Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet59/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Retsidivist - jinoiy yo‘nalishga, o‘ta yuqori ongga ega g‘ayriijtimoiy shaxs toifasi. Retsidivist jinoyatchi shaxsining barqaror g‘ayriijtimoiy yo‘nalishga egaligi uning qiyinchilik va nizolarni faqat kuch ishlatish orqali hal qilishga tayyorligida namoyon bo‘ladi. Retsidivistlarning alohida faolligi jinoiy muhitning guruhiy ekssesslarida ko‘rinadi.

Retsidiv jinoyatchilik ruhiy anomaliyalar - oligofreniya, psixopatiya- ning yengil darajasi, xarakterning aksentuatsiyalari, alkogolli degradatsiya kabilar bilan yuqori darajada mos keladi. Ayollarda retsidivlik isterik holat va alkogollashuv bilan birga keladi, ular erkaklarga qaraganda ko‘proq holatlarda nevrotik va psixopatik buzilish holatida jinoyat sodir etadilar.

Aftidan, bir necha marta sudlangan shaxslarning ijtimoiy begonala- shuvi kuchaygani sayin ularning ruhiy salomatligi yomonlashadi va jinoiy xulq tarkibidagi quyi motivlar borgan sari sezilarli o‘rin egallaydi. Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy-axloqiy buzilishi ozodlikdan mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lish jarayonida chuqurlashadi. Nevrotizm, psixopatizatsiya, xarakterning aksentuirlashuvi, xatti-harakatning noadek- vatligi, tajovuzkor ko‘rinishlarga barqaror moyillik - bular nafaqat jinoiy turmush tarzining, balki ozodlikdan mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lishning ham odatdagi oqibatlaridir.

XX asrning 20-yillardayoq mashhur psixolog va psixiatr A. F. Lazurskiy taklif etgan psixologik tiplashtirishga asoslangan holda retsidivist jinoyatchini shaxsning buzilgan tipiga kiritish, ushbu tipning turlarini esa har xil og‘ishlarga qarab aniqlash lozim.

A. F. Lazurskiy barqaror jinoyatchilarni aqlli, irodasi sust, jizzaki va emotsional turlarga ajratgan. Masalan, irodasi sust retsidivistlar jinoyat- larni hayotga moslashmaganligi, ijtimoiy adaptatsiyalashmaganligi, nihoyatda noqulay hayotiy vaziyatlar, turmushining yo‘lga tushmaganligi sababli sodir etadilar. Ular odatda turli xil jinoyatlarni sodir etadilar. Bular

  • vaziyatga bog‘liq individlar.

Impulsiv retsidivistlar - eksploziv (portlovchi) tiplar - o‘z harakatining oqibatlarini oldindan ko‘rmaydigan individlar, o‘zlarini to‘xtatish jarayonlari sust shaxslar. Ular arzimagan sabablarga kuchli ta’sirni namoyon etadilar. Sodir etgan jinoyatlarining og‘irligi odatda sabablariga mos kelmaydi.

Ular o‘z maqsadlari, stereotiplari, odatlarining qullaridir. Ularning istaklari (ayniqsa, alkogoldan mast holatda) darhol keskin g‘ayriijtimoiy harakatga aylanadi, yaxshi ko‘rgan ishi bezorilik, zo‘rlikka asoslangan qilmishlardir. Ular odatda nevrozlar, alkogollar, aqliy norasolar, infan- tivizmga duchor bo‘lgan shaxslardir.

Affektiv retsidivistlar nihoyatda emotsional beqarorligi bilan ajralib turadilar. Ularning affektiv holati hatto murakkab bo‘lmagan nizoli vaziyatlarda ham tezlashadi, nihoyatda xavotirli, tolerantligining pastligi (qiyinchilikka bardosh bera olmasligi), o‘zini to‘xtatish jarayonlarining sustligi bilan ajralib turadilar.

Ular o‘zlarining kamchiliklarini o‘ta tajovuzkorlik bilan qoplashga urinadilar. Doimo fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilishga, mulkni ishdan chiqarish va buzishga moyildirlar. Ushbu jinoyatchilarning retsidivlari odatda bir xil yoki o‘xshash jinoyatlardan tashkil topadi.

Retsidivistning emotsional tipi barqaror, ustunlik qiluvchi salbiy hissiy holat (haddan tashqari kuchli alam, qasos, rashk hissi)lar bilan ajralib turadi. Barqaror g‘azab, qasoskorlik, shafqatsizlik, baxllik uni uzoq vaqt jinoiy qasd rejasini olib yurishiga, jinoiy maqsadga erishish vositalari va usullarini puxta o‘ylashga undaydi. Jinoiy g‘arazni odatda o‘ta shafqatsizlik va ustalik bilan bajaradi.

Uning yaxshi ko‘rgan ishi - ashaddiy bezorilik, qiynash, nomusga tegish, qotillik. Bunday jinoyatchilar hissizligi, achina olmasligi, shafqat- sizligi bilan ajralib turadilar. Bu tipdagi retsidivistlar odatda psixopatiyalar, degradatsiya va alkogollashuvning yengil darajalariga duchor bo‘ladilar. Ular o‘zlarining ekspressivligi sababli jinoiy guruh a’zolariga katta ta’sir ko‘rsatadilar va ko‘pincha ularning boshliqlariga aylanadilar.

Ushbu toifadagi jinoyatchilarning shaxsiga xos jihatlar orasida dominantlik - atrofdagilardan ustunlik, tavakkalga borish, soxta qahra- monligi bilan o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik, savlatga zo‘r berish ajralib turadi. Jinoyatchilar orasida ular shafqatsizlik, nihoyatda qo‘pollik, kuch ishlatish, shantaj va tahdidlarni namoyon etadilar.

Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligi axloqiy jihatdan beqaror shaxslarga, ayniqsa o‘smirlar va yoshlarga g‘ayriijtimoiy ta’sirining kuchi tufayli oshib boradi. Retsidivist jinoyatchilar tergovga qarshilik ko‘rsatish tajribasiga egaligi tufayli o‘z jinoyatchilarini puxta yashiradilar.

Maxsus retsidiv (o‘xshash jinoyatni takrorlash) jinoiy «ixtisoslashuv»ning kuchayib borishi jinoiy qilmish usullarining takomillashuvi bilan bog‘liq. O‘ta xavfli retsidivistning belgilaridan biri - jinoyatni og‘ir usulda sodir etishdir. Uzoq davom etuvchi jinoiy faoliyat muayyan barqaror sharoitlarning yaratilishi - «ishonchli» sheriklarning tanlanishi, jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlar, qimmatbaho narsalarni o‘tkazishning tashkil qilinishi va ko‘p hollarda jinoiy guruhning tashkil etilishi bilan bog‘liq.

Bir turdagi retsidivning ko‘payib borishi jinoyatchilarning mahorati oshib borayotganidan, ularning g‘ayriijtimoiy yo‘nalganligi chuqurla- shayotganidan, jinoiy faoliyatining ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. Retsidivist jinoyatchilar - jinoyat olamning o‘zagi, jinoiy submadaniyatning qo‘riqchilari, jinoyat sodir etish va ularni yashirishning nozik usullarini ishlab chiquvchilardir.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Ijtimoiy axloq va unda «normadan chetga chiqish» nima?

  2. Psixik anomaliyalar inson axloqi va psixikasiga qanday ta’sir qiladi?

  3. Psixologiyada jinoyatchi shaxs tushunchasiga qanday ta’rif berilgan?

  4. Shaxslarning asosiy kriminal tiplarini psixologik tavsiflang.

  5. Huquq normalariga zid axloq dinamikasi va uning tuzilishi ayting.

  6. Alohida toifadagi huquqbuzarlarning psixologik xususiyatlari haqida nima- larni bilasiz?

  7. Xo‘jalik va xizmat sohalariga oid g‘arazli jinoyatchilar toifasiga ta’rif bering.

  8. Retsidiv jinoyatchilarning qanday tiplari mavjud?

8-mavzu

JINOIY GURUHLAR VA UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA

PSIXOLOGIK TAVSIF


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish