MAVZU: DAVLAT BYUDJETINING MADANIYAT VA SPORT XARAJATLARI. REJA: Davlat byudjeti tizimida madaniyat muassasalarini saqlash va sport tadbirlarini o‘tkazish xarajatlari
Madaniyat saroyi binosi kapital ta’mirlanishi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Ilgari xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qildilar. Mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjati mustahkam iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotning barqarorligini, mamlkatimiz yanada ravnaq etishi, jamiyat farovonligi iqtisodiy asoslari takomillashuvini ta’minlashga qaratilgandir. Ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning tatbiq etilishi “o‘zbek modeli” tamoyillariga muvofiq 2016 yilgi Davlat byudjeti oldingi yillar byudjetlari singari asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga qaratilgan.
Masalan, 2016 yilda ijtimoiy soha xarajatlari YaIMga nisbatan 11,9 foizni yoki Davlat byudjetining umumiy xarajatlarining 59,2 foizni tashkil qiladi. Kelgusi yilda maorifga xarajatlar YaIMga nisbatan 6,8 % foizni tashkil etadi yoki oldingi yilga nisbatan 16,6 foizga oshadi. 2016 yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari YaIMga nisbatan 2,8 foizni tashkil etadi. Bu sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlar moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
2016 yilda sog‘liqni saqlash muassasalari uchun dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga xarajatlarni 2015 yilga tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga nisbatan 1,15 marotaba o‘sishni inobatga olib hisobga olish taklif etilmoqda. Davlat byudjeti tizimida madaniyat muassasalarini saqlash va sport tadbirlarini o‘tkazish xarajatlari hajmi joriy yilga nisbatan 1,16 marotaba o‘sgan holda nazarda tutilgan.
Ijtimoiy infratuzilma sub’ektlarining soliq yukini qisqartirish, ijtimoiy sohadagi munosabatlar ma’muriy tartibga solinishining soddalashtirilishi, ijtimoiy xizmatlardan, shu jumladan ta’lim xizmatlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashishishga yo‘l qo‘yilmasligi byudjet siyosati ijtimoiy yo‘naltirilganligining muhim tamoyillari hisoblanadi.
Ta’limdan davlat ta’lim grantlari doirasida umumiy foydalanishni kafolatlovchi oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati printsiplaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun oliy o‘quv muassasalarida amaldagi o‘qish va o‘tkazish qoidalariga biron bir o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi.
Shu bilan birga byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiy muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlaridan tashqari ta’lim muassasalarini 2016 yilda saqlash bo‘yicha joriy xarajatlar YaIMga nisbatan 4,8 foizni tashkil qiladi.
Oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi 2016 yilgi asosiy ko‘rsatkichlarida daromadlar 355,6 mlrd.so‘m hajmida nazarda tutilgan. Ular Davlat byudjeti mablag‘lari va vasiylar (homiylar) xayriya mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533 qarori bilan ma’qullangan 2011-2016 yillarda oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq o‘quv-laboratoriya korpuslari, sport inshootlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari yashash joylari qo‘rilishi, rekonstruktsiya qilinishi, kapital ta’mirlanishi va jihozlanishining moliyalashtirilishini to‘la ta’minlaydi.
Xususan, 14 ta oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha 52 ta ob’ektda qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Shu jumladan: - 1400 ta o‘quv joyiga mo‘ljallangan 2 ta o‘quv bloki, talabalar yashash uchun 400 o‘rinli 1 ta turar joy va 2 ta sport inshooti qurilishi;
- 21685 o‘quv o‘rinli 23 ta o‘quv bloki, talabalar yashash uchun 2480 o‘rinli 8 ta turar joy, 2 ta axborot-resurs markazi va 3 ta oshxona binolari rekonstruktsiya qilinishi;
- loyiha quvvati 5230 ta o‘quv o‘rinli 5 ta o‘quv bloki, loyiha quvvati 840 ta o‘rinli talabalar yashash uchun 2 ta turar joy, 3 ta sport inshooti va 1 ta Madaniyat saroyi binosi kapital ta’mirlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish va o‘quv jarayoni sifatli yangilash maqsadida oliy o‘quv yurtlarini mebelь, jihozlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va maishiy texnika hamda o‘quv- laboratoriya asbob-uskunalar bilan ta’minlashga 100,0 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarida nazarda tutilgan chora tadbirlar mamlakatimiz ijtimoiy sohasi, ijtimoiy adolat tamoyillari yanada rivojlanishini, fuqarolarimizning kafolatlangan ijtimoiy huquqlarini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi. 1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun 9 ta bob, 67 ta moddadan iborat. Undagi moddalar davlat pensiyalarini 3 xil turiga bag‘ishlangan va Qonun faqat ish staji bo‘lgan shaxslargagina va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash mumkinligini ko‘zda tutadi. Qonunni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining demografik, geografik va iqlim sharoitlari va urf-odatlari hisobga olingan. Bu xususiyatlar Qonunning ish stajini hisoblashga, imtiyozli pensiyalar tayinlashga doir boblarda o‘z ifodasini topgan. Qonun respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashganini hisobga olib, qishloq xo‘jalik xodimlarining ayrim toifalari paxtakor, sholikor, tamakikor ayollarga, cho‘ponlarga, paxta suvchilariga umumiy pensiya yoshini besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya tayinlash mumkinligini belgilagan. Davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilangan:
Yoshga doir pensiya;