UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING PSIXOLOGIYASI REJA
JINOYATCHI GURUHLAR JINOIY HARAKATLARINING PSIXOLOGIYASI.
UYUSHGAN JINOYATCHILIKDA ISHTIROKCHILIK PSIXOLOGIYASI
JINOIY GURUHLAR SHAKLLANISHINING SABAB VA SHAROITLARI.
UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING O‘ZIGA XOS BELGILARI.
1
3
4
2
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida fuqarolar, davlat va umuman, jamiyatimizga xavf solayotgan, xalqimizning farovonligini ta’minlash siyosatini amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazishga urinayotgan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash huquqni muhofaza qilish idoralari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. - Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida fuqarolar, davlat va umuman, jamiyatimizga xavf solayotgan, xalqimizning farovonligini ta’minlash siyosatini amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazishga urinayotgan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash huquqni muhofaza qilish idoralari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
- Buni o‘z vaqtida tushunib yetgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan, ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan terrorchilik tajovuzlaridan himoya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, u «Jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan «qudratli markazning kuchli qo‘li»ni qo‘msash hissini tug‘diradi. O‘tmish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘lik, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga og‘diradi», deb ta’kidlaydi. Jinoyatchilar dunyosiga kirib borayotgan jinoiy guruhlar shakllanishining umumiy psixologik sabab va sharoitlari quyidagilardan iborat:
- jamiyatda mavjud iste’mol va taqsimot o‘rtasidagi adolatsizlikning mavjudligi bo‘lib, bu, o‘z navbatida, ayrim shaxslar psibirinchidan, xikasida kuchli emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Natijada ayrim shaxslar jinoiy guruh tuzishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishi;
- ikkinchidan, jamiyatdagi ayrim shaxs, guruh va jamoalar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvining doimiy mavjudligi bo‘lib, uning keskinlashuvi ham jinoiy uyushmalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi;
- uchinchidan, qonun hukmidan qoniqmaslik, odatda uni «adolatsiz» hukm deb bilish tariqasida his-hayajonning, ichki ruhiyatning junbushga kelishi, nafrat hissining qo‘zg‘alishi ham o‘z navbatida jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishiga asosiy motiv bo‘lib xizmat qilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |