda uzoq yillar davomida ro‘y bergan hodisa va jarayonlar asosida xuddi shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa joylarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodmsa va jarayonlarni bashoratlash demakdir, ya’ni ularning o‘xshashligidan foydalanib, qiyos qilib ikkinchi joyda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashoratlashdir. Bunday bashoratlar to‘laligicha o‘zini oqlamasada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayonlarning umumiy yo‘nalishini va bo‘lg‘usi oqibatlarni anglashga imkon beradi.
4.Statistik usul (statistik - matematik). Ushbu usul ekstrapolyatsiya usuliga o‘xshab ketsa-da, o‘ziga xosdir. Bunda raqamlarning aniqlik darajasi asosiy o‘rin tutadi.
5.Immitatsion modeldashtirish usuli ham bashoratlashda qo‘l keladi. Bu murakkab jarayonlarni mashinada, chizmalarda, qurilmalarda namoyon etilishi. Ya’ni asliga o‘xshatib yasalgan narsa, qurilmalardan foydalanib, bo‘lg‘usi jarayon va hodisalarni bashorat qilish mumkin.
6. Ekstrapolyatsiya usuli. Ekstrapolyatsiya (lot. ekstra -tez, rolio -to‘g‘rilayman) - biror hodisaning bir qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shu hodisaning boshqa qismiga, kelgusiga tadbik, etishni anglatadi. Bu usulda hozirga vaziyatdan kelib chiqib kelajak bashorat qilinadi. Buni ba’zan genetik - tarixiy usul ham deyiladi. Ayni davrga tegishli statistik ma’lumotlar kelajakka tomon yilma - yil surilib boriladi. Demografiyada bu ish "demografik surish usuli" vositasida amalga oshiriladi. Ekstrapolyatsiya ichki imkoniyatlarga asoslanadi. Unda tashqi omillar hisobga olinmaydi. Shu boisdan ayrim tadqiqotchilar bu usulni "ko‘r" usul deb ataydilar.
7. Ekspert usuli. Ekspert lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, "tajribali", "yuqori malakali mutaxassis" ma’nosiga ega. Odatda ekspertlar yirik muammolarni o‘rganish, bashoratlash uchun jalb qilinadi, Masalan, fan va texnika taraqqiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish, mintaqaviy iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, urbanizatsiya jarayonlari kabilarni bashoratlash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinadi. Ular bir-birini tanishi shart emas. Bunda har bir mutaxassis o‘z tajriba va malakasidan kelib chiqib muammoning kelajagiga oid fikrlarini erkin xolis bayon qiladi. Ekspert usulini qo‘llashda ikkita yondashuv mavjud.
Birinchisi, individual - shaxsiy, ya’ni "ekspert -hisobot" tarzida bo‘lib, kun tartibidagi muammo bo‘yicha ekspert o‘zining erkin xolisona fikrini bildiradi. Ikkinchisi, jamoa usuli, bunga 10 tadan 200 tagacha ekspertlar jalb qilinadi. Bu "delfiy" usuli sifatmda 1964-1965 yillarda AQShda ishlab chiqilgan bo‘lib, u bir necha bosqichdan iborat. Har bir ekspert kun tartibiga qo‘yilgan muammo bo‘yicha anketa savollariga alohida yozma javob qaytaradi. To‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan bu tanlov jarayoni oxirida eng yuqori reyting ballariga ega bo‘lgan fikr va xulosalar (variantlar) qabul qilinadi. Mazkur bashoratlarning aniqlik darajasi 2/3 qismni tashkil qiladi.
Xullas, bashorat usullarini takomillashtirish, dunyoviy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni bashoratlashning amaliy ahamiyatini chuqur anglash, uning aniqlik darajasini oshirish kabi vazifalar davr talabi hisoblanadi.



Download 64,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish