Kasbiy psixologiya


§. UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI



Download 3,02 Mb.
bet72/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Jamiyatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlari va jinoyat qonuniga oid hozirgi liberallashtirish siyosatidan kelib chiqqan holda jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh qatnashchilariga jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralari qo‘llashning ikki yo‘nalishini ajratish mumkin.

Birinchisi, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh a’zo­lariga jazo tayinlash va ayrim moddalarga jazoni og‘irlashtiruvchi belgilarni kiritish.

Ikkinchisi, uyushgan guruhning ayrim a’zolari harakatiga yengillashti­ruvchi holat tusini berish hamda rag‘batlantiruvchi normalarni qo‘llash.

Huquqshunos olimlar I. Ismoilov va D. Buxarov bugungi kunda uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatini va ular sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish sohasidagi hamkorlik quyidagi to‘rt darajada amalga oshiriladi, deb ta’kidlaydilar:

  • ichki idoraviy hamkorlik;

  • idoralararo hamkorlik;

  • jamoatchilik bilan hamkorlik;

  • xalqaro hamkorlik.57

Jinoiy uyushma va uyushgan guruhlarning a’zolariga jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashdan asosiy maqsad - jinoyat­chilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni tez hamda har tomonlama ko‘rib chiqib, aybdorlarni aniqlash va ularga qonunda belgilangan tartibda tegishli, odilona jazo tayinlashdan iborat.

Shu ma’noda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda psixologiya, sotsiologiya va iqtisodiyot sohasidagi olimlarning uyushgan jinoyatchi- likdek salbiy holat yuzasidan olib borgan tadqiqotlarining xulosalariga tayanish katta ahamiyatga ega. Chunki jamiyat hayotidagi mavjud iqtiso- diy-ijtimoiy kamchiliklar, qayd etib o‘tganimizdek, uyushgan jinoyatchi- likni yuzaga keltiradi va uning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi omillardan biri sanaladi.

Ushbu ijtimoiy illatga qarshi olib boriladigan kurash strategiyasi bilan bog‘liq huquqiy, psixologik va profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash zarur. Bunday tadbirlarning amalga oshishini ta’minlash esa mavjud xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiyot bilan bog‘liq barcha jinoyatlarni atroflicha tahlil etish bilan uzviy bog‘liqdir.

Shuningdek, hozirgi kunda jamiyatning ijtimoiy tizimini ilmiy jihatdan baholash, aholining turli qatlamlari va guruhlariga nisbatan differensial siyosat yuritishni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

Shu ma’noda quyidagi toifadagi shaxslarga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir:

  • shubhali tarzda daromad topayotgan va ko‘p miqdordagi mulk va moliyaviy mablag‘larga ega shaxslar;

  • kam daromadli, umuman moddiy ta’minotga ega bo‘lmaganlar;

  • jinoiy va ma’naviy buzuq yo‘lga kirganlar (jinoyatni kasb qilib olganlar, bir necha bor sudlanganlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, giyoh- vandlar, o‘zgalar hisobiga kun ko‘ruvchilar, daydilar va h.k.)58.

O‘tkazilgan tadqiqotlar va jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, oxirgi to‘qqiz yilda jinoyatchilik tarkibida bir guruh shaxslar sodir etgan jinoyatlar 15-16 % ni tashkil etgan bo‘lsa, talon- tarojlik jinoyatlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 28-30 % ni tashkil etadi. Jinoyatni bir-ikki marta oddiy ishtirokchilik asosida sodir etgan shaxslar, birinchidan, sodir etgan jinoyati uchun jazosiz yoki yengil jazo bilan cheklanib qolayotganidan; ikkinchidan, jinoyatdan o‘zlashtirilgan mablag‘ hisobiga «yaxshi hayot» kechirayotganligidan; uchinchidan, ortiqcha mablag‘ egasi bo‘layotganligidan; to ‘rtinchidan, ayrimlari esa «ruhlanib», bu «yutuqlarni» yanada mustahkamlash uchun asta-sekin jinoiy guruh faoliyatini kuchaytirish, kengaytirish, rejalashtirish, uni qurollantirish va boshqa jinoiy guruhlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qila boshlaydilar .

Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va uni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning shakl va usullarini yaratish orqali ularning faoliyat yo‘nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning bajarilishini belgilash;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda maxsus tayyorgar- likdan o‘tgan shaxslarni jalb qilish;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur moddiy-texnika vositalar bilan ta’minlash.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jinoyat yo‘liga kirgan yoki jinoiy harakatlaridan pushaymon bo‘lib tuzalish yo‘liga o‘tmoqchi bo‘lganlar- ning ijobiy harakatlarini jazoni yengillashtirish yoki undan ozod qilish yo‘li bilan jinoyatlarning oldini olishga sharoit yaratish yoxud jinoyatni kasb qilib olgan va jinoiy faoliyat bilan doimiy shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarning jazosini og‘irlashtirib, ularning yangi jinoyatlar sodir etishiga to‘sqinlik qilish umumiy jinoyatchilikning oldini olishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Jinoiy guruhlar shakllanishining psixologik sabab va sharoitlari nimalardan iborat?

  2. Jinoiy guruhlar va jinoiy guruh Yetakchilarining tipologiyasi qanday ko‘rinish- larga ega?

  1. Jinoiy harakat usullari va ularni niqoblash qanday amalga oshiriladi?

  2. Jinoiy guruh a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning psixologik tavsiflang.

  3. Jinoiy hamkorlikning psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Jinoiy guruhlarni ochish va fosh etishning psixologik asoslari nimalardan iborat?

  5. Jinoiy guruhlarga ta’sir etishning psixologik usullarini aytib bering.

9-mavzu

TERRORIZM PSIXOLOGIYASI


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish