Mintaqaviy geografik bashoratlar
Bunga tabiiy jihatdan o‘ziga xos, bir butunlikka ega bo‘lgan, yirik hududlar va alohida davlatlar doirasidagi geografik bashoratlar kiradi. Qayd qilish jomzki, bu borada to‘laqonli umumgeografik mazmunga ega bo‘lgan bashoratlar juda kam. Lekin geografiya faniga tetashli tarmoq fan sohalari bo‘yicha e’tiborga loyiq tadqiqotlar amalga oshirilgan va ularga e’tibor ortib bormoqda.
O‘rta Osiyo iqlimining bilimdoni M.I.Budikoning (1988) bashoratlariga ko‘ra, Turkisgonda iqlimning tabiiy o‘zgarishi sababli namgarchilik ortadi. XXI asrning o‘rtalariga kelib yog‘inlar miqdori qariyb 2 barobar ko‘payadi va natijada Turkiston cho‘llari namgarchilik bo‘yicha janubiy Ukrainaga o‘xshab ketadi. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar tabiat zonalarining chegaralariga ham ta’sir etmay qolmaydi (Zokirov, 1998, 56-bet). Lekin qayd qilish joizki, nufuzli olim M.I. Budikoning bu bashoratlari hozirgi davrda o‘z isbotini topmayotir, aksincha O‘rta Osiyoda cho‘llanish jarayoni xuruj qilmoqda.
Ma’lumki, keyinga yillarda Yer shari va ayrim mintaqalarda iqlimning o‘zgarib borayotganliga uning salbiy oqibatlarini namoyon bo‘layotganligi haqidagi tashvishli axborotlar kuchayib ketdi. Iqlimning o‘zgarishi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ro‘y beradi.
Tabiiy omillarga kosmik, ya’ni Koinot, Quyosh va Yer munosabatlari, ichki geofizik (vulqonlar, еr qimirlash), tashqi geofizik (Erning sharsimonliga va uning tarkibi (atmosfera tarkibi, havo oqimlari, relef, okean va quruqlikning taqsimlanishi), biotik (organik dunyo va uning taqsimlanishi) kabilar kmradi.
Antropogen omillarga esa aholining soni va uning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyati tufayli iklimiy sharoitga ko‘rsatiladigan ta’siri kiradi. Dunyo bo‘yicha iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi harakatlar XX asrning 70-yillaridan boshlangan edi, Mazkur sohaga tegishli rasmiy xujjat-Stokgolm Deklaratsiyasi ko‘pchilik davlatlar ishtirokida 1972 yil qabul qilindi. 1979 yilda esa birinchi Jahon Iqlim konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 1980 yillarda bir necha bor hukumatlararo anjumanlar o‘tkazildi. 1988 yilda esa iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) ta’sis etildi. 1992 yilda Rio-de Janeyro sammitida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi qabul qilindi (RKIK OON). 1997 yilda Kioto Protokoli imzolandi. 1992 yilda Rio sammitida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasi qabul qilindi. Mazkur xalqaro xujjatlar 1994 yilda kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi esa BMT tashabbusi bilan o‘rtaga qo‘yilgan bu boradagi dasturlarni bajarilishi tarafdori.
Iqlimda issiq davr, yuqori haroratli kunlar ko‘paymoqda, sovuq va qorli kunlar soni qisqarmoqda. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 4 variantli model bo‘yicha olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, karbonat angidridning havoda 1% ga ko‘payib borishi tufayli 20 -30 yilda 1961 - 1990 yillarga nisbatan havoning o‘rtacha yillik harorati 0,8 - 3,4° , 1,0 - 2,5° ortadi. Eng yuqori ko‘rsatkich esa respublikamizning shimoli-g‘arbiy qismida kuzatiladi, tropik va mo‘tadil iqlimiy mintaqalarning chegarasi 150 - 200 km shimolga, tog‘larda esa iqlimiy mintaqalar 150 200 m yuqoriga suriladi; Yog‘inlar miqdori qisman ko‘paysa-da, haroratning ko‘tarilishi tufayli bug‘lanish miqdori ortadi va sovuqsiz davr 8-15 kunga ko‘payadi. Bundan tashqari, qish mavsumi barqaror bo‘lmagan "vegetatsion qish" tartibiga o‘tadi va cho‘l yaylovzorlarining hosildorlita ham chorva mahsuldorligi ham pasayadi. Aholi o‘rtasida yurak, nafas olish, asab, buyrak, oshqozon -ichak bilan bog‘lik kasalliklar ko‘payadi. Daryolarning sersuvligi SSSM varianti bo‘yicha Amudaryoning suvi 1/3, Smrdaryoniki esa 1/5 hajmda kamayadi, ya’ni tegishlm ravishda yillik oqim 78,5 kmedan 47,1 km3 va 37,9 km3 dan 27,3 km3 gacha kamayadi. Daryolarning to‘yinishida qorning ulushi kamayib, yomg‘irning ulushi esa ortadi va uning yogash muddati bir oyga, ya’ni bahordan yilning iliq tomoniga suriladi. Yomg‘irlar bilan bog‘liq toshqinlar (sel) hamda daryolar suvining loyqalish ortadi (Ososkova va boshqa. 2005, 50-6.).
Kelgusida iqlimni muhofaza qilish va uning salbiy ta’sirini yumshatish uchun sug‘orma va ichimlik suvni tejash, suv ta’miioti tizimlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida suvni sarflashning tejamkor texnologiyasini joriy etish, qurg‘oqchil sharoitga mos madaniy ekinlarni ekish, buzilgan еrlar hamda kambag‘allashib qolgan yaylovzorlarni fitomelioratsiya qilish (boyitish), еrli aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kabi amaliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |