Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet57/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

G‘arazli jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar toifasi. G‘arazli jinoyat­chilar tipi har xil bo‘ladi. «Bu yerda yo‘q odamning o‘zi yo‘q! Ochlikdan o‘lish chegarasida jinoyat sodir etish oldida turgan jur’atsiz boshlovchilar ham, baliq suvsiz yashay olmaganidek, o‘g‘rilik qilmasa yashay olmaydigan uchiga chiqqan professional o‘g‘rilar ham; ko‘chada qolgan bola, gulday ochilgan yoshdagilar va qariyalar; fohishalar, banditlarning ayollari, ish qidirayotganlar hamda tubanlashgan, faqat kokain, morfi, alkogolni izlovchi giyohvandlar; hech narsaga ega bo‘lmagan o‘g‘rilar va ega bo‘lgan, ammo yana ko‘prog‘ini istaydigan o‘g‘rilar...»45.

O‘g‘rilik (JKning 169-moddasi) sodir etuvchi shaxslar bir qator umumiy jihatlarga ega bo‘lib, huquqbuzarlarning ijtimoiy jihatdan eng tuban toifasiga kiradilar. Ularning jinoiy xatti-harakati boshqa toifadagi jinoyatchilarnikidan ancha ilgari yuzaga keladi.

O‘g‘rilar katta jinoiy tajribaga, g‘ayriijtimoiy xulqqa oid shakllangan qarashlar va stereotiplarga ega bo‘ladilar. Ularning bu xulqi barqaror jinoiy yo‘nalishga egaligi bilan ajralib turadi. O‘g‘rilar odatda bezori va mayxo‘r bo‘ladilar. Ularning ehtiyoj va manfaatlari nihoyatda cheklangan, sodda, ijtimoiy qadriyatlardan begona bo‘ladi.

O‘g‘rilarning ijtimoiy moslasha olmasligi odatda oilasi, mutaxas- sisligi, doimiy ishi va turar joyi yo‘qligi, turli xil ruhiy anomaliyalari bilan chuqurlashadi. Jinoyatchilar muhitida ular eng ko‘p ta’sirga egadirlar. Ularning jinoiy xulqi g‘ayriijtimoiy turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Jinoyatchi o‘g‘rining shaxsi odatda uning jinoyatchilar muhitiga barqaror kirishi bilan, ilk yoshidayoq oiladagi tarbiyaning kamchiliklari, asosiy ehtiyojlarining surunkali ravishda qondirilmasligi, doimo vaziyatga tobeligi bilan buzilgan bo‘ladi.

Xonadon o‘g‘rilari o‘zlarining psixologik xususiyatlariga ko‘ra zo‘ra- von jinoyatchilarga yaqin turadilar. Ular moddiy muhitdagi to‘siqlarni yengish tajribasiga ega bo‘lib, talonchilik va bosqinchilik sodir etishga oson o‘tadilar.

O‘g‘ri - odatda qonundan vaqtincha chekingan inson emas, balki insofsiz odam, odatda oilada va mikromuhitda axloqiy normalarni rad etish, muhtojlik, ijtimoiy nazoratning past darajasi sharoitida shakllangan barqaror salbiy xislatlar tizimiga ega shaxs.

Xo‘jalik va xizmat sohalariga oid g‘arazli jinoyatchilar toifasini alohida guruhga kiritish lozim. Ularga qo‘shib yozish, aldash, nohaq ravishda olingan mukofotlar va shu kabilar orqali xudbinlarcha amalga oshiriladigan tor guruhiy manfaatlar xosdir. Bunda ruhiy himoyaning muayyan ko‘rinishi - g‘ayriqonuniy firiblarni «ish manfaati», «xizmat burchi» bilan niqoblash.

Mansabdor shaxslar sodir etadigan talon-tarojliklar ko‘p hollarda boshqa jinoyatlar - poraxo‘rlik, xaridorlarni aldash, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, qalbaki hujjatlar yasash va firibgarlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularga g‘arazli jinoyat usullarining yangidan yangi imkoniyatlarini faol izlash xos. Davomli talon-tarojliklar nazorat-taftish xizmatlarini aldashning «professional» usullari borligidan dalolat beradi.

Aksariyat mansab talon-tarojliklari qonunlar asosida shakllanadigan jinoiy guruh tarkibida sodir etiladi. Bunda guruhlararo aloqalar shakllanadi, ruhiy ko‘nikmalar ishlab chiqiladi, mehnat funksiyalari («foydali» va «foydasiz» ish) va boshqa odamlarga («kerakli» yoki «keraksiz» odam) tanlab qiziqish hosil bo‘ladi.

O‘z jinoyatlarini yashirishdek doimiy zarurat «ikki tomonlama hayot kechirishga», buzilgan moddiy ehtiyojlarni qondirish usullarini namoyish- korona «oddiy» hayot ko‘rinishlari bilan niqoblashga olib keladi.

Barcha g‘arazli jinoyatchilarda umumiy asos - g‘arazli mayllarining barqarorligi mavjud. Mazkur turdagi jinoyatlarda takrorlanish va maxsus retsidiv darajasining yuqoriligi ana shu bilan izohlanadi. G‘araz - eng barqaror, yo‘q qilish qiyin bo‘lgan insoniy qusurlardan biri, shaxsning barqaror salbiy yo‘nalishi tizimini hosil qiluvchi omil.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish