Amorf guruhdagilarda aniq tizim yo‘q, vazifa bo‘linmagan, aslida jinoyatni sodir qilish niyati yo‘q. Masalan, kinoga, samolyotga, poyezdga chipta olishda paydo bo‘lib qoladi.
Assotsiatsiya guruhi uyushgan, boshida ular jinoyat sodir qilish uchun emas, balki ba’zi bir ehtiyojlarini qondirish uchun yig‘iladi, lekin yaxshi jinoiy guruh bo‘lib shakllanishi mumkin. Lekin bu guruhlarning yadrosini tashkil etadigan, jinoyatga qarshi zid harakat qiladigan shaxslar mavjud, ular baribir jinoyat sodir qilishi mumkin. Shuning uchun ular huquqbuzarlar kompaniyasi deb nomlanadi.
Tez-tez yig‘ilib turadigan jinoiy guruhlar mavjud, ular jinoyat sodir qilishdan avval yig‘ilishadi, masalan, o‘g‘irlik, firibgarlik, bularni guruh ichidagi yadro boshqaradi. Ular bilan ishlash ancha og‘ir, ularning o‘z an’analari mavjud, bu an’analardan chiqishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu yerda vazifalar taqsimlanadi, o‘zaro hamkorlikda pog‘ona paydo bo‘ladi, subyektiv bog‘lanish juda to‘g‘ri va ishonchli bo‘ladi. Bunday guruhlar jinoyatni oldindan rejalashtiradi, tashkillashtiradi. Bu jinoiy korporatsiya deyiladi. Shaxs bu guruhda qolar ekan guruh axloqini o‘zlashtiradi va o‘zida shuni sinab ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |