Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet67/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Jinoiy tashkilot - funksional-iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘lgan, guruh ichida tabaqalashgan - rahbar, ijrochilarning turli guruhlari (qo‘riqchilar, aloqachilar, kassa saqlovchilar, nazoratchilar va boshqalar), yaxshi yo‘lga qo‘yilgan razvedka va kontrrazvedka, hokimiyat tuzilmalaridagi o‘z odamlariga, juda katta moddiy bazaga ega bo‘lgan, nihoyatda uyushgan jinoiy guruh.

Jinoiy tashkilot quyidagi yo‘llar bilan faoliyat ko‘rsatadi:

  • jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlari va barbod bo‘lishining imkoniyatdagi yo‘llariga oid zarur ma’lumotlarni doimiy to‘plash. To‘planadigan ma’lumotlar bashorat (prognoz) yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Jinoiy faoliyatni rejalashtirishda bashorat (prognoz) qilish o‘zini o‘zi tashkil qilish xususiyatiga ega, ya’ni jinoyatchilar uni albatta amalga oshirish yo‘nalishida harakat qiladilar. Ushbu faoliyatning barbod bo‘lish imkoniyatlarini bashoratlash (prognozlash)da uni «o‘zini o‘zi buzuvchi» deb ifodalash mumkin: u uyushma yoki uning tegishli bo‘linmasi faoliyatini ehtimol tutilgan prognoz amalga oshmasligiga yo‘naltiradi;

  • huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlarini zararsizlantirish va doimiy ravishda korrupsiyalashtirish yo‘li bilan. Korrupsiyalashgan mansabdor shaxslar jinoiy tashkilotni zarur ma’lu­motlar hamda kadrlarga oid masalalarni hal qilishda, jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlarini aniqlashda va o‘zini himoya qilishni tashkil etishda haqiqiy yordam bilan ta’minlaydilar;

  • o‘z harakatlariga tashqaridan qaraganda qonuniy tus berish maqsadida mamlakatda amal qilayotgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institutlar va shart-sharoitlardan mohirlik bilan foydalanish;

  • qo‘rquv hamda o‘zining qudrati haqida mish-mishlar tarqatish. Bu jinoiy guruhga ko‘p foyda keltiradi, mish-mishlar va qo‘rquv guvohlar va jabrlanuvchilarni tushkunlikka tushiradi. Ular jinoyatchilarning jazolashi- dan qo‘rqadilar va huquqni muhofaza qilish organlarining himoya qila olishiga ishonmaydilar;

  • jinoiy faoliyatni boshqarishning rahbarlarni muayyan qilmishlarni bevosita tashkil qilish va ularning sodir etilishida ishtirok etish zaruratidan xalos etadigan tuzilmasini tashkil qilish. Bu tariqa ular jinoiy javobgar- likdan qutulib qoladilar. Jinoiy uyushma boshqa shaxslar yoki guruhcha- larni jinoiy javobgarlikka tortish orqali o‘zini saqlab qoladi, o‘ziga sodiq odamlarga zarur yordamni ta’minlaydi;g‘arazli maqsadlarga erishish hamda muayyan bir soha yoki qaysidir bir hududda nazoratni, hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat yetakchi va ustun motivlarga ega bo‘lgan holda turli jinoyatlarni sodir etish.

Uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy institutlar faoliyatining mexanizmi hisobiga yashovchi jinoiy tuzilma hisoblanadi.

Jinoiy uyushmalar jinoiy guruhlarning eng xavfli turi bo‘lib, jinoiy maqsadlari yo‘lida guruhiy uyushganlikning ijtimoiy-psixologik mexa- nizmlaridan - ijtimoiy nazorat vositasining guruhiy normalari, guruh ichidagi funksional tabaqalashuv va iyerarxiyadan, rasmiy tuzilmalar bilan qo‘shilib ketishdan, korrupsiyaga berilgan davlat, ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlarining himoyasidan foydalanadilar. Uyushgan jinoyatchilikning tarqalishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy beqarorligi bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi 5-qismida «Ikki va undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi»51, deb ko‘rsatilgan.

Uyushgan jinoyatchilikni ajratib turuvchi jihat uning jamiyat «tanasiga» - davlatning ma’muriy boshqaruv apparatiga, hokimiyatning eng yuqori pog‘onalarigacha kirib olganligidir. Bu esa uning ijtimoiy xavfliligini kuchaytiradi, ya’ni davlat boshqaruvining negizlariga zarar keltiradi, ommaviy huquqiy ongga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, huquqiy davlatning, madaniy iqtisodiy munosabatlarning amal qilish imkoniyatiga putur yetkazadi.

Jinoiy uyushmalar boshliqlari salobatli turmush tarzi kechirib, rasmiy elita guruhlari tarkibiga kiradilar.

Quyidagilarni jinoiy uyushmaning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:

  • tarkibida ikki va undan ortiq uyushgan guruhlarning mavjudligi;

  • uyushgan guruhning hamkorlikda jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi;

  • uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi;

  • jinoyatchilik olamida yagona yo‘lboshchining boshqarishi va uning atrofida jinoyatchilik dunyosida nom chiqargan «obro‘mand» shaxslarning to‘planishi;

  • umumiy pul fondi («obщak»)ning mavjudligi;

  • uyushmada norasmiy tartib-qoidalarning mavjudligi;

  • «jazo» guruhi yoki «shaxsiy soqchilar»ning mavjudligi;

  • jinoiy faoliyatning maxfiy tarzda tashkil qilinishi;

  • jinoyatlarni sodir qilishda o‘ta uyushqoqlik bilan harakat qilish, ya’ni jinoiy rejani puxta tayyorlash, texnika vositalaridan to‘la foyda- lanish, jinoyat izlarini yashirish choralarining ko‘rilishi va boshqalar;

  • «himoya» guruhining tashkil qilinganligi;

  • o‘qotar qurollarning mavjudligi;

  • jinoiy mafkurani targ‘ib qilish;

  • guruh a’zolarining barqaror yo‘sinda birlashganligi;

  • jinoyatchilik dunyosida yakkahokimlik qilishga qaratilgan hara- katlar.

Jinoiy uyushmaning qo‘shimcha belgilariga quyidagilar kiradi:

  • jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadni qonuniylashtirish;

  • ozodlikdan mahrum qilish joylarida uyushmaning «filial»larini tashkil qilish va boshqalar.

Yuqori darajadagi jinoiy uyushmalar o‘z tashkilotining tarmoq otgan tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruvning murakkab iyerarxik tizimiga, barqaror, daromad keltiruvchi mulkka (bank hisobva- raqlari, ko‘chmas mulkka), rasmiy himoyaga (ro‘yxatdan o‘tgan korxona, jamg‘armalar, do‘konlar, restoranlar, kazinoga) egadirlar.

Bu guruhlar ba’zan bir necha ming kishidan tashkil topadi, jamoa bo‘lib boshqaruvchi markazlarga, katta ijtimoiy guruhlar tipidagi barqaror tashkilotga, maxsus rejalashtirish va nazorat, axborot xizmatlariga, mintaqalararo aloqalarga, hokimiyatning korrupsiyaga berilgan tuzilmalari bilan o‘zaro aloqa ta’minotiga, huquqni muhofaza qilish va sud organlariga ega bo‘ladi.

Ular juda katta ta’sir zonalariga, ko‘plab mintaqaviy va «tarmoq» tuzilmalariga ega bo‘ladilar (qimor biznesi, fohishalikni nazorat qilish, jinoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar), korrupsiyalashgan rasmiy idoralarda ildizlariga ega bo‘ladilar.

Ushbu guruhlar motivlarining yo‘nalishiga ko‘ra g‘arazli yo‘nalishga ega bo‘ladilar. Ularning asosiy maqsadlari - qonunga xilof yo‘l bilan katta foyda olish. Zo‘rlik ishlatib amalga oshiriladigan jinoyatlarni ular g‘arazli maqsadlariga erishish, kapital to‘plash uchun sodir etadilar. Ularning nihoyatda katta daromadlari xorijiy banklardagi hisobvaraqlarda turadi, mamlakatdagi va xorijdagi katta ko‘chmas mulkka investitsiya qilinadi.

Jinoiy uyushma jamiyat farovonligiga asosiy xavfdir. U o‘sib kelayot- gan avlodning ijtimoiylashuviga tahdid soladi, jamiyat negizlari va iqtisodiyotiga putur, tadbirkorlik va kredit-bank tizimiga zarar yetkazadi.

U milliy daromadni stixiyali tarzda jinoiy uyushgan holda qayta taqsimlaydi, qonuniy iqtisodiy tuzilmalarga ulkan moddiy zarar yetkazadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish