Kasbiy psixologiya


§. PROFESSIONAL JINOYATCHILAR VA RETSIDIVISTLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Download 3,02 Mb.
bet58/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. PROFESSIONAL JINOYATCHILAR VA RETSIDIVISTLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Professional jinoyatchilik doimiy ravishda g‘ayriqonuniy daromad olish bilan bog‘liq. Biroq professional jinoyatchilikni faqat «daromad» tushunchasi bilan emas, balki yaxshi ishlangan, stereotiplashgan usullar bilan amalga oshiriladigan barqaror, doimiy mashg‘ulot sifatida tushuniladigan «professionalizm» degan psixologik tushuncha bilan ham bog‘lash lozim.

Masalan, o‘g‘rilik kasbga aylanganida har qanday kasb bilan bo‘ladigan hodisa ro‘y beradi: mehnat taqsimoti yuzaga keladi, kasb turmush tarziga aylanadi. Professional jinoyatchi o‘z ishini yaxshi biladi, butun intilishlarini unga bo‘ysundiradi va jinoiy ixtisoslashuvi bilan ajralib turadi.

Retsidivistlarning ko‘p qismi g‘arazli hamda g‘arazli-zo‘ravonlik sodir etadigan jinoyatchilar orasida kuzatiladi. Ularning aksariyati guruhiy jinoyatlar ishtirokchilari bo‘lib, ushbu jinoyatlarni o‘z daromadlarining barqaror manbaiga va hayotiy faoliyatining asosiga aylantiradilar.

Bekorchilik, ichkilikbozlik, muloqot doirasining jinoiy muhit, ibtidoiy istaklar bilan cheklanganligi, vaziyatga tobelik ularning ruhiy rivojlanish darajasini nihoyatda cheklab qo‘yadi.

Retsidivistlarning aksariyatida ruhiy buzilishlar va anomaliyalar kuzatiladi. Xulq-atvorida beboshlik, jizzakilik, beadablik, atrofdagi odamlarga nisbatan dushmanlik bilan ajralib turadi.

«Erkinlikdagi» hayot sharoitlarining nihoyatda noqulayligi, «zona»ga ko‘nikib qolish uning jazodan qo‘rqish hissi yo‘qolishiga olib keladi.

Retsidivist yangi jinoyatni odatdagiday sodir etadi. Ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi eng yuqori maqom, imtiyozli holat ta’minlangan hayot esa nafaqat qo‘rqitmaydi, balki uni o‘ziga tortadi.

Retsidiv jinoyatchilik - individning barqaror g‘ayriijtimoiy xislatlarining namoyon bo‘lishi. O‘zini boshqarishdagi nuqsonlari va g‘ayriijtimoiy maqsadlari, vaziyat bilan muhitga bog‘liqlik retsidivistning asosiy psixologik xususiyatlaridir. Retsidivist xulqida o‘zini boshqarishi- ning ongli va ong osti mexanizmlarining o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi.

Retsidivistning xulqi sog‘lom aqlga, o‘z manfaatlariga zid keladi, u qabul qiladigan qarorlar eng oddiy ehtiyotkorlikdan mahrum, ko‘pincha qiladigan ishining oqibatlarini inobatga olmaydi.

Masalan, qasddan odam o‘ldirgani va o‘g‘rilik qilgani uchun ikki marta sudlangan YE. ozodlikka chiqqanidan so‘ng ishga joylashdi, uylandi, to‘laqonli hayot sharoitiga ega edi. Biroq birga jazo o‘tagan T.ni tasodifan uchratgach, mast holda o‘z qo‘shnisining uyiga o‘g‘rilikka tushdi, uning badaniga shikast yetkazdi. Ertasi kuni YE. aybini bo‘yniga olib mahkamaga keldi va o‘ta xavfli retsidivist deb topildi hamda guruh bo‘lib bosqinchilik qilgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi.

Bu turdagi ko‘plab faktlar retsidivist jinoyatchining ongi xatti- harakatining yagona determinantasi emasligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi boshqarishning butun tuzilishi, qadriyatlar, maqsadlarining iyerarxiyasi buzilgan bo‘ladi. Retsidivistning jinoiy istak-xohishlari go‘yoki aqlining to‘siqlari orqali otilib chiqadi - g‘ayriijtimoiy nazorat qilinmaydigan xulq yuzaga keladi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish