Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet65/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Vazifalarning taqsimlanganligi. Bu uyushgan guruhning yana bir fakultativ belgisi hisoblanadi. Guruh a’zolari belgilangan vazifalarni bajaradi, ammo ayrim hollarda vazifalar aniq belgilanmaydi va guruh a’zosi keyingi jinoyatni sodir etishda qaysi vazifani bajarishini bilmaydi, jinoiy faoliyat davomida u bir vazifani bajarishdan ikkinchi vazifani bajarishga o‘tkazilishi yoki bevosita jinoyat sodir etish vaqtida vazifasi aniq bo‘lishi mumkin.

Umumiy pul jamg‘armasining mavjudligi. Umumiy pul jamg‘armasi jinoyatchilik dunyosida «obshak», «umumiy qozon» deb yuritiladi. Uni tashkil etishdan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan: birinchidan, guruh a’zolarining favqulodda vujudga keladigan ehtiyojlari (qamoqqa olingan paytda uni va oila a’zolarini ta’minlash), guruhning manfaatlari va yo‘lboshchining ayrim xarajatlari uchun sarflash; ikkinchidan, guruh a’zolarining barqarorligini ta’minlash maqsadida tuziladi. Guruh a’zolari o‘zlarini «ijtimoiy» himoyalangan hisoblaydilar va shu yo‘l bilan uyushgan guruh a’zolariga nisbatan g‘amxo‘rlik qilinayotganligi ko‘rsa- tiladi. Ushbu jamg‘arma ayrim uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Guruhda jinoiy faoliyatni kasb qilib olgan shaxslarning mavjudligi. Ayrim uyushgan guruhlar tarkibida jinoiy faoliyat hayot tarziga aylangan shaxslar bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday shaxslar guruhga yo‘lboshchilik qiladi yoki guruhning «obro‘mandi» sanaladi. Bunday shaxslar ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Ularni guruh jinoiy faoliyatda uddaburon «malakali kadr» sifatida va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida saqlaydi.

Guruhning o ‘qotar qurollar bilan ta ’minlanganligi. Uyushgan guruhlar doimiy ravishda katta foyda olish va guruhning barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni «muvaffaqiyatli» sodir etishga intiladi. Ko‘pchilik uyushgan guruhlar shu maqsadda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritadilar va jinoyatlarni sodir etishda bevosita undan foydalanadilar.

Ijtimoiy nazoratni bartaraf etib, jinoiy faoliyatga sharoit yaratib beruvchi tizimning mavjudligi. Uyushgan guruhning mavjudligi va jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishida ushbu tizimning ahamiyati katta. Uni tashkil etuvchi shaxslar bevosita jinoyat sodir etishda qatnashmasalar ham jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib beradilar. Masalan, ayrim davlat nazoratini olib boruvchi mansabdor shaxslar jinoiy guruh faoliyatiga, ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘sqinlik qilmaydilar va buning natijasida davlat hamda fuqarolarga jiddiy moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi.

Uyushgan jinoyatchilikning asosiy belgilari:

  1. turg‘unligi va reja bilan ish qilishi;

  2. yuqori tashkilotchiligi va lider yadrosining borligi;

  3. qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanishning mavjudligi;

  4. katta pulga egaligi;

  5. chuqur konspirativ xarakterga ega ekanligi;

  6. ta’sir doirasining kengligi;

  7. faoliyatini yangilab borishi (tajriba asosida);

  8. jamiyatga qarshi g‘oyasining aniqligi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish