Huquqni amalga oshirishda davlat o‘rganlarining ishtirokini muhokama qiling va misollar orqali fikringizni mustahkamlang.
Huquqni amalga oshirish - bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tshkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq etilishidir.5
Huquq amalga oshirilgandagina u shaxs va jamiyat uchun mazmun va qadiryat kasb etadi, lekin huquq amalga oshmasa u rivojlanishdan to‘xtaydi. Huquq no‘rmalarining eng muhim vazifasi subektiv huquq mazmunini aniqlashga yordam berib, uning amalga oshirilishiga shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Huquqni amalga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma'lum davr ichida ro‘y beradi. Bu jarayonda nafaqat subektiv huquqi va majburiyatlarga ega shaxslar, balki turli o‘rganlar: huquq ijodkorligini amalga oshiruvchi, huquqni ijro qiluvchi va huquqni qo‘llovchi o‘rganlar orqali davlat ham ishtirok etadi. Huquqning hayotga tatbiq etilishi sifatida huquqni amalga oshirish birinchidan, uning amalga oshirilishining yuridik mexanizmlarini, ikkinchidan esa, hayotiy munosabatlar huquqiy shakilga kelishidan iborat bo‘lgan bevosita huquqni amalga oshirish shakllarini o‘z ichiga oladi.
Huquqni amalga oshirish mexanizmining alohida ahamiyatga ega qismi bu subektiv huquni himoya qilish, ya'ni yuridik mexanizmining mavjudligi bo‘lib, bu himoya jarayonidan huquq qaytadan tiklanadi va uni amalga oshirishning yana bir imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik ma'lum jihatdan subektiv huquqlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilgan holda ularni amalga oshirishga zarur bo‘lgan sharoitlar yaratadi.
Davlat ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan huquq va majburiyatlarning ta'sirchanligini ta'minlash uchun zarur yuridik vositalar ( xatto majburlov choralarini) qo‘lashga, ishga solish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Umuman olganda, davlatning yuridik mexanizmini takomillashtirish hokimiyatning va umuman huquqning legitimligi ortishi, davlatning fuqarolik jamiyatiga nisbatan xizmat ko‘rsatuvchi xususiyati to‘g‘risidagi tasavvurlar yanada chuqurlashuvi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shunga munosib tarzda davlatning yuridik mexanizmining markazlashtirilgan va markazlashuvdan xoli, lo‘kal va individual tartibga solish singari tarkibiy qisimlari rivojlanib, takomillashib boradi.
Shu bilan birga, yodda tutish kerakki, davlat o‘rgani, mansabdor shaxs yoki jamoat tashkiloti o‘z faoliyatini tartibga soluvchi huquq no‘rmalariga rioya etmay, ularni bajarmay turib, huquqni qo‘llay olmaydi. Shu bois huquqini qo‘llashni huquq no‘rmalariga rioya etish, bajarish va ulardan foydalanishni tashkil etishdan iborat faoliyat sifatida ta'riflash to‘g‘ri bo‘ladi.
Shunday qilib, har qanday jamiyatda qonun chiqarishni takomillashtirish ham qo‘shib, huquqni qo‘lash samaradorligi va sifatini yaxshilash, fuqarolarning, turli jamoat tashkilotlarining huquqiy faolliklarini kuchaytirish, umumiy huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy tarbiyani takomillashtirishni qamrab oluvchi huquqiy tartibga solish mexanizmining ta'sirchanligini yuksak darajada ta'minlash vazifasi qo‘yilishini alohida qayd etish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |