A bo`lim. 4-savol. Qonun ijodkorligi jarayonining prinsiplari va bosqichlari muhokama eting



Download 26,74 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2021
Hajmi26,74 Kb.
#72327
  1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va huquq nazaryasi



Davlat va huquq nazaryasi.

A bo`lim. 4-savol.

Qonun ijodkorligi jarayonining prinsiplari va bosqichlari muhokama eting.
Qonun ijodkorligi jarayoni - qonun chiqaruvchi hokimyat o‘rganining qonunchilikda belgilangan tartibda qonunlar yaratishga, amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan, shuningdaek eskirgan qonularni bekor qilish borasidagi harakatlar yog‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayorlash, uni muhokama qilish, qobul qilish va uni e'lon qilishni o‘z ichiga oladi.1

Demak, qonun ijodkorligi jarayoni deganda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi o‘z vakolatidan kelib chiqan holda qonunni qobul qilish, uni o‘zgartirish yoki jamiyat hayotida uzoq muddat davomida amalda bo‘lib, ijro etilishi odatiy holga aylangan odat, ahloq yoki boshqa ijtimoiy no‘rmalarni sanktsiyalashga qaratilgan faoliyat tushuniladi.

Qonun chiqarish jarayoni bosqichlariga quydagilar kiardi:

1) qonunchilik tashabbusi;

2) qonun loyihasi muhokamasi;

3) qonunni qobul qilish;

4) qonunni imzolash va e'lon qilish.

Qonunchilik tashabbusi huquqi - konstitutsiyada belgilan vakolatli o‘rganlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayan qonun loyihasini yoki yangi qonun qobul qilish to‘g‘risida, shuningdek amaldagi qonunni o‘zgartirish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlis e'tiboriga taqdim etilishi va parlamentning bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.

Qonun chiqarish tashabbusi - qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichidir. Ushbu jarayon qizg‘in sa'y-harakatlarga asoslanadi, ular natijasida qonun chiqaruvchi o‘rganga qonunchilik yuzasidan tegishli takliflar kiritiladi, parlament esa mazkur takliflar asosida yangi qonun chiqarish, amaldagisini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti; o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasining deputatlar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; Oliy sud; Bosh prokuror ega.

Qonun loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasining ,, Qonunlar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida ‘‘gi qonuni bilan belgilab qo‘yilgan.

Qonun loyihasi muhokamasi - qonun chiqarish jarayonining alohida va muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich qonun chiqaruvchi o‘rganga qonun loyihasi taqdim etilib, kun tartibiga kirgandan so‘ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha a'zolari umumiy sonining kamida yarimi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qobul qilishda barcha deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo‘yilad.2 Bu qoida muhim qonun loyihalariga ham talluqli. Umumxalq muhokamasini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari ,, Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasi to‘g‘risida ‘‘gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonunga ko‘ra, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga chiqarish haqidagi taklifni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari kiritishi mumkin. Loyihani bunday muhokamaga chiqarish to‘g‘risida qarorni esa respublika parlament qobul qilishga haqli.

Qonunni qabul qilish - qonun chiqarish jarayonining yana bir muhim bosqichi - qonun loyihasini tasdiqlash, qonunni qobul qilish bosqichidir. Bu bosqichning ahamiyat va muhimligi shundaki, bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik kuch baxsh etilib, qonunga aylanadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ikki yo‘l bilan qobul qilinadi:3

- birinchisi, qonunning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va Senat tomonidan ma'qullanishi;

- ikkinchisi, qonun umumxalq ovoz berish (referendum) yo‘li bilan qobul qilish.

Har bir qonunni qabul chog‘ida ovoz berish tartibi Oliy Majlis tomonidan alohida belgilangan. Qonunlarni qabul qilishning, ovoz berishning umumiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va Oliy Majlis palatalarining amaldagi Reglamentida belgilab berilgan.

Qonunni amalga oshirish va e'lon qilish - qonun chiqarish jarayonining to‘rtinchi bosqichdir. Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonunning 29-moddasida qobul qilingan qonun Senatga yuborilganidan so‘ng amalga oshiriladigan harakatlar belgilangan. Bunga ko‘ra Senat qonunni qobul qilish yoki rad qilish qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi 84- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun - qonun qabul qilingan kunidan e'tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Senat ma'qullagan qonun imzolash va e'lon qilish uchun Prezidentga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘tiz kun ichida imzolandi va e'lon qilinadi.



Download 26,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish