Sport mahoratini oshirish fanidan tayyorlagan



Download 370 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.06.2021
Hajmi370 Kb.
#71945
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Спорт маҳоратини ошириш фанидан РЕФАРАТ И.Бердиқобилов



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

SIRTQI TA’LIM VA MASOFADAN O’QITISH BO’LIMI 

JISMONIY MADANIYAT 2-OLIY 

TA’LIM YO’NALISHI  

3-BOSQICH 307-GURUH TALABASI 

BERDIQOBILOV ISMATULLA

NING 

SPORT MAHORATINI OSHIRISH



 FANIDAN TAYYORLAGAN 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzu:  Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan gavdani to’g’ri shakllantirish. 

Umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid atamalar 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Termiz-2020-yil. 


MAVZU: Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan gavdani to’g’ri shakllantirish. 

Umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid atamalar 

 

REJA: 

 

 

 

1. 

 

Umumrirojlantirurchi maxhqlar qaddi- qomatni shakllantirish 

vositasi  sifatida.

 

2. 

Umumrirojlantirurchi maxhqlar harakatni 

shakllantirish voxitaxi sifatida.

 

3. 

 

4. 

Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari. 

5. 

Akrobatik mashqlarning atamalari. 

6. 

Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari. 

7. 

Mashqlarni yozib borishni qoida-usullari. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 




 

1.  Umumrirojlantirurchi maxhqlar qaddi- qomatni shakllantirish 



vositasi  sifatida.

 

      Qaddi-qomatni shakllantirish va uning nuqsonlarini yo‘qotish  uchun 



orqa,  qorin  pressi  va  yelka  kamari  mushaklarining  statik  kuchini, 

shuningdek,  umurtqa  pog‘onasining  harakatchanligiga  ko‘proq  e’tibor 

bergan holda tananing barcha mushaklarini bir tekis rivojlantirish zarur. 

Bu vazifa umumrivojlantiruvchi mashqlar  yordamida muvaffaqiyatli hal 

etiladi.  Qaddi-qomatni  shakllantirish  uchun  talabalarni  o‘z  qomatini 

rostlay bilishga va uni uzoq vaqt saqlab turishga o‘rgatish zarur.

 

Talabalarni to‘g‘ri qomatga xos xislatlarni tarbiyalashga o‘rgatish qaddi-qomatni 



rostlash mashqlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:

 

      l. To‘g‘ri qomat holatini tarbiyalash.



 

Talabalarga tik turib qomatni qanday qilib to‘g‘ri tutish kerakligi  ko‘rsatiladi. 

Asosiy  diqqatni  boshning  holatiga  qaratish  lozim,  boshni

 

to‘g‘ri  holatda 



ushlashgina  qomatni  rostlash  imkonini  beradi.  Doimo  boshni  oldinga 

engashtirib  yurish,  odatda,  kurakning  chiqib,  qomatning  bukilib  qolishiga 

sabab bo‘ladi. 

 

2. 

Shu  mashqning  o‘zini  talabalar  bir-birlariga  yordamlashib  bajarishda 

ularning biri to‘g‘ri qomat holatini saqlab turadi, ikkin- chisi esa bu holatning 

qanchalik to‘g‘ri ekanligini yaxshilab ko‘zdan kechirib  chiqadi.

 



 

3. 

D.h.  ensa,  kurak,  qo‘lni  va  tovonlarni  devorga  tekkizgan  holatda  orqa 

bilan  turish.  Tananing  hamma  qismlari  holatini  eslab  qolish.  Devordan 

uzoqlashish va o‘sha holatni saqlab turish.

 

4. 

D.h.  shuning  o‘zi.  Tana  holatini  eslab  qolish.  Bir  qadam  oldinga  yurib 

burilishlar  va  bosh  bilan  aylanma  harakatlar  bajarish.  Yana  boshni  to‘g‘ri 

holatda tutib turish hamda bir qadam orqaga yurish va devor oldida turib, gavda 

holatini tekshirib ko‘rish.

 

5. 

D.h.  shuning  o‘zi.  Devor  oldida  turib,  bosh  va  tosni  uzoqlash-  tirmasdan 

belni bukish va d.h.ga qaytish.

 

6. 

D.h.  shuning  o‘zi.  Bosh,  orqa  va  tosni  devordan  uzoq-  lashtirmasdan 

o‘tirish va turish, oyoqlarni ko‘tarish va bukish.

 

7. 

D.h. shuning o‘zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib bosh, gavda, 

oyoqlar bilan bir necha harakatlar bajarish; to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib, 




uning to‘g‘riligini devor oldida tekshirib ko‘rish.

 

8. 

D.h. shuning o‘zi, holatni eslab olish. Devordan uzoqlashib, to‘g‘ri holatni 

saqlagancha  5—6  daqiqa  aylanib  yurish;  yana  devor  oldiga  borib  holatni 

tekshirish.

 

9. 

Oyna  oldida  turib,  to‘g‘ri  qomat  holatini  qabul  qilish.  Bosh,  gavda, 

oyoqlar bilan bir necha harakatlar qilish. Yana to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib, 

uni oyna oldida tekshirib ko‘rish.

 

 



l0. Bir-birining to‘g‘ri turishini tekshirish.

 

       ll. Bir-biriga  orqa  o‘girib  turib,  to‘g‘ri  qomat  holatini  qabul  qilish 



(orqaga aylanib qarab), bir-birining holatini tekshirish.

 

            l2. D.h. gimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tik ushlab, 



tik  turish.  Belni  tayoqcha  ensa  va  umurtqa  pog‘onasiga  tegadigan  qilib 

to‘g‘rilash.

 

           l3. Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga o‘xshagan holat qabul 



qilish va qabul qilingan holatni  saqlagan holda qoringa ag‘darilib  yotish.

 

          l4.  Qomatini  to‘g‘ri  rostlagancha  tegmaslik  sharti  bilan  «quv- 

lashmachoq»  o‘ynash.

 

           Qayd  qilingan  mashqlarni  bajarishda  talabalar  bu  mashqlarning  vazifasi 



nimadan iborat ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetish-  lariga erishish kerak. 

Umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  bajarayotib,  ayrim  mushak  guruhlariga 

alohida  ta’sir  qilinganda,  rivojlanishdan  orqada  qolgan  mushaklarni 

mustahkamlash va qomat nuqsonlarini yo‘qotish imkoni yaratiladi.

 

         To‘g‘ri  qomatni  shakllantirish  uchun  mushaklarning  taranglik  darajasini 



boshqara  olish  va  tik  turganda,  o‘tirganda  va  yurganda  gavda  qismlarining 

holatini  his  qilish  muhimdir.  Faqat  gavda  qismlarining  o‘zaro  joylanishini  his 

qilgandagina  to‘g‘ri  qaddi-  qomatga  xos  holatni  qabul  qilishga  o‘rganish  va 

mashq  qilish  orqali,  uni  malaka  sifatida  mustahkamlash  mumkin.  To‘g‘ri 

qomatni his qilish mashqlarigina bu vazifani hal qilish imkonini beradi.

 

Qomatdagi  nuqsonlarni  faqat  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida 



bartaraf etish  mumkin.

 

        Qomat  bukchaygan  bo‘lsa,  diqqatni  ko‘proq  umurtqa  pog‘o-  nasining 



to‘g‘rilanishiga,  yelka  kamari  mushaklarining  mustah-  kamlanishi  va  ularning 

statik  kuchini  rivojlantirishga  qaratib,  ko‘proq  umurtqa  pog‘onasi  yuqori 

qismining  harakatchanligini  oshirishga  yordamlashadigan  mashqlarni  bajarish 



zarur.

 

          Lordoz  (kerilgan)  qomatda  oldinga  engashish  mashqlari  va  qorin  pressi, 



umurtqa-bel  mushaklarini  mustahkamlash  uchun  gavda,  tos,  son  bo‘g‘imida 

bukish,  gavdaning  orqa  tomonidagi  mushaklarini  cho‘zish  (bu  umurtqaning  bel 

qismida bukilishini kamaytiradi) mashqlarini tavsiya qilamiz. 


Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish