Botanika
Botanika (yun. botanikos — oʻsimlikka
tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) —
oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. B.
yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini,
oʻsimliklar organizmlarining yashash va
rivojlanish qonuniyatlarini hamda
ularning bu jarayondagi oʻzaro
aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan
munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi.
B. bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan
oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika,
geobotanika, morfologiya, anatomiya,
sitologiya, antekologiya, filogeniya,
florogenetika, fiziologiya, ekologiya,
usimliklar xom ashyosi, bioqimyo,
usimliklar geografiyasi, dendrologiya,
palinologiya kabi tarmoqlarga boʻlinadi.
B. suvoʻtlar, poʻsinlar, qirqboʻgʻimlar,
qirqquloqlar, ochiq urugʻli oʻsimliklar,
yopiq urugʻli oʻsimliklar, zamburugʻlar va
lishayniklar deb ataladigan boʻlimlardan
iborat.
B. boshqa biol. fanlari kabi kuzatish,
tarixiy taqqoslash va tajriba usullaridan
foydalanadi. Bu usullar kolleksiyalar
yigʻish va tuzishdan, tabiatda va tajriba
maydonlarida kuzatish va tajribalar
oʻtkazish, olingan maʼlumotlarni
matematik usulda ishlab chiqishdan
iborat. B. klassik B. metodlari bilan bir
qatorda zamonaviy kimyo, fizika,
kibernetika va boshqa fanlarning i. t.
metodlaridan ham foydalanadi.
Oʻsimliklar toʻgʻrisidagi dastlabki
maʼlumotlar qad. Sharq xalqlari
qoʻlyozmalarida uchraydi. Lekin ilmiy
B.ga yunonlar asos solishgan.
Oʻsimliklarni tekshirishga bagʻishlangan
eng qad. maʼlumotlar yunon faylasufi
Aristotel ishlarida uchraydi. Aristotelning
shogirdi Teofrast birinchi boʻlib
oʻsimliklarning hayotiy shakllari tasnifini
bergan, oʻsimliklarni daraxtlar, butalar,
yarim butalar va oʻtlarga ajratgan.
Teofrast B.ning otasi hisoblanadi. Oʻrta
asrda yashagan vatandoshlarimiz
Beruniy va Ibn Sino asarlarida ham
shifobaxsh oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab
maʼlumotlar beriladi. Endilikda oʻsimliklar
qoplamining biosferadagi ahamiyati,
biosferaning eng muhim komponenti
sifatida ularni muhofaza qilish,
oʻsimliklar dunyosi genofondini saqlash,
oʻsimlik boyliklaridan oqilona foydalanish
muammolari birinchi oʻringa chiqdi.
Oʻzbekistonda. B. sohasidagi dastlabki i.
t. ishlari 20-asrning 20- yillarida
boshlangan. Oʻsha yillari Oʻrta Osiyo
davlat unti, 40- yillar boshida esa
Oʻzbekiston FA Oʻzbekiston usimliklarini
oʻrganish boʻyicha bir necha
ekspeditsiyalar uyushtiradi. Yigʻilgan
oʻsimliklar kolleksiyasi Oʻzbekiston
gerbariysini tuzish uchun asos boʻldi.
Hozir FA Botanika institutidagi markaziy
gerbariyda 1 mln.dan ortiq usimliklar
namunasi va 10000 dan ziyod oʻsimlik
turlari bor. Bu kolleksiyalar va tabiatda
olib borilgan kuzatishlar Urta Osiyo
florasining genezisi va usimliklar
krplamining rivojlanishi toʻgʻrisida yirik
nazariy va fundamental ishlarni amalga
oshirishda asosiy baza boʻlib xizmat
qildi. Xususan Oʻzbekiston FA Botanika
instituti tomonidan 1941—62 yillarda 6
jildli "Oʻzbekiston florasi" asari yaratildi.
Unda 4274 oʻsimlik turlari, jumladan 390
endemik turlar toʻgʻrisida maʼlumot
berilgan. Oʻzbekiston botaniklari Urta
Osiyo respublikalari olimlari bilan
hamkorlikda 8 mingdan ortik, turni oʻz
ichiga olgan 10 jildli "Urta Osiyo
oʻsimliklari aniqlagichi"ni tuzib chikishdi.
Zamburugʻlar boʻyicha esa 10 jildli
"Oʻzbekiston zamburugʻlari" nomli asar
yuzaga keldi.
Oʻzbekistonning qazilma florasi boʻyicha
Botanika instituti olimlari tomonidan bir
qancha i.t. ishlari olib boriddi. Tadqiqot
natijasida 3 jiddli "Oʻzbekiston
paleobotanikasi" paydo boʻldi. Choʻl,
yarimchoʻl, togʻ oldi oʻtloqlarining
hosildorligini oshirishning fitomeliorativ
va agrotexnikaviy metodlari asoslab
berildi va amaliy foydalanishga takdim
etildi.
Oʻzbekiston florasi va oʻsimliklar qoplami
boʻyicha i.t.ning natijalari M. G. Popov
(1927), Ye. P. Korovin (196162), I. I.
Granitov (196467), Q. 3. Zokirov (1955—
61) ishlarida keng yoritiddi. 1965 yilga
kelib Oʻzbekiston oʻsimliklarining yirik
masshtabli geobotanik haritasi tuzildi.
B. institutida olib borilgan geobotanikaga
oid materiallar asosida 4 jilddan iborat
"Oʻzbekistonning oʻsimliklar qoplami va
ulardan oqilona foydalanish" asari nashr
qilindi. B. institutida dorivor va efir moyli
yemxashak hamda oziq-ovqat sifatida
ishlatiladigan oʻsimliklarni aniqlash va
ulardan foydalanish sohasida ham bir
qancha i.t. ishlari bajariddi. J. K. Saidov
rahbarligida usimliklarning choʻl
sharoitiga moslashuv xususiyatlari ustida
i.t. ishlari olib borildi. Noyob va yoʻqolib
borayotgan turlarni muhofaza qilish
sohasida olib borilgan ishlar asosida
1984 yilda 163 oʻsimlikturini oʻz ichiga
olgan "Oʻzbekiston Kizil kitobi" yaratildi.
Oʻsimliklar morfologiyasi, anatomiyasi,
ekologiyasi va fiziologiyasi sohasida
choʻl oʻsimliklarining qurgʻoqchilikka
moslanishining oʻziga xos morfologik
xususiyatlariga oid koʻp i. t. ishlari olib
borildi va yirik monografiya hamda
toʻplamlar nashr etildi.
Suv oʻtlarini oʻrganish ishlari akad. A. M.
Muzaffarov rahbarligida olib borildi. Suv
oʻtlarini jadal kupaytirish, ulardan
chorvachiliqda va xalq xoʻjaligining
boshqa sohalarida foydalanish usullari
ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyo hamda
Oʻzbekistonning algoflorasiga oid qator
asarlar chop etildi.
Kelgusida botanika sohasida olib
boriladigan ishlar ekologiya, tabiat
muhofazasi, oʻsimlik xom ashyolaridan
oqilona foydalanish, Respublikada
uchraydigan zamboʻrugʻ, tuban va yuksak
oʻsimliklar turlarini aniqlash, ular
orasidan muhofazaga molik turlarni
ajratish, oʻsimliklar qoplamining hozirgi
holatini aniqpash, eroziyaga uchragan
yerlarning katta hajmdagi haritalarini
tuzish va usimliklarning kayta tiklanishi
bilan bogʻliq muammolarni ishlab
chiqish, usimliklarning ayniqsa choʻl
sharoitida usishga moslanish
qonuniyatlarini, Orol dengizining suvi
qurib qolgan joylarda tuzga, issiqlikka va
qurgʻoqchilikka chidaydigan oʻsimliklarni
topib oʻstirish hamda turli darajada
ifloslangan oqova suvlarni biologik
(botanik) usulda tozalash hamda eng
foydali (dorivor, yemxashak va
boshqalar) oʻsimliklar biol.sini oʻrganib,
ularni ekma oʻsimliklar qatoriga kiritish
kabi masalalarga qaratiladi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Botanika&oldid=2069595
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |