Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet66/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Aniq vazifalarning taqsimlanishi, guruhlardagi iyerarxiyalashgan tizimning ichki jipsligi asosida manfaatlar yotadi. Qattiq tartib, topshiriq- larni so‘zsiz bajarish, faoliyatni o‘z qonun-qoidalari asosida olib borish, sukut saqlash guruh uchun muhim rol o‘ynaydi. Mana shu tartibdan qaysidir bandi buzilsa, guruh a’zosi qattiq jazolanadi, og‘ir jismoniy jazo belgilanadi.

Guruh a ’zolari qo ‘lga tushmaslik uchun niqoblanadilar. Bunda organ xodimlarini shantaj qilish, sotib olish va ularning rejalarini oldindan (razvedka qilib) bilish va kerakli choralarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat apparatidagi mansabdor shaxslarning organ xodimlari bilan bog‘liqligi, organ xodimlarining jinoyat olami bilan bog‘liqligi ularning ishini yengillashtiradi, ular orqali jinoyat olamiga kirib borishadi. Agar korrupsiya bilan ish bitmasa, mansabdor shaxslarni diskriminatsiya (kamsitadi, bolalarini o‘g‘irlaydi) qilish, ularni boshqa shaxslar bilan almashtirishga harakat qiladilar.

Uyushgan guruhda katta miqdordagi pulni mavjudligi mansabdagi shaxsni sotib olishga imkoniyat yaratib, bu bilan faoliyat masshtabini kengaytirishga xizmat qiladi.

Uyushgan jinoyatchilik chuqur konspirativ xarakterga ega. Jinoyat sodir etishga ko‘proq odamlarni jalb qilish uni ochishni ancha mushkullashtiradi. Organ xodimlari jinoyatchilarning bir qismini qo‘lga olsa, ikkinchi qismi jinoyat sodir etadi. Organ xodimlari ular orasiga qancha ko‘p kirib borsa, ish shuncha mushkullashadi. Bu uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashmaslik kerak degani emas, balki kurashning yangi usulini topish demakdir.

Jinoyat sodir etgan guruhni uyushgan deb baholash uchun yuqorida keltirilgan asosiy belgilar mavjud bo‘lishi kerak. Chunki bu belgilar barcha uyushgan guruhlarga xos va shu belgilarning o‘zi guruhning uyushganligidan dalolat beradi.

Qo‘shimcha belgilar uyushgan guruhni kengroq ta’riflab, uning ijtimoiy xavfliligidan dalolat beradi, uning uyushganlik darajasini belgilaydi va shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish idoralarining amaliy ishlarida guruhni uyushgan deb baholashda ko‘maklashadi. Bu turdagi belgilarning fakultativ deb atalishiga sabab ularning barcha uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligidir.

Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, uyushgan guruhga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. «Uyushgan guruh - umumiy maqsadga ega bo‘lgan, o‘zining mustahkamligi, tarkibining barqarorligi, guruh rahbariga bo‘ysunish asosida (doimiy yadroga ega bo‘lgan) tashkil etilganligi bilan belgilanadigan ikki yoki undan ortiq shaxslarning bir yoki bir necha jinoyatni sodir qilish uchun bir guruhga birlashishi»50 dir.

Biz yuqorida sanab o‘tgan belgilari mavjud bo‘lgan guruhni uyushgan deb atash mumkin. Chunki bu belgilar guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangandagina mavjud bo‘ladi. Jinoyat kodeksida berilgan ta’rifda ham guruhning faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan vaqtda uyushgan bo‘lishi e’tirof etilgan.

Amaliyotdagi jinoiy ishlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda bevosita jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini kvalifikat- siya qilishda huquqni muhofaza qilish xodimlari guruhni uyushgan deb baholaganlar, ammo qaysi belgilariga qarab bunday xulosaga kelganlik- larini bayon qilmaganlar.

Demak, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida barqaror yo‘sinda birlashgan va norasmiy qoidalarga rioya qilib, tashkiliy tarzda jinoyat sodir etuvchi hamda yagona yo‘lboshchiga bo‘ysunuvchi guruh uyushgan deb hisoblanadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish