Kasbiy psixologiya


§. ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA KASBIY QOBILIYAT VA



Download 3,02 Mb.
bet82/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA KASBIY QOBILIYAT VA

KASBIY MAHORAT

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahorati va shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy- irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo‘riqishni vujudga keltiruvchi omillarga qarshi psixologik ishonchlilikni shakllantirishni talab etadi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahoratini shakllantirish va faoliyat samaradorligini oshirishda asosiy omillar quyidagilardan iborat:

  • xodimlarning ichki ishlar organlari uchun tipik bo‘lgan konstruktiv, kommunikativ, bilish, guvohlik, dalillash kabi sifatlarini shakllantirish;

  • xodimlarda kasbiy psixologik xislatlarni rivojlantirish, barcha kasbiy harakatlarni tergov, operativ xizmat faoliyatining har qanday murakkab va xavfli sharoitlarida yuqori darajadagi samara bilan bajarishlariga yordam beruvchi uquv va ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini shakllantirish.

Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmuasi bo‘lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o‘ziga xos va muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi va uni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat:

  • xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo ‘naltirilganligi va his-tuyg‘ulari (o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, va ularni tushuna olishi);

  • xodimning kasbiy mahorati va taktik faoliyat samaradorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat va faoliyat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda; kasbiy (nutqiy va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi;

  • xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi), rivojlangan kasbiy diqqat, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik;

  • psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladi).

Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo‘nalgan tarzda kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Xodimlarning kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashishda psixologik jihatdan tayyor bo‘lish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni;

  • maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni;

  • kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlarini;

  • turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv hamda ko‘nikmalarini;

  • operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalarini;

  • fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini;

  • operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni;

  • shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini, o‘zini tutish va boshqarish usullarini;

  • irodaviy faollikni va irodaviy harakatlar ko‘nikmalarini;

  • ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turishni.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish