Uyushgan jinoiy guruhga iyerarxik tuzilish, guruhda vazifalarning funksional taqsimlanishi, barqaror jinoiy jipslik, qat’iy yagona boshchilik, jinoiy submadaniyatga egalik xosdir. Bunday guruhda jinoiy «hunar» puxta rejalashtiriladi, keng tarmoq otgan guruhlararo aloqalar mavjud, axborot xizmati, jinoyat izlarini yashirish, niqoblash va yo‘q qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday jinoiy guruh tarkibida barqaror jinoiy-kasbiy malakalarga ega bo‘lgan professional jinoyatchilardan iborat birlamchi guruh (guruh yadrosi) ajralib turadi. Bunday guruhlar nisbatan mustaqil bo‘lib, odatda korrupsiyalashgan aloqalarga ega bo‘lmaydilar. Ular doimiy daromad keltiradigan maskanlar va doimiy nazorat qilinadigan hududlarga ega bo‘lmaydi. Biroq ularning jinoiy faoliyati yuqori darajadagi profes- sionalizmi, guruhiy jipsligi, shafqatsizligi bilan ajralib turadi (bandalar, shaykalar). Bular odatda an’anaviy jinoiy guruhlar deb ataladi.
Bunday guruhlarning asosiy qismini «janggarilar» - jismonan baquvvat, shafqatsiz va guruh boshlig‘iga sadoqatli odamlar tashkil qiladi. Ular muayyan hududni nazorat qiladi (firibgarlik bilan shug‘ullanadi, tijorat tuzilmalariga «homiylik» qiladi, o‘lpon yig‘adi va dayuslik bilan shug‘ullanadi).
Uyushgan jinoiy guruhlar ijtimoiy uyushgan birlik sifatida faoliyat ko‘rsatadilar, keng miqyosdagi ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lgan umumiy (yagona) funksional-iyerarxiyalashgan tizimga birlashadilar, katta miqdor- dagi pulga ega bo‘lgan jamg‘armalar tashkil qiladilar, huquqni muhofaza qilish organlarini korrupsiyaga tortish orqali o‘z xavfsizligini ta’minlay- dilar. Ularning jinoiy faoliyati ko‘p hollarda legal (qonuniy) tashkilotlar- ning faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoiy sindikatlar xayriya ishlarini amalga oshirish, siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali o‘zining obro‘sini mustahkamlashga harakat qiladilar.
Jinoiy guruhni uyushgan deb atash uchun asosiy mezon tariqasida quyidagi belgilarni hisobga olish lozim:
guruhning barqarorligi;
tashkilotchining bo‘lishi;
bir necha jinoyat sodir etish maqsadida tuzilganligi;
jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligi;
har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi;
texnika bilan ta’minlanganligi;
jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligi;
umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatma- lariga itoat qilinishi va shu kabilar.
Uyushgan guruhning yana bir necha qo‘shimcha belgilari mavjud bo‘lib, ular fakultativ belgilar deb yuritiladi. Bu belgilarning mavjudligi guruhning ijtimoiy xavfliligini oshiradi, ammo ishtirokchilikni shakllarga ajratishga ta’sir etmaydi. Bularga quyidagilar kiradi:
Guruhning texnik vositalar bilan ta’minlanganligi. Sud amaliyoti xodimlari ishini yengillashtirish maqsadida bu belgini biz fakultativ belgilar qatoriga qo‘shdik. Chunki guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun texnika kerak bo‘lmasligi mumkin, masalan, buyurtma orqali odam o‘ldirish jinoyatini bajaruvchi uyushgan guruhlar- ning jinoiy faoliyati uchun faqat o‘qotar qurol kerak va ular boshqa texnika sotib olmasligi mumkin. Texnika bilan ta’minlanganlik deganda, guruhning faoliyat yuritishda texnikadan, masalan, avtotransport vositasi, ovoz eshitish, suratga olish, video va boshqa apparatlar, turli ratsiyalar va boshqa shunga o‘xshash vositalardan keng foydalanishini tushunish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |